O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə34/118
tarix16.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#156187
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   118
portal.guldu.uz-Sharq falsafasi

Sintoizm
V asrda buddaviylikning va VI asrda konfutsiychilikning ki­rib kelishi munosabati bilan, ularga muqobil holda qadimgi an’anaviy din “kami no-mixi”, aynan “kami yo’li”, ya’ni “mahal­liy xudolar yo’li” yoki - xitoychasiga “shin-to”, keyinchalik esa, Evropa tillariga “sintosifatida kirib, “sintoizm”, deb atala­digan bo’ldi. Sintoizm VI asr o’rtalarida buddaviylik davlat di­ni, deb e’lon qilingunga qadar, davlat dini sifatida xizmat qildi. Sintoistik tasavvurlarga ko’ra, butun borliq xudo tomoni­dan yaratilgan bo’lib, yaratilish jarayonini o’zi xudolarning vu­jud­ga kelishi bilan uzviy ravishda bog’langan. Olamning ibtido­dagi holati tartibsizlik (xaos) tarzida tavsiflanadi, keyin­cha­lik osmonning erdan ajralishi ro’y beradi. Matnlarda “8 miria­dalar” yoki 8 million xudolar, ya’ni ruhlar haqida fikrlar mav­jud. Sintoistik xudolar safining markazida ayol xudo Amaterasu turgan bo’lib, uning timsoli sifatida Quyosh tan olinadi.
Yapon imperatorlari shajarasining asoschisi, deb hisoblangan afsonaviy imperator Dzimmu, ayol xudo Amaterasuning nabirasi sifatida tan olinadi. Ana shu erdan sintoizmning asosiy o’zagi, ya’ni imperator hokimiyatining ilohiy kelib chiqishi haqidagi aqida boshlanadi va shuning uchun har bir yaponiyalik shaxs impe­ratorning muqaddas irodasiga (mikado, tenno)1 bo’ysunishga maj­bur. Imperator saroyi va olamdan o’tgan tenno maqbaralari mu­qad­das ibodatxonalar hisoblanadi.
Sintoistik e’tiqod “norito” – duo ifodalarini o’qish, qurbonliklar (guruch, sabzavot, baliq) keltirish bilan bog’liq. Ammo sintoizmda shamanizm unsurlari ham mavjud. Kohinlar e’tiqod qiluvchilarni jazava tushishga undab, ularni xudolar bilan muloqot qildirish maqsadida o’zligini yo’qotish holatigacha olib keladilar.
Garchi sintoizmda e’tiqod asoschisi yoki payg’ambari, uning alo­hida diniy ta’limoti, diniy axloq me’yorlari bo’lmasa-da, av­lod­dan-avlodga o’tib kelayotgan xudolar davri haqidagi yilnoma mu­qad­das yozma manba vazifasini bajarib keladi. Sintoning o’ziga xos xususiyati shundaki, u narigi dunyo masalalari bilan juda kam qiziqib, asosiy e’tiborni butunlay erdagi hayotga qaratadi. Bu aqida ommaning xulq-atvor tarzi, rivoyat, odatlari, qadimiy ishonch­­larining muayyan belgilarining majmui sifatida yapon turmush tarzining tarkibiy qismini tashkil etadi.
Qariyb 2 ming yil muqaddam paydo bo’lgan, qadimiy din hisoblangan Sinto, muayyan sharoitlar taqozosi bilan o’zgarib, yan­gi­lanib borgan. O’z vaqtida davlat dini maqomiga ega bo’lgan bud­daviylikdan farqli o’laroq, Sinto tarixiy rivojlanishning bar­cha bosqichlarida yaponlarning yagona, asl milliy dini bo’lib keldi.



Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin