O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


Qadimgi Chosonda dastlabki falsafiy qarashlarning shakllanishi



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə32/118
tarix16.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#156187
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   118
portal.guldu.uz-Sharq falsafasi

Qadimgi Chosonda dastlabki falsafiy qarashlarning shakllanishi


Qadimgi Chosondagi dastlabki falsafiy qarashlar Xitoy ta’sirida shakllangan. Qadimiy koreys faylasuflari dunyoni ikkita omillar: erkak, ijobiylik, yaxshilik, faollik ramzi bo’lmish yan va ayol, salbiylik, yovuzlik va faol bo’lmaslik ramzi bo’lmish o’mning o’zaro ta’siri, chatishuvi va aralashuvidan paydo bo’lgan, deb tushungan. Dunyo asosining ikkala kuchi (yanki: ki - yaxshilik va o’mki - yovuzlik) xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan kining kombinatsiyasi hamda besh asosiy stixiya suv, er, olov, metall va daraxt asosida er va osmon paydo bo’ldi. Besh unsurning turli tarkibiy qismda ekanligi sifat va miqdor jihatdan turli mavjudotlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi7.
Aynan mana shu besh element turli shohliklar sulolasining paydo bo’lishi asosida ham yotadi. Har bir sulola unga azaldan berilgan xususiyatlar va unga asos bo’lgan element (er, suv, olov, metall va daraxt)ga xos bo’lgan “ijobiy sifatlar”ga asoslangan holda hukmronlik qilgan. Bu stixiyalar asta-sekin bir-biri bilan o’rin almashaveradi: er daraxt bilan, daraxt metall bilan, metall olov bilan, olov suv bilan. Aynan mana shu almashishlar hukmron sulolarga ham xosdir. “Har bir sulola hukmronligi davrida unga asos bo’lgan stixiyaga xos ijobiy sifatlar o’zining taraqqiyot cho’qqisiga erishadi. Osmon sulolalarining hukmronlik muddatini o’z hukmi bilan tugata olmasligi sababli u bu ishni keyingi sulolaga xos bo’lgan qarashlar asosida amalga oshiradi. Jumladan, daraxt stixiyasiga xos bo’lgan sulolaning hukmronlik muddati tugaganini anglatuvchi belgi qurigan va barglari to’kilayotgan daraxtdir”8.
Ki tushunchasi (o’mki va yanki) inson ruhi yoki koreyslar tan olganidek ruhlarning ham asosida yotadi. O’mki “pek”ni – o’limdan so’ng esa, “devga” aylanadigan ruhni hamda yanki – “xon”ni “ruhlarga” aylanadigan (aqlli ruh)ni yaratadi. Koreyslarda “xon” qayta tug’iluvchi ruh sifatida tan olinadi. Reinkarnatsiya, ruhning inson yoki hayvon qiyofasida qayta tug’ilish g’oyasi aynan shu ruh bilan bog’liq. Ushbu g’oya buddaviylikdagi “ruhning qayta tug’ilish” g’oyasiga yaqindir. Lekin u Koreyada totemizm bilan bog’liq bulgan holda ancha qadimiy an’anadir.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin