O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti


-MAVZU QADIMIY KOREYADAGI DINIY-MIFOLOGIK TASAVVURLAR VA DASTLABKI FALSAFIY QARASHLAR. QADIMGI YAPONIYADA DINIY-FALSAFIY TAFAKKUR



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə30/118
tarix16.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#156187
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   118
portal.guldu.uz-Sharq falsafasi

6-MAVZU
QADIMIY KOREYADAGI DINIY-MIFOLOGIK TASAVVURLAR VA DASTLABKI FALSAFIY QARASHLAR. QADIMGI YAPONIYADA DINIY-FALSAFIY TAFAKKUR
Mavzuning o’quv maqsadi
Talabalarda Qadimgi Koreyadagi ilk e’tiqodlar, diniy-falsafiy tafakkurning paydo bo’lish sabablari va zaminlari haqida, (mifologiya va shamanizm), Qadimgi Chosondagi dastlabki falsafiy qarashlarning mohiyati to’g’risida tushuncha hosil qilish, undagi dunyoning asosi to’g’risidagi, ruh to’g’risidagi qarashlarning o’ziga xos jihatlarini falsafiy tahlil qilish ko’nikmalarini shakllantirish. Talabalarda qadimgi Yaponiyadagi ilk e’tiqodlar, diniy-falsafiy tafakkurning paydo bo’lish sabablari va zaminlari haqida tushuncha hosil qilish, ularda sintoizmning sof yapon ta’limoti sifatida shakllanganligi va ilk yapon falsafiy tafakkurining o’ziga xos jihatlarini qiyosiy tahlil qilish ko’nikmalarini shakllantirish.
Mavzuning tayanch tushunchalari
Qadimgi Koreya, ilk e’tiqodlar, “Tangun haqida afsona”, Kirin, animizm, mifologiya, shamanizm, Okonshante, xano’r, Qadimgi Choson, yan va o’m, yanki, o’mki, besh unsur, reinkarnatsiya. Qadimgi Yaponiya, ilk e’tiqodlar, “Kodziki”, naturizm, animizm, yozma qoidalar, sintoizm, “kami no-mixi”, ayol xudo Amaterasu, impe­ratorning muqaddas irodasi, (mikado, tenno), “norito”, shamanizm.
Asosiy savollar

  1. Qadimgi Koreyadagi ilk diniy-falsafiy tasavvurlar.
  2. Qadimgi Koreyada mifologiya va shamanizm.

  3. Qadimgi Chosonda dastlabki falsafiy qarashlarning shakllanishi.


  4. Yaponiya qadimgi davrda.

  5. Yaponlarning ilk e’tiqodlari.

  6. Sintoizm.

Qadimgi Koreyadagi ilk diniy-falsafiy tasavvurlar
Totemizm asoratlari – insonning hayvonot, o’simlik va boshqa jismlar guruhining sirli dunyosi bilan bog’liqligiga bo’lgan ishonch – koreys halqining turli mif va rivoyatlarida, hamda ularning qadimiy rassomchilik san’atida mavjudligini kuzatish mumkin. Shunday qadimiy miflardan biri bu “Tangun haqida afsona” bo’lib, u koreys halqi va davlatining qadimiyligini ifodalovchi mifdir. Ushbu mifga ko’ra, osmon ma’budining o’g’li shahzoda Xvanun Txeboksan tog’ida “Ma’budlar makoni”ni qurgan. U odamlarni foydali ishlarga va bilimlarga, jumladan, dehqonchilik, tabibchilik, duradgorlik va tikuvchilik san’atlariga hamda baliqchilikka o’rgatadi. U paytlarda tog’da insonga aylanib qolish xohishidagi ayiq va yo’lbars yashar edilar. Shunda Xvanun ularga agar siz g’or ichida yuz kun sarimsoq piyoz va dorivor o’tlar iste’mol qilib yashasangiz, istagingiz amalga oshadi, deb aytgan ekan. Ayiq bu shartni bajargan va bir ayolga aylangan. Ayolga aylangan ayiq Xvanunga turmushga chiqib, bir Tangun ismli o’g’ilni tuqqan va er.av. 2333 yilda Pxenyanda u Choson yoki Qadimgi Choson davlatiga asos solgan3.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin