Daosizm eramizdan oldingi VI-V asrlarda paydo bo’lgan qadimgi Xitoy falsafasining etakchi oqimlaridan biri edi;
“dao”- barcha ashyolarning manbai, “de” esa, – har bir narsaga to’g’ri keladigan “dao”ning qismi;
Eramizdan oldingi III asrgacha daosizm uch maktab orqali namoyon bo’ldi: Yan Chju, Lao-tszo’ va Chjuan-tszo’ maktablari;
Daosizmning diqqat markazida tabiat, koinot, va inson turadi, ammo bu ibtidoiy izchil mantiqiy shakllar orqali aqliy yo’l bilan emas, balki tabiat mavjudligiga to’g’ridan-to’g’ri tushunchalar orqali kirish yordamida bilib olinadi;
Dunyoda barcha narsalar harakatda, yo’lda va o’zgarishdadir-lar, barcha narsa o’tkinchi va nihoyalidir;
“Ashyolarme’yorini” saqlash insonning bosh hayotiyvazifa-sidir;
Chjuan-tszo’ o’zining barcha umidsizliklariga qaramasdan haqiqatni bilish usulini ishlab chiqdiki, uning natija-sida inson va olam yagona birlikni tashkil etadi;
Keyingi vaqtlardagi rivojlanishi nuqtai nazaridan daosizm umuman uch turga bo’linadi: falsafiy (dao tszya), diniy (dao tszyao) va o’lmaslar daosizmi (syan).
Mavzuni o’zlashtirish uchun savollar Konfutsiy kim bo’lgan?
Konfutsiychilik ta’limotining etakchi g’oyasi nima edi?
Yao, Shun va Yuylardek afsonaviy hukmdorlar Markaziy Osiyo tafakkuri tarixida ham mavjud bo’lganmi?
Konfutsiychilikning asosiy shiori nima edi?
Konfutsiyga ko’ra, adolatsizlikni tugatmoq uchun nima qilmoq kerak?
“Ismlarni tuzatish” g’oyasi deganda nimani tushunasiz?
Konfutsiy o’zining bilish to’g’risidagi qarashlarida nimaga asoslanadi?
Konfutsiychilik ta’limoti hozirgi kunda Xitoy ma’naviy hayotida qanday ahamiyat kasb etmoqda?
Daosizm atamasining lug’aviy va istilohiy ma’nolarini bilasizmi?
Daosizm ta’limotining asoschilari kimlar edi?
Ushbu falsafiy maktabning asosiy g’oyasi nima edi?
Daosizm asosiy manbasini bilasizmi?
Ushbu ta’limotga ko’ra, insonning bosh vazifasi nima bo’lmog’i kerak?
Sizningcha-chi, insonning hayotiy bosh vazifasi nima?
“Tabiiy tartib” deganda nimani tushunasiz?
Daosizm falsafiy ta’limotining eng muhim xususiyatlari nimada?