Daosizm insonning bosh hayotiy vazifasi “Ashyolar me’yorini” saqlash insonning bosh hayotiy vazifasidir. Faoliyatsizlik yoki aniqrog’i, bu me’yorni buzmasdan turib, ko’rsatilgan faoliyat (u vey) shakllanmagan hafsalasizlikni rag’batlantirish emas, balki inson va dunyo hamdo’stligining yagona asosda tushunish bo’lib, u daodir. His-tuyg’u bilan hosil qilingan bilim faqat ikkinchi darajali narsalarga tayanadi va “insonni yo’li yo’q joyga olib kelib qo’yadi”.
Boshqa tomonga ketish, chetlanish donishmandning xatti-harakatini ifodalaydi. Dunyoni idrok etish xotirjamlik bilan hamohangdirki, oqil er shundagina dunyoni egallaydi. Bu boshqalarni o’qitish, ta’lim-tarbiya va boshqarish sohasida mashq qilish lozim bo’lgan konfutsiychilik qoidasidagi “oliyjanob er” (ma’lumotli, ziyoli er) tushunchasiga keskin qarama-qarshidir.
Chjuan-tszo’ “tabiiy”tartib haqida Chjuan-tszo’ (er.ol.369-286 yy.)ning asl ismi Chjun Chjou bo’lib, daosizm ta’limotining yirik tarafdori va tashviqotchisi edi. Borliq masalasida u ham Lao-tszo’ kabi o’sha daoni bilish asosida jamiyatni “tabiiy” tartibga keltirish mumkinligi haqidagi fikrlarga qo’shiladi. U daoni tushunishni individuallashtiradi, ya’ni dunyo mavjudligi xususiyati va uni idrok etishni nihoiy natijasini insonni o’rab turgan voqelikni sub’ektiv ravishda o’ziga buysundirish darajasiga olib boradi. Lao-tszo’ga begona bo’lgan takdirga ishonish, Chjuan-tszo’ga xos xususiyatdir. Sub’ektiv ravishda dunyo ishlariga aralashmaslikni u avvalo hissiyotlar va manfaatdorlikdan qutilish chorasi sifatida qaraydi. Barcha ashyolarning qadr-qimmati bir xildir, zero, hamma ashyolar daodadirlar va ularni bir-biriga solishtirib bo’lmaydi. Har qanday solishtirish – bu alohidalik, juz’iy tomonlarni ta’kidlash bo’lganligidan bir tomonlamalikka olib keladi.
Haqiqatni bilish, haqqoniylikni idrok etish, biluvchi insonga berilmagan: “shunday holat bo’ladiki, unda kimdir haq, boshqasi esa, xato qilgan bo’lsa, yoki ikkisi ham haq yoki ikkisi ham adashgan bo’lsa? Bu narsani bilish, qorong’ulikda haqiqat qidiruvchi sizga ham, menga ham, boshqa odamlarga ham, muyassar bo’lmaydi”. “Biror narsa haqida gapirib uni haqiqiy deymiz. Agar haqiqiylik, zaruriyat yuzasidan shunday bo’lganda, u vaqtda uni xaqiqiy emaslikdan farq kilish to’g’risida gapirib o’tirishning keragi yo’q bo’lur edi”.
Chjuan-tszo’ o’zining barcha umidsizliklariga qaramasdan haqiqatni bilish usulini ishlab chiqdiki, uning natijasida inson va olam yagona birlikni tashkil etadi. Gap unitish jarayonining zarurligi (van) haqida ketmoqdaki, u haqiqatlik va haqiqiy emaslik o’rtasidagi farqni unutishdan boshlanib, haqiqatni idrok etishni barcha jarayonlarini mutlaq ravishda unitishgacha davom etmog’i kerak. Uning cho’qqisi “shunday bilimki, endi bilim emas”lik darajasiga etgan.
Bunday fikrlarni mutlaqlashtirish keyinchalik IV va ayniksa V asrda Xitoyda barqaror bo’lgan buddaviylik bilan daosizmning bir shaxobchasini yaqinlashtirdi.
Keyingi vaqtlardagi rivojlanishi nuqtai nazaridan daosizm umuman uch turga bo’linadi: falsafiy (dao tszya), diniy (dao tszyao) va o’lmaslar daosizmi (syan).