III davr. 1420 yildan keyingi davr. Bu davrdan boshlab naqshbandiya Xoja Ubaydulloh Ahror, Muhammad Qozi, Maxdumi A’zam, Ofoq Xoja va boshqa naqshbandiya murshidlari faoliyati davrlari, ya’ni XV asrdan to XX asrgacha jamiyat, davlat taraqqiyotining barcha jabhalarida milliy ozodlik harakatlari kurashining mafkurasi bo’lib qoldi. Xuddi mana shu 3-davrning boshida naqshbandiya kambag’allar najoti uchun kuchli ijtimoiy himoya tizimini vujudga keltirdi. Xonaqohlarda yo’llovchi darveshlarga, musofirlarga, etim-esirlarga boshpana va egulik berilar edi.
MAVZUGA OID KONSULTATIV MATERIALLAR Tasavvuf falsafasiga ta’sir ko’rsatgan ta’limotlar 1-ilova Tasavvufning Markaziy Osiyoda keng yoyilgan tariqatlari 2-ilova
Kubroviya tariqatida inson kamoloti3-ilova
1
Tavba
– o’z xohishi bilan Haq taologa hech bir ko’rsatmasiz yuzlanishdir
2
Zuhd fi-dunyo
– bu dunyoda ham, uning tashqarisida ham, nimaiki lazzat tomon boshlasa, undan tiyilishdir.
3
Tavakkal
– xudoga ishonch jihatidan bu turmushdagi barcha ikir-chikirlardan voz kechishdir
4
Qanoat
– hayot kechirishni ta’minlaydigan oz narsa bilangina qanoatlanishdir
5
Uzlat
– tanholikla o’tirib, ruhni mustahkamlash, odamlar bilan muomalani to’xtatish
6
Mulozamat az-zikr (uzluksiz zikr)
– o’z xohishicha Xudoning ismini fikrida yod qilib turish va butun qalbni u bilan to’ldirish
7
Tavajjuh
– butun ichki mohiyatni Xudoga qaratish, unga cheksiz muhabbat qo’yish, boshqa narsa borligini his etmaslikdir
8
Sabr
– o’z ixtiyori bilan nafs doirasidan mashaqqatlar chekib bo’lsa ham, o’zini olib qochishdir
9
Muroqaba(tafakkurga g’arq bo’lish)
– erishilgan darajada mushohada yuritish, qalbni arzimas his-tuyg’ulardan holi bo’lishi
10
Rizo
– shaxsning nafs erkinligidan chiqib, Xudo xushnudligiga kirishi va azaldan nimaga ishongan bo’lsa, o’shani bo’yniga olishdir