Mavzuni o’zlashtirish uchun savollar Tasavvuf qanday ta’limot edi?
Tasavvuf falsafasining asosiy mohiyati nima edi?
Tasavvuf ta’limotining asoschilari kimlar edi?
Ushbu diniy-falsafiy ta’limotga qaysi ta’limotlardagi g’oyalar ta’sir ko’rsatgan?
Tasavvufda borliq muammosi qanday muhokama qilingan?
Vahdati-vujud nima?
Kubroviya maktabi sababli qanday mustaqil shahobchalar vujudga keldi?
Xojagon tariqatiga qaysi tariqatlar kiradi?
O’rta asrlarda Sharq ma’naviy hayotida tasavvuf qanday vazifani bajarib berdi?
Tasavvuf falsafasini o’rganish Mustaqil O’zbekistonda barkamol avlodni tarbiyalashga doir qanday ijobiy xulosa-lar keltirib chiqarishi mumkin?
Mustaqil ta’lim uchun vazifalar Taqdim etilayotgan adabiyotlarni o’qing va qisqacha konspekt yozing.
“Tasavvuf tariqatlari” mavzusida slayd tayyorlang va taqdimot qiling.
Mavzu yuzasidan 30ta test, 20ta savol va glossariy tayyorlang.
Tasavvuf falsafasidagi borliq va bilishga oid falsafiy qarashlarni toping. Ularni hinduviylik, buddaviylik, xristianlik, yangi aflotunchilikdagi g’oyalar bilan qiyoslang va shu asosda mustaqil ish tayyorlang.
“Naqshbandiyning “Dil ba yoru, dast ba kor” shiorining jamiyatimiz hayotidagi ahamiyati” mavzusida esse yozing.
Mavzu yuzasidan insert jadvalini to’ldiring (5-ilova).
“Insert” jadvali5-ilova “V”- men bilgan ma’lumotlarga mos;
“-“ - men bilgan ma’lumotlarga zid;
“Q” - men uchun yangi ma’lumot;
“?” - men uchun tushunarsiz yoki ma’lumotni aniqlash, to’ldirish talab etiladi.