Daosizm tabiat va inson haqida Daosizmning diqqat markazida tabiat, koinot, va inson turadi, ammo bu ibtidoiy izchil mantiqiy shakllar orqali aqliy yo’l bilan emas, balki tabiat mavjudligiga to’g’ridan-to’g’ri tushunchalar orqali kirish yordamida bilib olinadi. Dunyo doimiy ravishda harakat va o’zgarish holatida bo’lib, hech bir sabablarsiz yashaydi va o’z-o’zidan harakatlanadi. Borliq ta’limotida ayniqsa ana shu yo’l tushunchasi – dao markaziy o’rinni egallaydi. Daosizm ta’limotiga muvofiq, tafakkurning maqsadi insonni tabiat bilan “qo’shilib” ketishidir, negaki, u tabiatning bir qismidir. Bu erda “sub’ekt-ob’ekt” munosabatlarida hech qanday ajratishga o’rin yuqligi yaqqol namoyon bo’ladi.
Lao-tszo’ (yoshi ulug’ muallim) Konfutsiyning yoshi katta zamondoshi hisoblanadi. Xan sulolasi tarixchisi So’ma Tsyanyuning xabar berishicha, uning haqiqiy ismi sharifi Lao Dan bo’lgan. Uni “Dao de tszo’n” kitobining muallifi, deb biladilar. Bu kitob o’z nomini Xan sulolasi davrida olgan bo’lib, daosizm ta’limotining keyingi taraqqiyotiga asos bo’ldi. Kitob ikki qismdan iborat bo’lib (birinchi qismda Dao yo’li haqida, ikkinchisida dening kuch-quvvati to’g’risida gap boradi) daoning borliq ta’limoti kelib chiqishining asosiy qoidalarini bayon etadi.
Dao shunday tushunchadirki, uning yordamida barcha mavjudotlarning kelib chiqishi va yashash tarzi haqidagi savollarga umumiy, ularning barcha tomonlarini to’la qamrab oluvchi javoblar berish imkoniyati vujudga keladi. U qoidaga-ko’ra, ismsiz bo’lib, o’zini hamma erda namoyon qiladi, negaki, u ashyolar “manbai”dir, ammo mustaqil javhar yoki mohiyat emas.
Daoning o’zi ibtido va manbalarga ega bo’lmasa ham, o’zining energetik faoliyatisiz ham, barcha narsalarning ildizidir. “So’zlar bilan ifoda qilish mumkin bo’lgan dao, doimiy dao emasdir; ism bilan aytish mumkin bo’lgan narsa, doimiy ism emasdir. Birxillik-mana topishmoqli-muammoning tagzamini”2. Shunday bulsa ham, hamma narsa undan o’tadi, u – barcha narsani ko’zlagan yo’ldir. “Qandaydir jismsiz, shaklsiz narsa mavjuddir, va ammo, u tayyor va tugallangandir. Qanchalik u tovushsizdir! Shakldan mahrumdir! O’z holicha turibdi va o’zgarmayapti. U hamma joyga kira oladi va unga hech qanday narsa xavf sola olmaydi. Uni borliq (barcha mavjudotlar)ning onasi, deyish mumkin. Uning ismini men bilmayman. “Dao” sifatida tanilgan. Men unga ism berishga majburman, uni eng etuk, deb atayman. Etuk – ya’ni, sirg’alib ketib qoluvchi. Sirg’aluvchi – ya’ni, qochib ketuvchi. Uzoqlashuvchi – ya’ni qaytib keluvchi”. Ammo, dao narsalardagi ilohiy ma’nolarni ifodalaydi.
“Dao de tszo’n” kitobi borliq haqida “Dao de tszo’n”ning borliq haqidagi mazmuni dahriylikni eslatadi. Zero, daoga muvofiq, dunyo oldindan tayin etilmagan, ya’ni taqdir bilan belgilanmagan o’z-o’zicha harakatdadir. “Dao” barcha qolgan va taxmin etiladigan narsalar bilan ayniyat, bir xillik holatidadir, ya’ni bu degani: dao zamondan, paydo bo’lish kengliklaridan Koinotning taraqqiyot va halokatidan mustasnodir, ammo dunyo umumiy yagonaligining asosidir. Borliqni ifodalovchi tushuncha sifatida dao hamma narsada, hamma joyda, doimiy ravishda hozirdir, ammo, birinchi navbatda unga xos xususiyat faoliyatsizlikdir.
Dunyoda barcha narsalar harakatda, yo’lda va o’zgarishdadirlar, barcha narsa o’tkinchi va nihoyalidir. Bunday bo’lishi barchaga “ma’lum bo’lgan in va yan qoidasi tufayli” ma’lumdirki, ular har bir hodisa va jarayonlarda dialektik birlikda bo’lib, ularning o’zgarishi va harakatining sababidir. Ular ta’sirida ashyolardagi rivojlanish davom etadi, zero “hamma narsa ichida in bo’lib, yan ularni qamrab oladi”.
Daoga o’zining ichki ijodiy kuchi de xos bo’lib, dao uning orqali in va yan ta’siri ostida ashyolarda o’zini namoyon etadi. Deni ashyolardagi har bir muayyan narsa sifatida tushunish, konfutsiychilikdagi deni odamdagi axloqiy kuch sifatida tushunishdan tubdan farq qiladi.
Bir xillikning borliq qoidasiga binoan inson tabiatning bir qismi sifatida undan chiqib, ammo u bilan bo’lgan birlikni ushlab turishi lozimligi, bilish nuqtai nazaridan ham taqazo etiladi. Bu erda gap insonning ruhiy xotirjamligiga asoslangan dunyo bilan murosa qilish haqida bormokda.
Lao-tszo’ ayrim olingan kishinigina sa’y-harakatini emas, balki jamiyatning o’zini intilishini ham inkor etadi. Ma’rifatli dunyo tug’dirgan jamiyatning xatti-harakatini inson va olamning qarama-qarshiligiga, kelishmasligiga olib keladi, zero, “agar biror kishi dunyoga ega bo’lishni xohlab, hiyla-nayrang ko’rsatsa, u muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Negaki dunyo – bu muqaddas idishdirki, unga turli narsalar bilan o’yin ko’rsatib bo’lmaydi. Agar kimki, u bilan o’ynashsa, uni yakson qiladi. Agar kimki, uni o’zlashtirmoqchi bo’lsa, uni yo’qotadi”.