O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti “ tabiiy fanlar” fakulteti



Yüklə 201,05 Kb.
səhifə3/8
tarix20.11.2023
ölçüsü201,05 Kb.
#164029
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5213384531138054899

Ishning amaliy ahamiyati:shundan iboratki, yig’ilgan ma’lumotlar ushbu mavzu bo’yicha olingan bilimlarni mustahkamlaydi, bilimlarni umumlashtiradi. Bitiruv ishida bayon qilingan barcha ma’lumotlar, tahlillar uslubiy manbaa bo’lib xizmat qiladi. Taklif etilgan usullar, innovatsion texnologiyalardan foydalanish va dars shakllaridan foydalanish mashg’ulotlarning samaradorligini oshiradi hamda o`quvchilarga tabiat va undagi o’simliklar olamida sodir bo’ladigan hodisalar haqidagi bilimlarini mustahkamlaydi

I bob. Adabiyotlar tahlili.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov «G‘alla mustaqilligiga erishmay turib, to‘liq iqtisodiy mustaqillik to‘g‘risida gapirish ortiqcha » deb ta’kidlagan. Eng asosiysi,g‘alla mustaqilligiga erishish O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligiga xam daxldor.[19]Mustaqillikning dastlabki yillaridan respublikamizda g‘allachilikni rivojlantirishga katta e’tibor berila boshladi.O‘simlikshunoslik ITI ning Turkiston filialida g‘alla don ekinlarining ko‘plab seleksion navlari yaratildi. Bu soxada V.K.Kobalev, G.M.Ponov, N.V.Pokrovskiy, A.K.Golbek, I.G.Suxobrus, I.P.Rujey, F.A.Kvatkovskiy, I.M.YUdanov, I.D.SHubin, V.F.Kuznetsova singari olimlarning ilmiy ishlari aloxida e’tiborga ega.1934 yili Kattaqo‘rg‘on tajriba stansiyasi asosida O‘zbekiston davlat seleksiya tajriba stansiyasi tashkil etildi va u erda lalmikor dehqonchilik sharoitida g‘alla don ekinlari etishtirish bo‘yicha dastlabki ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. 1958 yildan boshlab O‘zbekiston davlat seleksiya stansiyasi Lalmikor dehqonchilik ITI deb nomlana boshladi. G‘allachilik bo‘yicha ilmiy tadkikot ishlari Lalmikor dexkonchilik ilmiy tad’kikot institutining G‘allaorol markaziy tajriba dalalaridan tashqari uning Kattaqo‘rg‘on, Baxmal singari tayanch shaxobchalarida xam olib borildi. O‘zbekistonda `allachilikning rivojlanishida shuningdek G‘.Qurbonov, A.Omonov, X.N.Atabaeva, N.Xalilov, R.Oripov, R.Siddiqov singari olimlarning ilmiy ishlari katta ahamiyatga ega. O‘zbekistonda g`allachilikning rivojlanishida shuningdek G‘.Qurbonov, A.Omonov, X.N.Atabaeva, N.Xalilov, R.Oripov, R.Siddiqov singari olimlarning ilmiy ishlari katta ahamiyatga ega.[1,12]
Greg lolasi urug’dan va piyozidan ko’payadi.Urug’idan o’sgan lola 9-10yilda piyozchasidan o’sgani esa 4-5 yilda gullab urug’ beradi.Uning guli juda chiroyli.Keyingi paytlarda odamlarning shafqatsiz yulishi,piyozlarini kavlab olishi natijasida juda kamayib ketdi.Hozirgi paytda u muhofaza qilinadi va O’zbekistonning “Qizil kitob”iga kiritilgan.[20]
Daraxtsimon aloe bo’yi 4 metrga yetadigan,sershira,doimiy yashil o’simlik.Poyasi tik o’suvchi bo’lib,pastki qismi shoxlangan,poyasining asos qismidan chiqqan juda ko’p yon kurtaklar o’simlikning vegetativ ko’payishida katta ahamiyatga ega.Bargi yumshoq,etdor,sershira,yashil,qilichsimon yuqori tomoni botiq,pastki tomoni do’ng qirrasi tikanli uzunligi 20-65 sm,qalinligi 12-15mm ga teng bo’lib qini bilan poyada ketma-ket joylashgan.Gullari to’bbarg,o’rtasidan chiqqan uzun silindrsimon gul o’qiga joylashib shingil to’pgulni hosil qiladi.Gulqo’rg’oni oddiy tojsimon naycha shaklida qizg’ish gultojibargli 6ta bo’lib 3 tadan 2 qator joylashgan.Otaligi 6ta bular ham 2 qator joylashgan,Mevasi o’tmas 3 qirrali qirrali,silindrsimon ko’sakcha.Aloe xona sharoitida kamdan kam gullaydi.Shunday qilib loladoshlar oilasiga bir va ko’p yillik o’simliklar ham ko’p uchraydi.Aloe tarkibida antratsen unumlari,smola,efir moylari saqlaydi.U tibbiyotda turli xil kasalliklarga,xususan,ichni yumshatadigan,o’t haydaydigan va bakteratsid ta’sir ko’rsatadigan,yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadigan vosita sifatida foydalaniladi.[1,8]
Palmalar tropik mamlakatlarda o'rmonlarda, botqoqlik va savannalarda o'sib chirovli manzara hosil qiladi. Ba’zi bir turlari masalan, xurmo yoki finik palmasi
(Pholnix dactylifera), kokos palmasi (Cocos nucifera), vino palmasi (Caryota urens) va boshqalar madaniy holda ekiladi.
Janubiy Osiyoda 200 dan ortiq turi bor. Kalamus (Calamus) turkumi tarqalgan, ularning orasida poyasining yo'g'onligi 2-3 sm, uzunligi 300 m ga yetib daraxtlarga ilashib o suvchi rotang palmasi (Calamus rotang) diqqatga sazovordir. Lolakabilar ajdodchasi (Liliidae) Lolasimonlar eng katta ajdodchalardan biri sanalgan bu (ajdodcha) vakillari gulqo'rg'onining sodda tuzilishga ega bo'lishi bilan xarakterlanadi. Lolaning mevachibarglari arokarp tipda bo'ladi. Ajdodcha 21 ta qabilani, 96 ta oila, 2700 ta yaqin turkum va 5600 tadan ziyod tumi birlashtiradi.[1,8,11,12,15]


Yüklə 201,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin