GREG LOLASI(T.gregii) Greg lolasi lolalar avlodiga mansub bo’lib,u aprelning oxiri mayning boshlarida adir va tog’larning quyi qismidagi yonbag’irlarida ochiladi.Yirik gulli ko’rkam o’simlik.Bo’yi 20-45sm piyozi tuxumsimon yoki yumoloq.Barglari 3-4dona,ustida to’q-binafsha dog’lari bor.Guli bitta,sarg’ish yirik,osti qora dog’li changchi iplari qora va sariq,changdonlari sariq-binafsha rang yoki kulrang.Uning mevasi uch chanoqqa bo’lib ochiladigan ko’sakcha,iyulda pishadi.Greg lolasi urug’dan va piyozidan ko’payadi.Urug’idan o’sgan lola 9-10yilda piyozchasidan o’sgani esa 4-5 yilda gullab urug’ beradi.Uning guli juda chiroyli.Keyingi paytlarda odamlarning shafqatsiz yulishi,piyozlarini kavlab olishi natijasida juda kamayib ketdi.Hozirgi paytda u muhofaza qilinadi va O’zbekistonning “Qizil kitob”iga kiritilgan.(4-rasm)
,
Greg lolasi(4-rasm) Daraxtsimon alloe-Aloya(arborescens milii) Yer yuzida aloyening 250 dan ortiq turi mavjud.Ular orasida bo’yi 10 metrga yetadiganlari ham mavjud.Aloyelar yovvoyi holda Afrikada,Hindistonda,Madagaskar,va Saudiya Arabistonida tarqalgan.Bizda xonalarda va issiqxonalarda o’stiriladigan aloye Afrikadan chiqqan.Daraxtsimon aloe bo’yi 4 metrga yetadigan,sershira,doimiy yashil o’simlik.Poyasi tik o’suvchi bo’lib,pastki qismi shoxlangan,poyasining asos qismidan chiqqan juda ko’p yon kurtaklar o’simlikning vegetativ ko’payishida katta ahamiyatga ega.Bargi yumshoq,etdor,sershira,yashil,qilichsimon yuqori tomoni botiq,pastki tomoni do’ng qirrasi tikanli uzunligi 20-65 sm,qalinligi 12-15mm ga teng bo’lib qini bilan poyada ketma-ket joylashgan.Gullari to’bbarg,o’rtasidan chiqqan uzun silindrsimon gul o’qiga joylashib shingil to’pgulni hosil qiladi.Gulqo’rg’oni oddiy tojsimon naycha shaklida qizg’ish gultojibargli 6ta bo’lib 3 tadan 2 qator joylashgan.Otaligi 6ta bular ham 2 qator joylashgan,Mevasi o’tmas 3 qirrali qirrali,silindrsimon ko’sakcha.Aloe xona sharoitida kamdan kam gullaydi.Shunday qilib loladoshlar oilasiga bir va ko’p yillik o’simliklar ham ko’p uchraydi.Aloe tarkibida antratsen unumlari,smola,efir moylari saqlaydi.U tibbiyotda turli xil kasalliklarga,xususan,ichni yumshatadigan,o’t haydaydigan va bakteratsid ta’sir ko’rsatadigan,yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadigan vosita sifatida foydalaniladi. (5-rasm)