O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti “ tabiiy fanlar” fakulteti


Amirillislar tartibi-Amirilidales



Yüklə 201,05 Kb.
səhifə6/8
tarix20.11.2023
ölçüsü201,05 Kb.
#164029
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5213384531138054899

Amirillislar tartibi-Amirilidales.
Piyozguldoshlar oilasi-Alliaceae

Bu oilaga 32 avlod 750 tur o’simliklar kiradi.Shulardan 310 tasi piyozlar avlodiga mansubdir.O’zbekiston florasida bu oiladan 165 turi uchraydi.Piyozguldoshlar yer qismining hamma qismida xususan dasht va cho’l zonalarida keng tarqalgan. Barcha piyozguldoshlar o’t o’simlik bo’lib yer ostida piyozboshi yoki ildizpoyasi bo’ladi.Efemeroidi ham uchraydi, barglari ildizoldi, bandsiz ,ensiz lentasimon ,lentasimon, turubkasimon shaklllarda uchraydi.Gullar ochilguncha pardasimon o’rama bilan qoplangan bo’lib oddiy soyabon hosil qiladi va u gul strelkasining uch qismiga joylashgan gulqo’rg;oni oddiy, 6 a’zoli erkin yoki pastki qismida birlashgan.Ko’pincha ikki doira bo’lib o’rnashadi.Gulqo’rg’oni rangli, tojbarglari rangli yoki rangsiz yupqa pardasimon bo’lib kosachabargli, changchisi 6 ta gulqo’rg’oni bilan birlashgan, urug’chisi 3 ta mevabargdan tuzilgan.Qoshilib o’sgan uch uyali , tuguncha ustki.Ba’zan ustunchasi ostki mevasi chokidan chatnovchi ko’sakcha,ba’zan ho’l meva. Piyozguldoshlarning harakterli belgisi “tirik tug’uvchanligidir” chunki piyozboshi yonida mayda piyozchalar hosil bo’ladi. Ko’pgina piyozguldoshlarga mansub o’simliklarda oltigurgut saqlovchi moddalar bo’ladi. O’rta Osiyoda va O’zbekistonda faqat bitta piyoz (allium) turkumi uchraydi.O’rta Osiyoda uning 191 ta turi, O’zbekistonda 100 dan ortiq turi o’sadi.Bu turkum vakillari inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Ular antibiyotiklarga juda boy, qimmatbaho dorivor va vitaminli sabzovot o’simliklar hisoblanadi.[1,8,18,17]
Osh piyoz - Allium sera. Ko’p yillik o’t, poyasi 45 – 100 sm balandlikda. Bargining ichi kovak,naysimon.Barglari silindirsimon,yo’g’onligi 8-15 mm.To’pgullari sharsimon.Gulbarglari oq,yashil tomirli.May-iyul oylarida gullab iyulda urug’ beradi.Sabzavot o’simligi sifatida ekilib,ho’lligida va pishirilib is’temol qilinadi.
Piskom piyozi,tog’ piyozi-Allium pskemense.Ko’p yillik o’t,bo’yi 40-150 sm.Barglari 3-6 ta,silindrsimon,eni 2-3 sm,uchi ingichkalashgan.Gullari mayda,oq.Iyun oyida gullab mevasi avgust oyida yetiladi.mevasi ko’sakcha.Faqt Toshkent viloyatidagi tog’larda,toshli yerlarda,qoyatoshli yoriqlarida o’sadi.

Yüklə 201,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin