O’zbekiston respublikasi oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiyа kafedrasi evolyutsiya nazariyasi fanidan laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish uchun


Tabiiy tanlanish – evolyutsion ta’limotning markaziy bo’g’ini bo’lib, sifatsiz, yaroqsiz materiallardan himoyalab, u yoki bu tur genofondini mustahkamlaydi



Yüklə 8,08 Mb.
səhifə12/29
tarix16.12.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#182616
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
portal.guldu.uz-Evolyutsiya nazariyasi

4. Tabiiy tanlanish – evolyutsion ta’limotning markaziy bo’g’ini bo’lib, sifatsiz, yaroqsiz materiallardan himoyalab, u yoki bu tur genofondini mustahkamlaydi.
5. Tabiiy tanlanishda natijalar oldindan belgilanmaydi. Bu esa sun’iy tanlashdan uning asosiy farqi hisoblanadi.
Tabiiy tanlanish shakllari
Xozirgi vaqitda tabiiy tanlanishning 5 shakli: 1) jinsiy, 2) harakatlantiruvchi, 3) stabillashtiruvchi, 4) dizruptiv, 5) destabillashtiruvchi shakli mavjud.
Jinsiy tanlanish, ko’payish davrida bir jinsga mansub (erkak) organizmlarning boshqa urg’ochi jinslarga (samka) egalik qilishda kuzatiladi. Shuning uchun jinsiy tanlanish turlar ichidagi tabiiy tanlanishdir.
Ch.Darvin, jinsiy tanlanishning ikki xil shaklda namayon bo’lishini e’tirof etadi. Birinchidan, ko’payish oldidan ikki erkak organizmlar o’rtasida urg’ochilar bilan qo’shilish uchun kurashda namayon bo’lib, kuchli chiqqan erkak o’zidan nasl qoldirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Ikkinchidan, erkaklar kurashmasdan “raqobatlashadi”. Raqobatlashish, patlarning rang-barang chiroyli bo’lishi, mustahkam in qurishi, turli xil ovoz chiqarish va boshqa harakatlarda namayon bo’ladi.
Hayvonlarda jinsiy dimorfizmning rivojlanishi bevosita jinsiy tanlash bilan bog’liq bo’lib, ularda ikkinchi jinsiy belgilar rivojlangan bo’ladi. Misol uchun qushlarda erkaklari urg’ochilariga nisbatan chiroyli va yirikroq bo’ladi.
Harakatlantiruvchi (yo’naltiruvchi) tanlanish, bunda irsiy o’zgaruvchanlik chegarasi kengayib, belgi-xossalar o’rtacha kattaligi o’zgaradi, ya’ni o’zgargan sharoitga mos yangi reaktsiya me’yorini vujudga keltiriladi. Bunda yashash muhitiga mos bo’lmagan belgilar o’rniga, shu muhitga mos bo’lgan yangi belgi va xossalar vujudga keladi.
Masalan: ba’zi hasharot va qushlarning kichik qanotlarini, tuyoqlilarning panjasini, ilonning oyoqlarini, kursichqon ko’zi reduktsiyasi, parazit o’simliklar ildizi va bargi bo’lmasligi harakatlantiruvchi tanlanish natijasidir.

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin