4) autbriding – bir turning qarindosh bo’lmagan shakllarning chatishishi. Autbriding o’simliklarning yangi va qimmatli belgilarni olishda qo’llaniladi. Chatishishdan hosil bo’lgan nasl gibrid deb ataladi. Gibridlar ota ona o’simlik shaklariga qaraganda, mevasining ko’pligi va kattaligi, kasalliklarga chidamliligi hamda pishishi tezligi yuqoriligi bilan farqlanadi. Ba’zi vaqtda gibridlanish xromosomalar sonini o’zgarishiga – poliploidizatsiyaga olib keladi, bu yangi turlarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi.
Insertda foydalaniladigan maxsus jadval
Abzatslar №
|
“Bilaman” – V
|
“Ma’qullayman” Q
|
“O’rganish lozim”-
|
“Tushunmadim” -?
|
1.
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
3.
|
|
|
|
|
4 va h.k.
|
|
|
|
|
Nazorat uchun savollar:
1.Sun’iy tanlash nima?
2. Sun’iy tanlashning boshlang’ich omilini tushuntiring.
3. Sun’iy tanlashning qanday shakllari mavjud ?
3- Laboratoriya ishi
Mavzu: Suniy tanlash natijalarini hayvonlar misolida o’rganish
Maqsad: Hayvonlar misolida sun’iy tanlanish qonuniyatlarini natijalarini tushunib olish va olingan natijalarni taqqoslashni bilish.
Material: orgginal yoki rasmi (uy kaptarlari, it zotlari), kaptarlar chuchelasi, turli xil navli bug’doy, g’o’za gerbariysi.
Jihozlar: jadvallar, chizg’ich, lupa, aniqlagich.
Ishning borishi:
1.Diqqat bilan turli xil zotlarga mansub bo’lgan uy kaptarlarini(va 3.1,2 rasmni) kuzatib, oldingi avlodlari bilan taqqoslab ularning o’xshash va farqlarini toping. Qaysi belgilar ko’proq yoki kamroq barqaror ligini aniqlang va rasmni chizing.
3.1-rasm. Yillar davomida kalta tumshuqli turmon kaptarining morfologik belgilaring o’zgarib borishi.
3.2-rasm. Yillar davomida buqoq kaptarining morfologik belgilaring o’zgarib borishi.
2. Olingan natijalarni tahlil qilib daftaringizga yozing va quydagi 3.1-jadvalni to’ldiring.
3.1-jadval
Yaratilgan zotni kelib chiqqan avlodlari bilan qiyosiy tavsiflash
№
|
O’rganilayotgan
zot
|
Yaratilgan zotning o’z avlodlariga o’xshash belgilari
|
Bir turga mansub zotlarning o’xshash belgilari
|
|
Dostları ilə paylaş: |