Tabiiy mutatsiyalar doimo tabiatda uchraydi. Tirik organizmlarning 1-10 mln. dan bittasida mutatsiya kuzatiladi. Mutatsiyalarga quydagilar xos: 1) ular doimo tabiatda paydo bo’lib turadi; 2) ma’lum bir yo’nalishda bormaydi; 3) mutatsiyaning fenotipda namoyon bo’lishi genotipik fonga va tashqi muhit ta’siriga bog’liqdir; 4) irsiy o’zgaruvchanlik bo’lgani uchun evolyutsiya jarayonining elementar materiali bo’lib xizmat qiladi.
Mavzu: O’zgaruvchanlik turlarini o’simliklar misolida o’rganish
Maqsad: Organizmlarda boradigan o’zgaruvchanlik tushunchasini shakllantirish, orginal materillar bilan ishlashni o’rganish, o’zgaruvchan belgilarni toppish. Material: 5 – 6 turga mansub bo’lgan turli xil biotoplarda o’sadigan o’simlik turlari, va har bir turdan 2–3 nusxada, turli xil o’simlik urug’lari va mevalari. Jihozlar: binokulyar, pintset, chizg’ich, o’simliklarn aniqlagich jadvali. Ishning borishi: 1. Bir turga mansub bo’lgan 2–3 ta o’simliklar tuzilishidagi o’xshashliklarni toping. Bir turga mansub bo’lgan o’xshashliklar sababini aniqlang va uni daftaringizga yozing. 2. O’rganayotgan o’simlik turlaridagi o’zgaruvchanlik belgilarini toping. Bu belgilarning o’zgarish sabablarini ko’rsating va daftaringizga yozing. 3. Quydagi jadvalni to’ldiring(1.1–jadval) 1.1–jadval Bir turga mansub turli xil populyatsiyalardagi o’simlikning morfologik belgilarini taqqoslash