O’zbekiston respublikasi oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiyа kafedrasi evolyutsiya nazariyasi fanidan laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish uchun


At the end of each theme there are given the lists of scientific problems which are necessary to be solved



Yüklə 8,08 Mb.
səhifə2/29
tarix16.12.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#182616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
portal.guldu.uz-Evolyutsiya nazariyasi

At the end of each theme there are given the lists of scientific problems which are necessary to be solved.


Reviewer: of biol. Sciense S.Dadaev

Kirish
«Evolyutsiya» so’zi lotincha so’zidan olingan bo’lib, u qisqacha “yoyilish” “burilish”, “o’zgarish”, degan ma’noni bildirib, tirik mavjudotlarning tarixiy o’zgarish jarayonini anglatadi.
Hozirgi davrgacha “evolyutsiya” so’zining biror bir yagona ta’rifi mavjud emas, biroq bir qator manbalarda quydagicha ta’rif berilgan.
-Evolyutsiya bu-tabiatdagi o’zgarishlarning qaytmas jarayonlaridir (Falsafaning entsiklopedik lug’ati, 1983).
- Evolyutsiya bu-tirik mavjudotlarning tarixiy o’zgarishining qaytmas jarayonidir(Biologiyaning ensiklopedik lug’ati, 1986).
Xulosa o’rnida shuni qayd etish mumkinki ,,Evolyutsiya”, termini ostida boshlang’ich xolatning makon va zamonda qandaydir bir yangilik paydo bo’lishiga olib keluvchi asta – sekinlik bilan bo’ladigan o’zgarishi tushuniladi. Biologik evolyutsiya boshqa evolyutsiyalardan tubdan farq qiladi. Uning asosida makromolekula va tirik organizmlarning o’zini – o’zi yangilash hodisasi yotadi. Biologik evolyutsiya sodir bo’ladigan jarayonlar va natijalari bo’yicha turli – tuman. Biologik evolyutsiya – qaytarilmas jarayon, populyatsiyalar genetik tarkibining o’zgarishi, adaptatsiya (moslanishlar)ning shakilanishi, turlarning paydo bo’lishi va o’lishi, biogeotsenoz va biosferaning butun xolida qayta hosil bo’lishi bilan amalga oshadigan, ma’lum darajada tirik tabiatning yo’naltirilgan tarixiy taraqqiyotidir.
“Evolyuyatsiya nazariyasi” fanini o’rganishda quydagilarga e’tiborni qaratish lozim:
1. Organizimlar evolyutsiyasi har doim ham progressiv xususiyatga ega bo’lmay, jarayon davomida regressiv xususiyat ham namayon bo’lib, turadi (parazit hayvonlar tuzilishidagi soddalashuv)
2. Evolyutsiya yo’nalishining orqaga qaytishi – emonatsiya yoki organizimlarning soddalashishi (masalan, mollyuskalar tipining eng qadimiy vakillari bo’lgan boshoyoqli mollyuskalardagi uyushqoqlik, yoki qadimiy paportniklarning, hozirgi zamon paportniklariga nisbatan urug’li o’simliklarga yaqinligi).
3. “Evolyuyatsiya nazariyasi” haqida Qadimiy sharq mamlakatlari - Misr, Hindiston, Xitoy, Yunoniston va Rim, O’rta Osiyoda yashagan mutafakkirlar o’z fikirlarini aytishgan, biroq keng jamoatchilik orasiga bu g’oyani Ch. Darvin olib kirgan. Organik olam to’g’risidagi evolyutsion g’oyalar asosan XX asrda rivojlandi.
“Evolyuyatsiya nazariyasi” fanidan laboratoriya mashg’ulotlarida o’zgaruvchanlik turlari, tabiiy tanlanish qonunyatlari, gomologik va anologik organlarni o’simlik va hayvonlar misolida o’rganiladi.
Mavzularni o’rganishda mavzuga oid bo’lgan evolyutsion qarashlar, antik davr faylasuflarining qarashlaridan to hozirgi davrgacha bo’lgan ma’lumotlarga asosiy e’tiborni qaratilishi lozim.
L aboratoriya mashg’ulotlarini o’tish ma’lum tizim asosida olib boriladi: mavzu maqsad material kerakli jihoz ishning borishi kerakli manba va adabiyotlar.

Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin