Kuzatilgan hamma o’zgaruvchanlik: 1.Irsiy noaniq individual o’zgaruvchanlik. 2.Irsiy bo’lmagan aniq umumiy o’zgaruvchanlik . 3.Nisbiy(korrelyativ)o’zgaruvchanlik. 4.Chatishtirish natijasida ro’yobga chiqqan o’zgaruvchanlik.
Biror bir belgini yoki xususiyatini qat’iy holda tashqi ta’sir javobiga fenotipik o’zgaruvchanlik deb ataladi. Fenotip – organizm xususiyat va belgilar majmuasi bo’lib, genotip va muhitning birgalikdagi ta’siri natijasidir. Hozirda o’zgaruvchanlikning quydagi shakllari mavjud(chizma) O ’zgaruvchanlik shakllari Mutatsiya – genetik materialning favqulodda tabiiy yoki sun’iy ravishda kelib chiqqan irsiy o’zgarish bo’lib, organizmning birorta belgisini o’zgarishiga olib keladi. Mutatsiyaning namoyon bo’lishi bevosita organizm rivojlanayotgan muayyan tashqi muhitga va genotipik fonga bog’liq. Yashash muhitiga qarab, bitta gen bir individda dominant bo’lib namoyon bo’lsa, aynan boshqasida fenotip bo’lib u namoyon bo’lmasligi mumkin. Misol uchun tog’da havo harorati 20oSdarajadan oshiq bo’lmagan hududda yashovchi quyonning quloq uchlari va tumshug’i qora rangda bo’ladi. Agar uni 30oS dan yuqori bo’lgan haroratda ushlansa organizmda melanin moddasini ishlab chiqish to’xtaydi, natijada qora ranglar hosil bo’lmaydi. Mutatsiyalar kelib chiqishiga qarab: tabiiy (spontan) va sun’iy (indutsirlangan, keltirib chiqarilgan) mutatsiyalarga bo’linadi.