O’zbekiston respublikasi oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiyа kafedrasi evolyutsiya nazariyasi fanidan laboratoriya mashg’ulotlarini bajarish uchun


O’zgaruvchanlik va uning shakllari - evolyutsiyaning asosiy omili



Yüklə 8,08 Mb.
səhifə3/29
tarix16.12.2023
ölçüsü8,08 Mb.
#182616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
portal.guldu.uz-Evolyutsiya nazariyasi

O’zgaruvchanlik va uning shakllari - evolyutsiyaning asosiy omili
O’zgaruvchanlik deb tirik organlarning yangi belgilariga ega bo’lishi yoki mavjud belgini yo’qotish bilan ifodalanuvchi o’zgarish xususiyatiga aytiladi. Darvin fikricha, o’zgarishning mazmuni va shakli tashqi faktorlarga (harorat, yorug’lik, namlik, oziqa va boshqalarga) va organizm tabiatiga bog’liq. Tashqi muhit organizmga bevosita va bilvosita ta’sir etadi. Bevosita ta’sirda, tashqi muhit omillari bir necha bo’g’in mobaynida rivojlanayotgan organizm va uning organlariga ta’sir etadi. Bilvosita ta’sir etishda hayot sharoiti jinsiy oranlarga ham o’z ta’sirni o’tkazadi. Natijada kelgusi bo’g’inlarda u yoki bu o’zgarish ro’y beradi.
Ch.Darvin o’zining olib borgan tadqiqotlariga asoslanib, o’zgaruvchanlikni 3 xil shakli borligini e’tirof etgan.
Muayyan yoki yalpi o’zgaruvchanlik, ya’ni bir xil zot va navga mansub organizmlar muayyan sabab ta’sirida bir xilda o’zgaradi. Masalan, hayvonlarning mahsuldorligi – oziqaning ko’pligi, terining qalinligi va yungning ko’pligi – iqlimga bog’liq.
Nomuayyan o’zgaruvchanlik tashqi muhit omillari ta’sirida bir zot yoki navga kiruvchi organizmlar turli yo’nalishlarda o’zgaradi. Darvin fikricha, bu o’zgaruvchanlik – individual xarakterga ega. Bir xil sharoitda o’sgan bodiring o’simligining mevasini shirin yoki achchiq bo’lishi bunga misoldir.
Korrelyativ yoki nisbiy o’zgaruvchanlik organizimning bir qismi uning boshqa qismi bilan bog’liq holda o’zgarishidir. Masalan, oq mushuklarni ko’zi ko’k bo’lsa, qulog’i kar bo’ladi. Oyog’i uzun hayvonlarning bo’yni ham uzun bo’ladi.
Darvin ta’kidlashicha, hamma o’zgaruvchanlik orasida irsiy o’zgaruvchanlik, evolyutsion jarayonda muhim ahamiyatga ega bo’lib, yangi nav’ va zotlarni vujudga kelishida asosiy manba bo’lib xizmat qiladi.
O’zgaruvchanlik( hozirgi zamon ta’rifi) – tirik organizimlarga xos bo’lib, yangi belgilarning vujudga kelishi va tur doirasida individlararo farqlarning shakllanishidir.
O’zgaruvchanlikning asosiy sababilari: 1) sharoitning yashash muhitiga ta’siri; 2) genlar o’zgaruvchanligi (mutatsiya); 3) kombinatsion o’zgaruvchanlik; 4) bitta genning bir qancha belgilarning shakllanishiga ta’siri(korelativ o’zgaruvchanlik).
O’zgaruvchanlikning hozirgi zamon tushunchasi


Yüklə 8,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin