4. O’rganish natijasida aniqlangan o’xshashlik va o’zgaruvchanlik belgilarining o’simlik evolyutsiyasi uchun qanday ahamiyati borligini aniqlang. 5. Siz tomondan aniqlangan o’xshashlik va o’zgaruvchanlik belgilarining qaysi biri irsiy va qaysi biri irsiy bo’lmagan o’zgruvchanlikka xos. 6. Quyidagi jadvalni to’ldiring(1.2–jadval) 1.2–jadval O’simlikning vegetativ qismini farqi(barg misolida)
Belgilarni taqqoslash
O’simlikning vegetativ qismi (barg)
Shakli Uzunligi Kengligi Irsiy belgilar Irsiy bo’lmagan belgilar
7.O’zgaruvchanlikni qaysi shakli evolyutsiya uchun asosiy material bo’lib xizmat qiladi ? 8.Irsiy o’zgaruvchanlikning uchta shaklini taqqoslang(1.3–jadval) 9. 1.4–jadvalni to’ldiring. 1.3–jadval Irsiy o’zgaruvchanlik shakllari
1.4–jadval Insertda foydalaniladigan maxsus jadval
Abzatslar №
“Bilaman” – V
“Ma’qullayman” Q
“O’rganish lozim”-
“Tushunmadim” -?
1.
2.
3.
4 va h.k.
Nazorat uchun savollar: 1.O’zgaruvchanlik deb nimaga aytiladi ? 2.Modifikasion o’zgaruvchanlik nima? 3.Irsiy o’zgaruvchanlik nima ? 4. O’zgaruvchanlik turlarini hayvonlar misolida izohlang . Tavsiya etilayotgan adabiyotlar: 1.Ғофуров А.Т. Дарвинизм (Дарслик). Тошкент, Ўқитувчи, 1992. 2.Георгиевский А.Б. Дарвинизм. М.: Просвещение, 1985. 3.Иорданский Н.Н. Эволюция жизни. М., 2001. 4.Парамонов А.А. Дарвинизм. М.: Просвещение, 1978. 2 - Laboratoriya ishi Mavzu: O’zgaruvchanlik turlarini hayvonlar misolida o’rganish Maqsad: Organizmlarda boradigan biotopik, populyatsion, geografik o’zgaruvchanlik tushunchasini shakillantirish, orginal materillar bilan ishlashni o’rganish, fenotipik va genetik o’zgaruvchanlik sabablarini bilish. Material: quruqlik mollyuskalar: Pseudonapaeus. albiplicata, Ps. sogdiana, , Leucozonella mesoleuca, Xeropicta candacharica chig’anoqlari. Jihozlar: binokulyar, pintset, ninalar( har xil), shtangeitsirkul, pipetka, elim, qoplangan predmet oynasi. Ishning borishi: 1. 2–3 turga mansub bo’lgan bir necha xil biotopda tarqalgan 20 dan ortiq bo’sh chig’anoqlarni olib diqqat bilan kuzating va ulardagi biotopik, populyatsion, gegrafik o’zgaruvchanlikni aniqlang. Ulardagi o’zgaruvchanlikni aniqlashda (2.1–rasm asosida) quydagi chig’anoq belgilariga alohida e’tibor bering: a) chig’anoqning o’lchamlariga – chig’anoq balandligi, diametri, chig’anoq og’zi balandligi; b) chig’anoq aylanalari(o’rami) soniga; v ) chig’anoq rangiga; 2.1–rasm. Chig’anoq o’lchamlarini olish sxemasi Pseudonapaeus albiplicata (A) va- Leucozonella rubens(B) misolida g) chig’anoq strukturasiga; d) chig’anoq og’zidagi tishsimon va labsimon o’simtalarni rivojlanganligiga; e) olingan natijalarni 4–jadvalga tushiring. 2. 2.1–jadvaldan olingan natijalarni taqqoslang va o’zgaruvchanlik sabablarini aniqlashga harakat qiling. 2.1–jadval Quriqlik mollyuskalarida morfologik (chig’anoq) belgilarning o’zgaruvchanligi
Nazorat uchun savollar: O’zgaruvchanlik turlarini hayvonlar misolida izohlang.
Irsiy o’zgaruvchanlik shakllarini tushuntiring.
Mutatsiya nima?
O’zgaruvchanlik to’g’risida Darvin fikrlarini tushuntiring.
Тавсия этилаётган адабиётлар: 1.Ғофуров А.Т. Дарвинизм (Дарслик). Тошкент, Ўқитувчи, 1992. 2.Георгиевский А.Б. Дарвинизм. М.: Просвещение, 1985. 3.Иорданский Н.Н. Эволюция жизни. М., 2001. 4.Парамонов А.А. Дарвинизм. М.: Просвещение, 1978. 5.Попов А.А. Основы теории эволюции. Казань, 1995, 2000. 6.Яблоков А.В., Юсуфов А.Г. Эволюционное учение, М: Высшая школа,
1981. 7. Пазилов А., Азимов Д.А. Наземные моллюски (Gastropoda, Pulmonata) Узбекистана и сопредельных территорий. - Ташкент: Фан, 2003. - 315 с. Интернет манбалари 1.http://eprints.zu.edu.ua/14316/ 2.http://nsportal.ru/shkola/biologiya/library/2013/04/28/urok-biologii-mnogoobrazie-mollyuskov-.dvestvorchatye-mollyuski 3.http://festival.1september.ru/articles/563559/ Sun’iy tanlash Sun’iy tanlash – inson uchun kerakli ma’lum belgilar bilan ayrim organizmlarni tanlab, hayvonlarning yangi zotlarini va o’simliklarning yangi navlarini yaratish jarayoni. Sun’iy tanlash hayvonlarni xonaklashtirish, ularni qo’lga o’rgatish, bundan 10-15 ming yil oldin insonlar yakka ovchilikdan, o’troq holatda jamoa bo’lib yashashga o’tib, dehqonchilik ishlari bilan shug’ullana boshlagan davirdan boshlangan. Inson ibtidoiy davrdan to hozirgacha 60 yaqin sut emizuvchilar, 10 yaqin qushlar va asalari hamda tut ipak qurtini xonakilashtirgan. Sun’iy tanlashda inson o’z ehtiyojini to’laqonli qondirish maqsadida, kam pushtli zotlardan, serpushtli zotlarni, kam hosil beradigan navlardan, esa ko’p hosil beradigan navlarni yaratishga o’tgan. Sun’iy tanlashning boshlang’ich omili o’zgaruvchanlik bo’lib, nasldan naslga o’tishi bilan belgilar mustahkamlanib boradi. Darvin fikricha, tabiiy tanlashning asosiy yutug’i quyidagilardan iborat: 1) organizmning yuqori darajadagi o’zgaruvchanligi; 2) tanlash imkoniyatiga ega bo’lgan indvidlarning ko’pligi; 3) selektsoner tajribasi. Inson tomonidan olib borilgan suniy tanlash natijasida har xil zot va navlar vujdga kelib, o’simlik va xayvonlarga xos bo’lgan (inson uchun kerak bo’lmagan) dastlabki belgilar tarqalib ketishi natijasida divergentsiya hodisasi ro’y beradi.