Bavosita dalil, tabiiy tanlanishning tasir kuchini organizmlarning moslanishi, avvalo, morfologik belgilarida yorqin namoyon bo’ladi. Masalan, hayvonlarning himoya rangi, ogohlantiruvchi rangi, chalg’itadigan rang, mimikariya bungga misol bo’ladi.
To’g’ridan-to’g’ri kuzatish yashash sharoitini keskin o’zgarishi ( to’fon, havo haroratini birdan sovib ketishi, qurg’oqchilik va boshqalar) natijasida o’rtacha normadan cheklangan indvidlarda differentsyalashgan (tabaqalashgan) halokatni kuzatilishi.
Tajriba asosidagi dalillar M.M.Belyaevning beshiktebratarlar ustidan olib borgan tajribasida hasharotlarning rangi muhitdagi narsalar rangi bilan qo’shilib ketib, ko’zga tashlanmaydigan bo’lishiga qaramasdan, qushlar ularning tanlab qirishi aniqlangan.
Tabiiy tanlanish tushunchasining hoziirgi zamon talqini
Hozirgi davrga kelib, tabiiy tanlanish tushunchasi mazmuni va mohiyati jihatidan kengayib va chuqurlashib borib, uni rivojlantirishda evolyutsion genetika, ekologiya, biotsenologiya ma’lumotlaridan keng foydalanilmoqda. Shuning bilan bir vaqtda hozirda tanlashning matematik modeli ham yaratilmoqda.
Hozirda tabiiy tanlanish deb tanlab siqib chiqarish, jinsiy voyaga etish va ko’payish, indvidlarning o’zidan nasl qoldirishga aytiladi.
1. Genetik nuqtai nazardan tabiiy tanlanish – har xil genotiplarni populyatsiyada tanlab ishlab chiqarish. Genlarning o’zaro murakkab munosobati zaminida organizm fenotipida u yoki bu belgi rivojlanadi va populyatsiyada shu belgi takrorlanadi. Nasldan naslga belgilar emas, genlar yig’indisi o’tadi. Tanlanish samarasi fenotipda namoyon bo’ladi.
Demak, ma’lum belgi va xossaning genetik axboroti fenotipda ro’yobga chiqishi tabiiy tanlanish ta’siriga bog’liq.
2.Tabiiy tanlanish yaratuvchanlik xsusiyatiga ega.
3.Tabiiy tanlanish, asta-sekin, bir vaqtning o’zida, bir qancha belgilarga, ayniqsa, organizmlarning yashovchanligiga ta’sir etadi.
Dostları ilə paylaş: |