Nazorat uchun savollar. 1.
Yalpizdoshlar oilasining o’ziga xos sitematik belgilari?
2.
Zubturumdoshlarning qaysi turlarini O’zbekistonda uchraydi?
3.
Respublikamizda keng tarqalgan Murakkabguldoshlar oilasi
vakillarining hayotiy shakllari va ahamiyatini ko’rsating?
MAVZU: PIYOZDOSHLAR ( ALLIACEAE ), NARGISDOSHLAR ( AMARYLLIDACEAE ) VA GULSAFSARDOSHLAR ( IRRIDACEAE ) OILASI TURKUMI TURLARI NOMEKLATURASINI TAHLILI VA O’RGANISH QOIDALARI. Piyozdoshlar oilasi — Alliaceae. Bu oilaga piyozli va ildizpoyali ko'p yillik
o't o'simliklar kiradi. Ko'pchilik turlari o'tkir hidli. Barglari yassi, tasmasimon yoki
naychasimon, ildiz bo'g'zidan chiqadi. Gulpoyasi bargsiz, shoxlanmagan, uchida
pardasimon ikkita gulyonbargehaning qo'shilishidan hosil bo'lgan qin bilan o'ralgan
soyabonsimon to'pgul joylashgan. Gulqo'rg'on bargchalari qo'shilmagan yoki asosi
biroz qo'shilgan bo'ladi. Gulqo'rg'on bargchalari va changchilari 6 tadan, urug'chisi 1
ta, tugunchasi ustki, 3 uyali. Gul formulasi: P3t3A3, 3 G (3). Mevasi — ko'sakcha.
Ko'pchilik turlarining to'pgullarida piyozchalar hosil bo'ladi. Bu oilaga 32 ta turkum
va 750 taga yaqin turlar kiradi. Ikkala yarimsharda ham keng tarqalgan, lekin tropik
hududlarda, Avstraliya va Yangi Zclandiyada uchramaydi. Ayniqsa, Shimoliy
yarimsharda keng tarqalgan. O'rta Osiyoda va O'zbekistonda faqat bitta piyoz (Allium)
turkumi uchraydi. O'rta Osiyoda uning 191 ta, O'zbekistonda 100 dan ortiq turi o'sadi.
Bu turkum vakillari inson hayotida juda muhim ahamiyatga ega. Ular antibiotiklarga
juda boy, qimmatbaho dorivor va vilaminli sabzavot o'simliklar hisoblanadi.