O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti L. A. Botirova, D. M. Tagayeva



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/79
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197179
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   79
portal.guldu.uz-DORIVOR O’SIMLIKLAR FLORASI VA SISTEMATIKASI FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARINI BAJARISH UCHUN USLUBIY QO’LLANMA (1)

 
Ungerniya, qoraqobiq (
Ungernia
) turkumi. 
Bu turkum vakillari ko'p yillik piyozli 
o't o'simliklar. Barglari 4—6 ta, bahorda paydo bo'ladi. Yozga kelib quriydi. Poyasi 
bargsiz. Gulqo'rg'oni 6 ta, gulbargchalari voronkasimon, sal qiyshiqroq, sarg'ish-qizil 
yoki sarg'ish. To'pguli soyabonsimon, changchisi 6 ta. Tugunchasi uch uyali. Mevasi 
— ko'sakcha. O'zbekistonda 3 turi (U. sivcrtzovii, U. victoris) o'sadi. 
Seversov qoraqobig‘i — 
Ungernia scvertzovii

Ko'p yillik piyozli o'simlik. 
Barglari 4—6 ta, qalami ikki qator joylashgan. Poyasi silindrsimon, bo'yi 20—40 sm. 
To'pguli soyabonsimon, 7—12 gulli. Gulqo'rg'oni 6 ta gulbargchali, qizil g'isht rangli. 
Mevasi — ko'sakcha, uch bo'lakli, chokidan ochiladi. Qor ketishi bilan piyozidan o'sib 
chiqqan barglari may oyining ikkinchi yarmida quriydi. Iyul oyida piyozidan bargsiz, 


45 
oqish poya unib chiqadi va uning uchida to'pgul hosil bo'ladi. Scntabr oyida gullaydi. 
Tog'da toshli va chag'ir yonbag'irlarda o'sadi. Dorivor o'simlik.O'zbekiston 
Respublikasi „Qizil kitob" iga kiritilgan. 
Za’faron (
Crocus
) turkumi. 
Turkum vakillari tuganak piyozli, deyarli povasiz o‘t 
o'simliklar. Guli ikki jinsli, voronkasimon. Gulqo'rg'on bargchalari oq, sariq yoki 
ko'kimtir havorangda. Changchisi 3 ta, mevasi — ko'sakcha. O'zbekistonda 2 turi 
(Olatog' za’faroni, Oq zaTaron), O'rta Osiyoda 3 ta turi tarqalgan. Bular ko'p yillik 
tuganak piyozli o'simliklar, 1—4 tadan gul hosil qiladi, gulqo'rg'on bo'laklari oq, orqa 
tomoni biroz binafsha rangli. 
Gulsafsar (
Iris
) turkumi. 
Turkum gaildizpoyali, barglari qilichsimon o't 
o'simliklar kiradi. Gulqo'rg'oni yirik, gultojsimon, to'g'ri. Bargchalari har xil, qo'shilib 
o'sib naycha hosil qiladi. Bargchalarining ichkisi sirtidagi shakli va kattaligi bilan farq 
qiladi. Changchisi 3 ta, tugunchasi 3 uyali. Mevasi ko'p urug'li, 3 qirrali ko'sakcha. 
O'rta Osiyoda 19 turi, O'zbekistonda 8 turi uchraydi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin