48
13
Genus
-
Turkum
14
Subgenus
-
Turkumcha, kichik
turkum
15
Sectio
-
Seksiya
16
Subsectio
-
Seksiyacha, kichik
seksiya
17
Series
--
Seriya
18
Subseries
Seriyacha, kichik seriya
19
Species
Tur
20
Subspecies
Turcha, kichik tur
21
Varietas
Tur xili
22
Forma
Forma (shakl), xil
Dala va Shoxlangan qirqbo’g’im sistematik tahlili
Bo’lim:
Equisetophyta
- Qirqbo’g’imtoifa
Sinf:
Equisetopsida
- Qirqbo’g’imsimon
Qabila:
Equisetales
- Qirqbo’g’imnamolar
Oila:
Equisetaceae
- Qirqbo’g’imdosh
Turkum:
Equisetum
- Qirqbo’g’im
Tur:
Equisetum arvense
– Dala qirqbo’g’imi
Tur:
Equisetum ramosissimum
– Shoxlangan qirqbo’g’im
Dala qirqbo’g’imi klassifikatsiyasini tahlil qiladigan bo’lsak, bo’lim
Equisetophyta
ya’ni Qirqbo’g’imtoifa bo’ladi. Yuqorida ko’rsatilganidek lotin tilida
bo’limga
phyta
, o’zbek tilida esa
toifa
affikslari qo’shib yasaladi.
Sinfga
opsida
va
simon affiksi, qabilaga
ales
va namo qo’shimchasi, oila sistematik birligiga
aceae
va
dosh affiksi qo’shimchalarini qo’shish bilan yasalmoqda. Odatda turkum va turlar
uchun yuqoridagi sistematik birliklar kabi umumiy affikslar mavjud emas. Ular turli
xolatda keladi.
Equisetum arvense
bu turni nomi bo’lib,
Equisetum
so’zi
turkumini
bildiradi. O’zbek tilida esa yuqorida aytganimizdek aksincha turni ko’rsatuvchi
so’zdan keyin keladi turkum nomi. Masalan: Dala qirqbo’g’imi bu yerda qirq bo’g’im
turkumni ko’rsatadi.
Ishni bajarish tartibi:
1.
O’simliklar sistematikasining ahamiyatini o’rganing.
2.
O’simliklarning lotincha nomlari va o’qish qoidalari bilan tanishing.
3.
O'simliklar sistematikasi birliklari sifatida qabul qilingan 23 ta taksonomik birlikni
yod oling
4.
O’simliklar aniqlagichi kitobi bilan ishlashni o’rganing.
Nazorat savollari:
49
1. O'simliklar sistematikasi taksonomik birliklarni aytib bering?
2. O'simliklar sistematikasida eng kichik birlik nima deb ataladi?
3. Botanika nomenklaturasining xalqaro kodeksi tomonidan yer yuzida tarqalgan
o'simliklarni birliklari sifatida nechta taksonomik birliklar qabul qilingan?
MAVZU: NAMATAK TURKUMI TURLARINI ANIQLASH USULLARI.
Dars maqsadi
: Talabalarda namatak turkumi turlarini aniqlash usullari
ko’nikmalarini shakillantirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
1.
Namatak turkumi turlari uchrash florasi haqida biladi.
2.
Namatak turkumi turlari to’g’risida ma’lumot bera oladi.
Kerakli jihoz va materiallar:
o’simliklar aniqlagichi, gerbariylar, rasmlar, lupa,
slaydlar.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
Ra’nodoshlar oilasi asosan daraxt, buta, chala buta, ko`p yillik, ba`zan bir yillik
o`simliklar bo`lib, ayniqsa shimoliy yarim sharda keng tarqalgan barglari poyada
ketma-ket joylashgan oddiy yoki murakkab bo`lib, ko`pincha yon, barglarga ega.
Gullari aktinomorf,
ikki jinsli, yakka, ba`zan tupgullarni hosil qiladi. Gulqurg’oni
murakkab, 5 lik tipida bo`ladi, erkin yoki ma`lum darajada qo`shilgan. Changchilari
ko`pincha ko`p sonli. Urug’chisi 1,5 yoki bir necha mevabargchaning qo’shilishidan
hosil bo`lgan. Mevasi har hil tipda bo`ladi.
Ra`noguldoshlar oilasi gul va mevalarining tuzilishi jihatidan 6 ta kichik
oilachaga bo`linadi. Shulardan 4 tasi keltirib o’tiladi:
A) Tubulg’udoshchalar – Spireoideae
Oilacha vakillari buta o`simliklardir. Barglari oddiy yoki murakkab,
gullari
mayda sochoq yoki qalqonsimon to`pgulga yig’ilgan.
Gulining formulasi:
Ca
5
Co
5
A~ G
(5)
Mevasi to`p yoyma
meva.
Oilachaning asosiy turkumi tubulgi (Spiraea). Bu turkumning O`rta – Osiyoda
tuqli to`bgulg’i (S.pilosa), baljuan to`bulg’asi (S. baldlchuanica) kabi turlari toshli, tog’
yonbag’irlarida, archazorlar, va daryo soxilarida o`sadi.
B) Itburundoshchalar - Rosoideae
Bu oilachaga o`t, chala buta va buta o`simliklar kiradi. Barglari toq patsimon
murakkab yoki oddiy chetki qirralari uyilgan, yon bargchali. Poyasi ko`pincha tikanli.
(5)
Co
5
A~ G
(
∾
)
Gul formulasi:
Ca
Mevasi
yong’oqcha
yoki
murakkab danakchali meva.
Oilacha vakillari: Itburun na`matagi (Rosa canina), Fedchenko na`matagi
(R.fedtchenkoana), Samarqand na`matagi (R.moracndica),
Zangori maymunjon
50
(Rubus caesius), Oddiy maymunjon (R.idaeus), Qulupnoy (Fragaria), g’ozpanja
(Potentilla).
V) Olmadoshlar - Pomoideae
Oilacha vakillari: daraxt va buta o`simliklardir. Ularning barglari, oddiy, ba`zan
murakkab, yong’bargchali.
Gul formulasi:
Ca
(5)
Co
5
A~ G
(1)
ba`zan
(2-5)
Mevasi sersuv soxta meva.
Oilacha vakillari: Madaniy olma (Malus domestica), yovvoyi olma (M.Sylvestris), nok
(Pyrus), bexi (Cydonia), sariq dulana (Crataegus
pontica).
G) Olxuridoshchalar - Prunoideae
Daraxt va buta o`simliklar. Bularning gul tuzilishi Yuqoridagilarga o`xshab ketadi.
Gul formulasi:
Ca
5
Co
5
A
5
, ~, G
1
Mevasi
quruq yoki sersuv
danakcha.
Oilacha vakillari: SHirin bodom (Amygdalus communis), o`rik (Armeniaca vulgaris),
shaftoli (Persica vulgaris), olcha (Cerasus vulgaris), gilos (Cerasus avium), olxuri (
Prunus domestica).
Ahamiyati: Oilaning ko`pchilik vakillari oziq-ovqat o`simligi hisoblanadi.
Ularning mevasini tarkibida qand moddalari, har xil organik kislotalar, vitaminlar va
efir moylari uchraydi. Juda ko`p turlari qadimdan madaniylashtirilgan. SHuningdek bir
qancha turlari tibbiyotda dori tayyorlashda, ishlatiladi.
Namatak turkumi turlari Ra’noguldoshlar –
Rosaceae L
oilasiga mansub, bo’yi 1,5-
3 m, ba’zan 6 m ga yetadigan tikanli buta. Novdalari egiluvchan bo’lib, yaltiroq,
qo’ng’ir-qizil yoki qizil-jigarrang po’stloq bilan qoplangan. Barglari toq patli
murakkab, 5-7 ta tuxumsimon arrasimon qirrali bargchalardan tashkil topgan bo’lib,
bandi yordamida poyasi bilan shoxlarida ketma-ket o’rnashgan.
Yirik qizil, pushti,
sariq yoki oq rangli, xushbo’y, besh bo’lakli gullari 2-3 tadan shoxchalariga
joylashgan. Shakli va rangi turlicha, shirali, gul o’rnidan hosil bo’lgan soxta mevaga
ega. Aprel-avgust oylarida
gullaydi, mevasi iyul-oktyabrda pishadi.
Yuqorida berilgan ma’lumotlardan foydalanib
Oq gulli namatak (
Rosa bellicosa
Nevski
) o’simligini sistematik tahlil qilamiz:
Dostları ilə paylaş: