O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti L. A. Botirova, D. M. Tagayeva



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/79
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197179
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   79
portal.guldu.uz-DORIVOR O’SIMLIKLAR FLORASI VA SISTEMATIKASI FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARINI BAJARISH UCHUN USLUBIY QO’LLANMA (1)

 
Kerakli jihoz va materiallar: 
o’simliklar aniqlagichi, lupa, gerbariylar yoki tirik 
namunalar, rasmlar, slaydlar. 
 
Bo’lim.
Yopiqurug’lilar (
Angiospermae
), yoki Gulli o’simliklar (
Antophyta
)
 
Sinf (ajdod). 
Ikkipallalilar (
Dicotyledones

Sinfcha. 
Yalpizkabilar (
Lamidae
)
 
Qabila. 
Yalpiznamolar (
Lamiales
) — Яснотковые (Губоцветные) 
Oila. 
Yalpizdoshlar = labguldoshlar (
Lamiaccac Lindl

= Labiatae Juss
.) — 
Яснотковые.
 
Turkum. 
Yalpiz (
Mentha L
.) — Мята 
Tur. 
Osiyo yalpizi (
M.asiatica

Tur. 
Cho’l yalpizi (
M.arvensis

Tur. 
Jingalakyalpiz (
M.crispa

Tur. 
Nayzali yalpiz
 (
M.spicata 
L

Tur.
Suv yalpizi
 (
M.aquatica
 
L
)
(
Мятаводная) 


54 
Qisqacha nazariy ma’lumotlar. 
Yalpizdoshlar gulli o’simliklarning ancha yirik oilalaridan biri bo’lib unga 200 
tacha turkum va 3500 dan ko’proq turlar kiritiladi. Yer sharida juda keng tarqalgan, 
ko’pchiligi deyarli kosmopolit o’simliklardir. Oila hajmida 11 ta kichik oila farqlanadi, 
ularning birnechtasi bir turkumli oilachalardir. Yalpizdoshlarning eng yirik markaziy 
kichik oilasi Yalpizdoshchalar bo’lib, u 34 turkumni o’z ichiga oladi. 
Oilaning muhim xarakterli belgisi poyasining 4 qirrali bo’lishi, barglarining 
yonbargsizligi va qarama-qarshi joylashuvi, yerusti qismlarining turli darajada tuklar 
bilan qoplanganligi, ko’pchiligining efir moylar ajratishidir. 
To’pgullari boshoqsimon yoki poyada barg qo’ltig’idan chiqadigan 6, 14, 30 gulli 
mutovkalar, xalqalar, ba’zan poya uchida boshchasimon to’pgul hosil qiladi. 
Gullari zigomorf, deyarli barchasi 2 labli, ba’zan aktinomorf (
Mentha
). 
Gulkosacha 5 ta tutash gulkosachabarglardan hosil bo’lgan – qo’ng’iroqsimon, 
naysimon yoki 2 labli. Gultoj 5 a’zoli, asos qismi naycha, uchki qismi esa 2 ta qaytaqi-
lab hosil qiladi. Ba’zan gultoj 4 a’zoli (
Teucrium, Ajuga
). Naycha ichki yuzasining 
silliq yoki tukli bo’lishi Yalpizdoshlar uchun muhim sistematik belgi bo’lib 
hisoblanadi. 
Changchilari 4 ta, 2 tasi uzunroq, 2 tasi esa, biroz qisqa. Barchasi gultoj 
naychasining ichki yuzasiga o’rnashgan. Ammo marvarak 
(Salvia
), rozmarin 
(
Rosmarinus
) larda changchilari atigi 2 ta. Ginesey 1 ta va u 2ta mevachibargning 
qo’shilishidan hosil bo’lgan. Tugun ustki, 4 uyali. Ustunchasi ancha uzun, tumshug’i 
2 labli. Gul formulasi: 
)
2
(
2
2
)
3
2
(
)
5
(
G
A
Co
Ca


Mevasi to’p yong’oqcha, 4 ta cho’ziq-tuxumsimon, deyarli 3 qirrali yong’oqlarga 
bo’linadi. 
Osiyo yalpizi (
Mentha asiatica
) O’zbekistonda ancha keng tarqalgan ko’pyillik 
polikarp o’simlik. Poyasi 60-70 (100) sm, shoxlangan, tik, 4 qirrali, mayin kumushrang 
tuklar bilan qoplangan, barglari nashtarsimon cho’ziq, asosi to’garak yoki sal 
yuraksimon; o’tiroq yoki qisqa bandli, yumshoq mayin tukli, cheti arrasimon tishli. 
To’pgullari poyaning uchida yoki poya yuqori qismidagi barg qo’ltiqlaridan chiqqan 
yon novdalarda hosil bo’ladi. Gulbandi kosachasiga teng yoki sal qisqaroq, umumiy 
gulbandida halqa hosil qilib joylashadi. Gulyonbarglari ipsimon, momiq tukli. Kosacha 
och siyoh rangli 2,0-2,5 (3) mm, qalin tukli, tishchalari toj nayidan 1.5-2.0 (3) marta 
kaltaroq. Toj 3-4 mm, oqish pushtirang. 
Iyun-avgust oylarida gullaydi, iyul-sentyabrda mevasi hosil qiladi. Ariq, kanal 
bo’ylarida, tog’ soylari bo’ylarida, sernam joylarda o’sadi. 
O’zbekistonda yalpizlarning 3 turi yovvoyi holda tarqalgan. 
Yalpiz 

Mentha L 
turkumi, 
Lamiaceae L 
- Labguldoshdoshlar oilasiga mansub ko‘p 
yillik ildizpoyali o‘t simon, o‘tkir hidli o'simlik. Poyalari 4 qirrali, tuksiz, yoni sal 
yopiq tukli, 80 sm ga yetadi. Barglari bandli, tuxumsimon, qaramaqarshi joylashgan, 
chetlari arrasimon qirqilgan, uchi o‘tkir. To‘pgullari boshoqsimon, soxta halqalardan 


55 
iborat, gullari mayda, binafsharang. Mevasi to‘rtta yong‘oqcha, to‘q-qo‘ng‘ir 
rangda.Har qaysi urug'kurtak orasida barvaqt to‘siq hosil bo‘ladi. Natijada tuguncha 
gavzabondoshlarnikiga o’xshash 4 bo'lakchaga ajraladi.
Dars so’ngida Yalpizdoshlardan bir nechta turlarini aniqlang. Madaniy turlarining 
ahamiyatini topib yozing. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin