USULLARI. Dars maqsadi : Talabalarda mavrak turkumi turlarini aniqlash usullari ko’nikmalarini
shakillantirish.
Identiv o’quv maqsadlari: 1.
Mavrak turkumi turlari to’g’risida ma’lumot bera oladi.
2.
Mavrak turkumi turlarini aniqlash usullarini biladi.
Kerakli jihoz va materiallar: o’simliklar aniqlagichi, gerbariylar, rasmlar, lupa,
slaydlar.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar. Mavrak –
Salvia L -
Lamiaceae - yasnotkaguldoshlar oilasiga mansub ko'p yillik
o't o'simlik hisoblanadi. Ildizi baquvvat yog'ochlangan, 4-tartibgacha tarmoqlangan,
sertarmoq ildizining asosiy qismi tuproqning 10-15 sm lik katlamida joylashgan, ko'pi
bilan 68 sm chuqurlikkacha yetib boradi. Poyalari birinchi yili 4 qirrali, quyi qismi
yog'ochlangan, kulrang tusda yuqori qismi tukli, yashil, bo'yi 80 sm gacha yetadi.
Barglari qarama-qarshi joylashgan, uzunchoq bandli mayda kungurali, uzunligi 2-8 sm
kengligi 0,8-2,5 sm, burishgan tukli, kulrang yashil. To'pguli poyaning eng
yuqorisidagi boshoqsimon qismidir, u sodda yoki shoxlangan, sodda xalqalardan tarkib
topgan. Gullari ikki labli, kuk binafsha rang, yondosh bargchalarining qo'ltiqlarida
joylashgan. Mevasi 4 dona yong'oqchadan iborat, urug'lari qurrasimon bo'lib kattaligi
2-3 mm. 1000 dona urug' vazni 7-9 g. O'rta dengiz bo'yi mamlakatlarining tog'li
yerlarida tabiiy sharoitda o'sadi. Shimoliy Kavkaz, Qrim, Moldovada ekib o'stiriladi.
Salvia officinalis umumiy ko’rinishi va bargaining poyada joylashishi
58
Salvia officinalis guli va urug’i
Salvia rosmarinus ( siynonym