60
Qisqacha nazariy ma’lumotlar.
Jiydadoshlar -
Eleagnaceae
oilasiga 3 turkum 40 ga yaqin tur kiradi.
O‘zbekistonda 2 ta
turkumga oid 5 turi o‘sadi. Buta va daraxtlardan iborat.
Gullari 2 jinsli. Shimoliy yarim shaming subtropik va mo‘’tadil
iqlimli hududlarida
tarqalgan. O‘zbekistonda jiyda (Eleagnus angustifolia) va chakanda (Hippophae
rhamnoidesj dorivor, iste’mol qilinadigan o‘simlik sifatida qadrlanadi.
Chakanda turkumi - (
Hippophae
). Tikanli daraxt,
barglari uzun tortgan,
landetsimon, gullari barg qo’ltig’ida, ayrim jinsli, boshoqsimon
gul tuplamlarida
novda qultigida joylashgan. Gul formulasi: P
2
A
2
G
0
P
2
A
0
G
1
Mevasi sarik
rangli shirali danak.
Muhim
ozik,-ovqat, dorivor va sifatli yog’och beradigan
o’simlik
sifatida
qadrlanadi. Mevasi ovqat sifatida, poyasi muhim yog’och
sifatida,
bargi
oshlovchi moddalar olishda, novdalari sariq va qoramtir qo’ngir rangli buyoq
olishda ishlatiladi.
Jiyda
(
Elaeagnus
L.) — Jiydadoshlar oilasiga mansub daraxt yoki buta.
Janubiy
Yevropa, Markaziy va Sharqiy
Osiyo, Shimoliy
Amerikada oʻsadigan
40 ga
yaqin turi bor. Oʻrta Osiyo, xususan Oʻzbekistonda Jiydaning qargʻajiyda (
E.
angustifolia
; yovvoyi holda oʻsadi), sharq jiydasi (
E. orientalis
), tikanakli jiyda (
E.
pungens
), kumushsimon jiyda (
E. argentea
), non jiyda (
E. edulis
) turlari oʻsadi. Sharq
jiydasining bargi oddiy, ensiz, kumushrang. Daraxti 8—10 m, shoxlari siyrak, tikanli
yoki tikansiz. Guli ikki jinsli, sariq, serasal, xushboʻy, efir moyli. Mevasi sargʻish,
magʻizsiz danakli, eti 31,2—88,7%, unsimon, xushxoʻr. Tarkibida 46—65% qand,
10% oqsil, 1,3% kislota, 200 mg% S vitamini mavjud. Jiydaning mevasi yangiligida
yoki quritib isteʼmol etiladi. Mevasidan spirt va kuchsiz
alkogolli ichimliklar
tayyorlanadi. Tabobatda oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Yogʻochidan turli xil buyumlar yasaladi,
parfyumeriya sanoatida, gulidan efir moy
olinadi.
Dostları ilə paylaş: