O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti L. A. Botirova, D. M. Tagayeva



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/79
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197179
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79
portal.guldu.uz-DORIVOR O’SIMLIKLAR FLORASI VA SISTEMATIKASI FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARINI BAJARISH UCHUN USLUBIY QO’LLANMA (1)

Qarag‘ay turkumiga
100 ga yaqin turga ega, tabiiy sharoitda Ozarbayjon bilan 
Gruziyada o‘suvchi 
eldar qarag‘ayi
, qurg‘oqchillikka chidamliligi uchun 
O'zbekistonning ko‘pchilik shaharlarida manzarali daraxt sifatida о‘stiriladi. Qarag‘ay 
doimo yashil daraxt. Subtropik iqlim mintaqalarida qarag‘ay turlari tog‘li o'lkalarda 
o‘sadi va o‘z arealida aralash yoki sof o‘rmonlarni hosil qiladi. Bu turkumning 
oddiy 
qarag'ay

Pinus selvestris
, Sibir qarag‘ayi-
P.sibirica
kabi turlari keng tarqalgan. Qrim 
va Kavkazda Kavkaz qarag‘ayi o‘sadi. Oddiy qarag‘ay- areali keng hisoblanadi. 0 ‘rta 
va Shimoliy Yevropadan Shimoliy Osiyoga qadar tarqalgan. U muhit sharoitini 
tanlamaydi. Janub sharoitida tog'li hududlarda, qumloq daryo sohillarida
botqoqliklarda o'rmon hosil qiladi. Yorug‘sevar poyasi tik o‘sadi, balandligi 20-40 m. 
Po‘stlog‘i qizg‘ish-qo!ng‘ir. Urug‘i yordamida ko‘payadi. 
Qoraqarag‘ay turkumi
ga 30-50 ga yaqin tur kiradi. Ular soyasevar o‘simliklar 
boclib, Shimoliy-sharqiy Yevropada va Sharqiy Sibir, Kavkazda, O'rta Osiyoda 
tarqalgan. Shimoliy Amerikada tarqalgan yel turlarining ayrimlari 50-60 metrdan to 80 
metrgacha balandlikka ega. Ular 500-600 yil yashaydi. Yel daraxti shoxlari yanvar 
oyida o‘tkazi!adigan yangi yil archa bayramida bezatish uchun ishlatiladi. 
 Sarvdoshlar
- Cupresaceae oilasiga 19 ta turkum 130-150 ga yaqin tur kiradi, ular har 
ikkala yarim sharda ham tarqalgan. Oila vakillari bir yoki ikki uyii daraxt va butalar 
bo‘lib, ularda smola yo‘llari bo£lmaydi. Barglari ninasimon yoki tangachasimon 
novdada qarama - qarshi yoki halqasimon o'mashgan. Erkaklik (changchi) qubbalari 
yakka holda bo‘lib, mikiosporafillari qalqonsimon, mikrosporangiylari 2-6 ta. Erkaklik 


17 
gametofiti reduksiyalangan. Urg‘ochi (urug‘chi) qubbasida qoplag‘ich tangacha barg 
va urug‘ tangachasi qo‘shilib o‘sib, bittaga aylangan, qoplag‘ich tangacha bargi 
yog‘ochlangan yoki yumshoq etli (archalar)dir. 
Sarv 
(
kiparis
) - Cupressus turkumi 15-20 ta turga ega, balandligi 30-50 m, bir uyli 
daraxt va buta o‘simlik. 0 ‘rta Yer dengizining atrofida, Himolay, Janubiy Xitoy va 
Amerikada tarqalgan. Qrim, Qora dengiz qirg‘oqlarida, ayrim turiari 0 ‘zbekistonda 
ham manzarali o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Doirniy yashil sarv - 30 m li, 2000 yilgacha 
umr ko‘radi. 0 ‘zbekistonda piramidasimon sarv Toshkent, Samarqand, Farg‘ona 
vodiysida uchraydi.
Tuya (
Thuja
) turkumi bir uyli daraxt va butalardan iborat bo‘lib, 6 turga ega. Shulardan 
G‘arb tuyasi (Thuja occidentales) asosan Xitoyda tarqalgan. Manbalarda 
ko'rsatilishicha, Sharq tuyasi sarv 0 ‘rta Osiyoda muqaddas daraxt sifatida o‘stirilgan.
Archa

Junipyerus
turkumiga 14 ta tur kiradi. MDH florasida 21 turi uchraydi. 
Shundan 3 ta turi Zarafshon archasi - 
Jynipyerus zezavschanica
yarim sharsimon va 
Turkiston archasi (
Jynipyerus turkistanica
) O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 
tarqalgan. Bundan tashqari, eng chiroyli archalardan Virgin archa (
J.vyerginia
) bo‘yi 
15-30 m balandlikda, manzarali o‘simlik sifatida respublikamizning shaharlarida 
o‘stirilmoqda. Qrim va Kavkazning janubiy qirg‘oqlarida o‘stiriladi, vog‘ochi yengil, 
yumshoq bo‘lib, qalam, yog‘ochsozlikda ishlatiladi. Zarafshon sarv archalaridan O'rta 
Osiyo xalqlari qadim zamonlardan pistako‘mir olishda ishlatganlar. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin