O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti L. A. Botirova, D. M. Tagayeva



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/79
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197179
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79
portal.guldu.uz-DORIVOR O’SIMLIKLAR FLORASI VA SISTEMATIKASI FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARINI BAJARISH UCHUN USLUBIY QO’LLANMA (1)

Ayiqtovondoshlar
(
Ranunculaceae Juss
)- ikkipallalilar sinfining ayritojlilar 
kenja sinfiga mansub o‘simliklar oilasi. Oila vakillari asosan ko‘p yillik (ba’zilari bir 
yillik) o‘t. Buta yoki chala buta turlari ham uchraydi. Barglari ketma-ket (ba’zi 
turlarida qarama-qarshi) o‘rnashgan, ko‘pincha yon bargchasiz, panjasimon – o‘yma 
yoki qirqma, oddiy (ba’zilarida murakkab). Gullari ikki jinsli, ko‘pchilik turlarida 
to‘g‘ri (akti-nomorf), ayrim turlarida qiyshiq (zigo-morf). Gulqo‘rg‘oni oddiy yoki 
qo‘shqavat. Sallagul (Paeonia), suvyig‘ar (Aquilegia), parpi (Aconitum), isfarak 
(Delphinium), ayiktovon (Ranunculus) kabi turkumlarga mansub o‘simliklarning 
gulkosasi, ko‘pchilik turlarida esa gultojlari ham besh bargli. Aksariyat turlarida 
changchi va urug‘chilar ko‘p. Mevalari – bargak yoki yong‘oqcha, kamdan-kam 
hollarda ko‘sakcha shaklida. A.ning 1500 ga yaqin turi bor. Tropik zonadan boshlab 
shimolidagi barcha mintaqalarda uchraydi. Markaziy Osi-yoda 200 dan ziyod turi (25 
turkumi) bor. O‘zbekistonda Ayiqtovondoshlarning ayiqtovon, isfarak, pufanak 
(Anemone), adonis (Adonis), suvyig‘ar kabi turkumlariga mansub juda ko‘p turlari 
o‘sadi. Ba’zilari, sallagul, isfarak, suvyig‘ar xushmanzara o‘simlik, ayrimlari esa, 
adonis, ayiqtovon, parpilar dorivor o‘simlik. Oilaning ayiqtovon, parpi singari 
turkumlariga mansub turlarning tarkibida zaharli moddalar (alkaloid va glikozidlar) 
bor. Shu sababli bundan o‘simliklar o‘sgan o‘tloqlarda mol boqish xavfli. 
Ishning borishi
Tegishli miqdordagi ko‘rgazmali qurol yetarli darajada bo‘lmagan taqdirda, 
gerbariy materiallaridan, mavjud rasm va jadvallardan foydalaniladi. 
O‘simlikning tuzilishi to‘liq o‘rganilgach, uning alohida qismlarining (novdasi, 
bargi, guli) surati va gul diagrammasi chiziladi va nihoyat o‘simlikning qisqa va aniq 
tavsifi beriladi. 


20 
6-rasm. 7-rasm. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin