O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti L. A. Botirova, D. M. Tagayeva



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/79
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197179
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79
portal.guldu.uz-DORIVOR O’SIMLIKLAR FLORASI VA SISTEMATIKASI FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARINI BAJARISH UCHUN USLUBIY QO’LLANMA (1)

2.
 
Ko’knordoshlar oilasining geografik tarqalishi haqida nimalarni bilasiz? 
3.
 
Papaveraceae Juss
oilasiga mansub o‘simliklarning vegetativ organlari 
tuzilishini tushuntirib bering? 
4.
 
Shotaradoshlar oilasiga umumiy tavsif bering? 
5.
 
Fumariaceae DC 
oilasi vakillarining qanday dorivorlik xususiyati bor? 
8-rasm. 
P.rhoeas
9-rasm. 
F.officinalis
MAVZU: TUTDOSHLAR (
MORACEAE
) VA GAZANDADOSHLAR 
(
URTICACEAE
) OILASI TURKUMI TURLARI NOMEKLATURASINI 
TAHLILI VA O’RGANISH QOIDALARI. 
 
Dars maqsadi: 
Tutdoshlar (
Moraceae
) va Gazandadoshlar (
Urticaceae
) oilasi turkumi 
turlari nomeklaturasini tahlili va o’rganish qoidalari va ularning morfologik, biologik 
shuningdek dorivorlik xususiyatlari haqidagi yangi bilim, ko’nikma, malakani 
shakillantirish.
Identiv o’quv maqsadi

1.
Moraceae

Urticaceae 
oilasi turlari
 
nomeklaturasini tahlil qila oladi. 
2.
Tutdoshlar va Gazandadoshlar oilasi vakillarini morfologik va biologik 
xususiyatlarini biladi. 
Kerakli jihoz va materiallar

Moraceae

Urticaceae 
oilalari vakillari
 
gerbariy 
na’munasi, rasmlar, o’simliklar aniqlagichi, taqdimot. 
Tutdoshlar (
Moraceae
)
— ikki urug’pallali oʻsimliklar oilasi. Sut shirali daraxt, 
buta, baʼzan sut shirasiz oʻt oʻsimliklar. Barglari navbatlashib yoki qaramaqarshi 


23 
joylashgan, butun, oʻyilgan yoki qaychibarg , yonbargli. Toʻpgullari — kuchala, 
boshoq, roʻvaksimon yoki boʻsh sharsimon. Gullari ayrim jinsli, bir yoki ikki uyli. 
Gulqoʻrgʻoni oddiy odatda, 4 boʻlakli. Changchisi toʻrtta, urugʻchisi bitta. Mevasi 
danaksimon yoki yongʻoqcha, birlashib etli toʻpmeva hosil qiladi. Tutdoshlarga 53 
turkum va 1400 ga yaqin tur kiradi. Asosan, tropik va subtropik mamlakatlarda, qisman 
oʻrta mintaqada tarqalgan. 
Tutdoshlarning eng yirik turkumlaridan biri fikus (
Ficus
) doim yashil yoki barg 
toʻkadigan daraxt, buta, baʼzan oʻt oʻsimliklari hisoblanadi. 1000 ga yaqin turi bor. 
Bargi turli shaklda, yonbargli, koʻpincha toʻkiluvchan. Fikuslardan anjir (
F. carica

uzoq yashovchi daraxt. Barglari oddiy, 3—5 boʻlakchali, toʻkiluvchan. Gullari 
toʻpgulining ichida oʻrnashgan. Tutdoshlarning yana bir yirik turkumi tut (
Moras

Shimoliy yarim sharning moʻtadil mintaqalarida tarqalgan. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin