portal.guldu.uz-DORIVOR O’SIMLIKLAR FLORASI VA SISTEMATIKASI FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARINI BAJARISH UCHUN USLUBIY QO’LLANMA (1)
Gazandadoshlar ( Urticaceae ) oilasi 45 turkumga kiruvchi 850 gayaqin turni o`z
ichiga oladi. O`zbekistonda 2 turkumga oid 4 ta turi o`sadi. Bu oilaga ikki uyli bazan
bir uyli o`t, ayrim daraxt yoki butalar kiradi. Ko’p vakillarida kuydiruvchi tukchalar
bo’lib , badanni qichitadi, shu sababli qichitqi o’t ham deb ataladi. Barglari qarama-
qarshi joylashgan. Gullari ayrim jinsli, gulqo’rg’oni oddiy, rangsiz 4 ta mayda qo’shilib
o’sgan yoki erkin bargchalardan iborat, changchilari 1-4 ta, urug’chisi bitta
mevabargdan iborat. Tugunchasi ustki. Mevasi yong’oqcha. Gazanda (chayon o’t) –
(
Urtica ) turkumiga bir jinsli, ikki uyli, barglari kuydiruvchi tukchali o’simliklar kiradi.
Gazanda (
Urtica dioica ) ko’p yillik o’t bo’lib, yo’l yoqalarida, ekinlar orasida, ariq
bo’ylarida o’sadi. Undan dorivor o’simliklar sifatida foydalaniladi.
Topshiriqlar: 1.
Moraceae oilasi vakillarini sistematik tahlil qiling.
2.
Tutdoshlar (
Moraceae ) oilasining o’ziga xos morfologik va biologik
xususiyatlarini yozing.
3.
Tutdoshlar oilasining tarqalish hududlari bilan tarnishing.
4.
Respublikamizda farmatsevtika sanoatida qo’llaniladigan
Moraceae oilasi turlari
dorivorlk xususiyati haqida ma’lumot to’plang.
5.
Urticaceae oilasi vakillarini sistematik tahlil qiling.
6.
Gazandadoshlar (
Urticaceae ) oilasining o’ziga xos morfologik va biologik
xususiyatlarini yozing.
7.
Gazandadoshlar oilasining tarqalish hududlari bilan tarnishing.
8.
Respublikamizda farmatsevtika sanoatida qo’llaniladigan
Urticaceae oilasi
turlari dorivorlk xususiyati haqida ma’lumot to’plang.