O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti L. A. Botirova, D. M. Tagayeva



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/79
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197179
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   79
portal.guldu.uz-DORIVOR O’SIMLIKLAR FLORASI VA SISTEMATIKASI FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARINI BAJARISH UCHUN USLUBIY QO’LLANMA (1)

Umumiy tushuncha
Emandoshlar oilasi
asosan bargini to’kadigan yoki doim yashil daraxt va ayrim 
butalardan iborat. Emanlar asosan Shimoliy Yarim sharda keng tarqalgan bo'lib, 


25 
qisman ular Janubiy ekvatorlarda o'sadi. Emanlarning ko'pchilik turlari juda yirik 
daraxtlar bo'lib,balandligi 35-40 m ga yetadi. Barglari oddiy navbatlashib joylashgan. 
Gullari ayrim jinsli, gulqurg'oni oddiy, tugunchasi ustki, tupguli ko'chala yoki 
kallakchadan iborat. Mevasi bir urug'li yong’oqcha. 
Yong’oqdoshlar oilasi
- barglari poyada ketma ket joylashgan yirik murakkab toq 
patsimon. Gullari ayrim jinsli bir uyli o'simlik. Changchi gullari to’p gulli bolib, 
ko'pincha o'tgan yilgi novdaning tushib ketgan barg qo'ltig'i- dan chiqib kuchala tarzda 
osilib turadi. Changchilar soni 8-40 taga yetib boradi. Urug'chisi 1ta yoki bir nechta 
bo'lib yangi o'sib chiqqan serbarg novdaning uchida joylashadi. Har qaysi urug'chi 
gulini 2 ta gul yonbargchasi va 4ta kosachabargi bor. Urug'chi gulkosacha bargi 
gulyonbargchalari bilan qo'shilib o'sib, mevaning po'stlog'ini hosil qiladi. Urug'chisi 2 
ta meva bargning qo'shilishidan hosil bo'lgan 2 tumshuqchali. Tugunchasi ostki bir 
uyali va bir urug'kurtakli. Mevasi yong'oq yoki danakli soxta meva . 
Qayindoshlar oilasi
vakillarining barglari navbatlashib o’rnashgan, bandli, 
yonbargchalari ham bor, bir uyli ba’zan ikki uyli daraxt va buta o’simliklardir. Bu 
oilaning asosiy xarakterli belgisi erkak gulining ham urg’ochi gulining ham 
kuchalasimon to’pgulli bo’lishidir. Otaligi 2-12 ta bo’lib, gulqo’rg’on bargchalari 
qarshisida joylashgan. Urg’ochi to’pguli kallak yoki boshoqsimon. Urg’ochi guli 2 
mevabargli, 2 uyali va ostki tugunchali, har qaysi tugunchada bittadan urug’kurtak 
hosil bo’ladi. Mevasi bir urug’li yong’oq yoki yong’oqcha, qanotli meva. 
Topshiriqlar: 
1.
 
Fagaceae

Juglandaaceae
va 
Betulaceae
oilalari vakillarini sistematik tahlil 
qiling.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin