Torondoshlar ( Polygonaceae ) oilasi - vakillari asosan o't, qisman buta va
yarimbutalardir, tropiklarda daraxt turlari ham bor. Barglari oddiy, butun, navbatlashib
o'rnashgan. Gullari boshoq, shingil, supurgisimon to'pgullar hosil qiladi, Ikki jinsli,
anemofil (otquloq) yoki entomofil (grechixa, qandim, toron, rovoch). Gulqo'rg'oni
oddiy, kosachasimon (otquloqlarda) yoki tojsimon (grechixa), to'g'ri, 3—6 bargchali,
ikki doirada o'rnashgan. Changchilari 5—9 ta, urug'chisi bitta va u 3 (2—4)
mevachabargdan tashkil topgan. Mevasi uch qirrali yong'oqcha.
Sho’radoshlar oilasi ga deyarli hamma qit’alarning sahro va cho’llarida, qumlarda
va sho’rtob yerlarda o’sadi. Bularning ko’pchiligi cho’llarda o’sadi. Bu o’simliklar
ko’pincha etdor sersuv bo’ladi. Barglari oddiy, yonbargsiz, ketma-ket yoki qarama-qarshi
o’rnashgan. Bargi juda kichrayib ketgan yoki butunlay yo’qolib ketgan bo’lishi mumkin.
Gullar mayda, yashil yoki rangsiz, to’g’ri yoki qiyshiq, ikki jinsli, bazan ayrim jinsli,
boshoqsimon yoki shingil simon to’kilga o’rnashgan. Tugunchasi bir uyli va bir urug’
kurtakli. Mevasi asosan yong’oqcha.
Topshiriqlar: 1. Amaranthaceae ,
Chenopodiaceae ,
Polygonaceae oilalari
vakillarini
sistematik tahlil qiling.
2. Gultojixo’rozdoshlar
( Amaranthaceae ) oilasining o’ziga xos morfologik va
biologik xususiyatlarini yozing.
3. Sho’radoshlar
( Chenopodiaceae ) oilasining o’ziga xos morfologik va
biologik xususiyatlarini yozing.
4. Torondoshlar (
Polygonaceae ) oilasining o’ziga xos morfologik va biologik
xususiyatlarini yozing.