O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti L. A. Botirova, D. M. Tagayeva



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/79
tarix25.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#197179
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   79
portal.guldu.uz-DORIVOR O’SIMLIKLAR FLORASI VA SISTEMATIKASI FANIDAN AMALIY MASHG’ULOTLARINI BAJARISH UCHUN USLUBIY QO’LLANMA (1)

Totum (
Rhus
) kichik daraxt 
yoki butalardan iborat. Barglari navbat bilan joylashgan, oddiy, uch bo'lakchali yoki 
patsimon. Gullari bir jinsli yoki ikki jinsli, bir yoki ikki uyli. Kosacha va gultojibarglari 
5 tadan, changchisi 5 ta. Mevasi mayda, qizil rangli danakcha.
O'rta Osiyoda, shu jumladan O'zbekistonda 1 ta turi totum (
Rh.coriaria
) o'sadi. U 
kichik, kam shoxlangan daraxt yoki buta. Bo'yi 1—3(5) m gacha yetadi. Barglari toq 
patsimon, uzunligi 15—18 sm. Bargchalari tukli, bandsiz, cho'ziq-tuxum sim on yoki 
nashtarsimon, chetlari yirik kungirali-arrasimon. Gullari ro'vakda o'rnashgan. 
Changchi va urug'chi gullari alohida-alohida ro'vaklarda joylashgan. Changchisi 5 ta, 
ba’zan 10 ta. Mevasi asosan sharsimon, shirali. O'zbekistonda Surxondaryo va 
Toshkent viloyatlarining tog'li tumanlarida o'sadi. Totum barglarida tanid moddasi bor. 
Totumdan olingan tanid tibbiyotda, vinochilikda, to'qimachilik sanoatida ishlatiladi. 
Totum barglari va novdalaridan qora, mevalaridan qizil, ildiz po'stlog'idan jigarrang 
bo'yoqlar olinadi. 
Zig'irdoshlar — 
Linaceae

oilasiga 6 turkum va 250 taga yaqin tur kiradi. 


O'rta Osiyoda 1 turkumga oid 9 turi, O'zbekistonda esa bitta turkumga mansub 5 turi 
tarqalgan. Asosan o't o'simliklar, yarimbuta va butalar kiradi. Ular ayniqsa, mo'tadil va 
subtropik iqlimli hududlarda tarqalgan. Barglari oddiy, bandsiz, navbat bilan yoki 
qarama-qarshi joylashgan, yonbargchali yoki yonbargchasiz. Gullari ikki jinsli, 
aktinomorf. Kosacha va gultojibarglari (4)-5 ta. Urug'chisi 5 tadan. Tugunchasi ustki. 
Gul formulasi: Ca5 Co5 A

G (5) . Mevasi ko'sakcha. 
Zig‘ir (
Linum
)
turkumining O'rta Osiyoda 9 turi, O'zbekistonda 5 turi o'sadi. 
Turkumga bir yillik va ko‘p yillik o't o'simliklar kiradi. Asosan tog’li hududlarda 
o’sadi. Shundan bitta moyli zig‘ir (
L.humile
) madaniy o‘simlik sifatida ekiladi Poyasi 
shoxlangan, nashtarsimon barglar bilan qalin qoplangan. Barglari oddiy, navbat bilan
yoki qarama-qarshi bo‘lib joylashgan. Gullari aktinomorf, havorang, sariq, ba’zan 
pushti, qo‘shaloq gulqo‘rg‘onlidir. Kosachasi va gultojibargi 5 tadan. Changchisi 
10 ta bo‘lib, 5 tasida normal changdonlar bor, qolgan 5 tasida changdonlar 
bo’lmaydi. Onaliklari qo‘shilib o‘sgan 5 ta mevachabargdan iborat. Mevalari -
ko‘sakcha yoki danakcha. Urug'ida endosperm bolmaydi. Urug'chisi 5 ta.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin