68
uchidagi shingilsimon to'pgulda yig'ilgan. Gulqo'rg'on bargchalari doirada 5
tadan
joylashgan. Changchilari 5—8 ta, urug'chisi 1 ta 2—3 mevachabargdan iborat. Mevasi
gulqo'rg'on bilan o'ralgan yong'oqchadir. O'zbekistonda toronlarning 44 turi tarqalgan.
Qizil tasma, qush tili (
P. aviculare
) poyasi yer bag'irlab, ba’zan tik o'sadigan, gullari
oq, mayda, barg qo'ltig'idan chiqadigan, changchilari 5 ta, yong'oqchasi tuxumsimon
o't. Hamma yerda, ayniqsa kamsuv joylarda, yo'l chetlari, tashlandiq maydonchalarda
o'sadi. Suv murchi, suv qalampiri (
P. hydropirer
) poyasi tik, silliq, qizg'ish, bir yillik
o't.
Zax yerlarda, buloqlar va tog' soylari bo'yida, botqoqlik hosil bo'lgan
yerlarda
o'sadi. Bargida achchiq ta’mi bor, dorivor o'simlik. Oshlovchi toron (
P. coriarium
)
yo'g'on, baland bo'yli ko'p yillik o't. To'pguli yirik, guli oq. Uning ildizida 20% gacha
tannidlar bo'lib, terini qayta ishlash sanoatida ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: