O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə131/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

O‘qitish vositalari

O‘quv qo‘llanma, proyektor,

O‘qitish shakli

Qo‘llaniladigan metodlardan kelib shiqib guruh yoki guruhshalarga bo‘linadi.

O‘qitish shart-sharoitlari

Texnik vositalar (kompyuter, proyektor, ekran)dan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan audititoriya.

Monitoring va baholash

Nazorat savollari, kuzatish, og‘zaki nazorat, savol-javobli so‘rov, o‘quv topshiriq.



Amaliy mashg‘ulotining texnologik xaritasi

Bosqichlar vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich
Kirish
(10 min.)

1.1.Mavzu, uning maqsadi, o‘quv mashg‘ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi (1-ilova).

1.1.Eshitadi, yozib oladi

2-bosqich.


Asosiy
(60 min.)

2.1.Talabalarning e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javoblar o‘tkazadi (2-ilova).

2.1.Eshitadi.
Navbat bilan bir-birini takrorlamay atamalarga izoh beradi

2.2.O‘qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda maruzani bayon etishda davom etadi (3-5 ilova).

2.2. Tasvirlar bilan bilan tanishib, ularning mazmunini muhokama qiladi.

2.3.Talabalarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qaratishi uchun interaktiv metodlardan foydalanadi (So’z kaliti, Baliq skeleti texnologiyalari) (6-ilova).

2.3.Interaktiv metodlar orqali mavzuni o‘zlashtiradi.

3-bosqich
Yakuniy
(10 min.)

3.1.Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalaga qaratadi.

3.1.Eshitadi, o‘z fikrlariga aniqlik kiritadi.

3.2.Faol ishtirok etgan talabalar baholanadi.

3.2. Baholash mezoni bilan tanishadi va ball to‘playdi.

3.3. Uyga vazifa: Chizmachilik mavzularini o’qitishda muammoli vaziyatlami vujudga keltirish va ma’ruzadagi nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtiradi.

3.3.Topshiriqni yozib oladi.

Chizmachilik mavzularini o’qitishda muammoli vaziyatlami vujudga keltirish imkoniyatlari. (1-ilova)
1.Reja:Geometrik va proyeksion chizmachilikda muammoli vaziyatlar yaratish.
Quyida muammoli vaziyat yaratishga oid mashqlar keltiriladi.

  1. Chizmalarni chizishda qo‘llanilgan ingichka chiziqlar ustidan bostirib chizishda - ingichka chiziqlarning detal konturining ichki tomonidan yoki tashqi tomonidan chizilganda uning umumiy gabaritida qanday muammo paydo bo‘ladi?

  2. Detal chizmasi M1:1 masshtabda berilgan bo‘lsa, uni M2:1 masshtabga

ko‘chirib chizilgandan keyin o‘lchamlari ham M2:1 da yozilsa (qo‘yilsa) qanday muammo kelib chiqadi?



  1. Tutashmalar figurasi (8.3- chizma)ni ko‘chirib chizishda, tutashmalar qonun qoidalariga amal qilib, to‘g‘ri bajarilayotgan bo‘lsa ham tutashma yoylari o‘zaro ravon tutashmayapti. Bu yerda qanday muammo bor?

  2. Detal (model) ni tahlil qilishda undagi geometrik jism (sirt)larni aniqlshda qanday muammo yuzaga keladi?

  3. Detalning berilgan ikkita ko‘rinishiga muvofiq uning chapdan, ya'ni

uchinchi ko‘rinishini aniqlashdagi muammo aniqlansin.

  1. Aksonometrik proyeksiyalarni hosil qilishda qanday muammoga duch kelinadi?

7. Izometriyada aylanalarni tasvirlashda kelib chiqadigan muammolar nimalardan iborat?
8. Frontal dimetriyada aylanalarni tasvirlashda hosil bo‘ladigan qanday muammolar mavjud?
9. Texnik rasm chizishdagi muammolar aniqlansin.
10. Kesim turlarini bajarishda qanday muammolar vujudga kelishi aniqlansin
(8.4-chizma).

11. Qirqim turlaribajarilsin va paydo bo‘lgan muammolar aniqlansin (8.5- chizma, a, b, c, d, e, f).






Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin