O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti


Talabalarning e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javoblar o‘tkazadi (2-ilova)



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə168/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

2.1.Talabalarning e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javoblar o‘tkazadi (2-ilova).

2.1.Eshitadi.
Navbat bilan bir-birini takrorlamay atamalarga izoh beradi

2.2.O‘qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda maruzani bayon etishda davom etadi (3-5 ilova).

2.2. Tasvirlar bilan bilan tanishib, ularning mazmunini muhokama qiladi.

2.3.Talabalarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qaratishi uchun interaktiv metodlardan foydalanadi (So’z kaliti, Baliq skeleti texnologiyalari) (6-ilova).

2.3.Interaktiv metodlar orqali mavzuni o‘zlashtiradi.

3-bosqich
Yakuniy
(10 min.)

3.1.Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalaga qaratadi.

3.1.Eshitadi, o‘z fikrlariga aniqlik kiritadi.

3.2.Faol ishtirok etgan talabalar baholanadi.

3.2. Baholash mezoni bilan tanishadi va ball to‘playdi.

3.3. Uyga vazifa: Programmalashtirilgan ta`lim va u asosida chizmachilik darslarini tashkil qilishga keltirish va ma’ruzadagi nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtiradi.

3.3.Topshiriqni yozib oladi.

Programmalashtirilgan ta`lim va u asosida chizmachilik darslarini tashkil qilish.
(1-ilova)
1.Reja: Qirqim mavzusiga oid bilimni nazorat qilishda dasturlashtirilgan kartalardan
foydalanish
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish, chizmachilik dasturining vazifalari nazariy va amaliy bilimlarni mashqlar, grafik hamda amaliy ishlar majburiy mini mumini bajarish yo‘li bilan amalga oshiriladi va unga o‘quv vaqtining ma'lum qismi ajratilishi lozim. Bu ishlarning mazmuni chizmalar, eskizlar, aksonometrik proeksiyalar, texnik rasmlarni bajarish va ularni o‘qiy olishdan iborat bo‘lish kerak.
Chizmachilik bo‘ yicha o‘zlashtirishni hisobga olish har bir darsda izchil ravishda amalga oshirilishi lozim. O‘quvchining bilimini nazorat qilish tizimi orqali baholashdan maqsad o‘rganilayotgan fanlarni chuqur egallashi, topshiriqlarga ijodiy yondoshishi, mustaqil fikrlash, o‘z bilimini muntazam ravishda oshirishga intilish hamda kitoblardan keng foydalanish kabi xususiyatlarni rivojlantirishdir.
Chizmachilikka oid bilimlarni muvaffaqiyat bilan egallashning asosiy shartlaridan biri grafik savodxonlik (chizmalar chizish va o‘qishni bilish)dir. Bunda programmalashtirilgan ta' limning o‘rni ham alohida ahamiyatga ega.
Demak, o‘quvchilarning chizmachilik fanini dasturlaridan o‘rin olgan “qirqim” mavzusiga bilimlarning o‘ zlashtirilishini ta' minlash ba uni boshqarish va samaradorligini oshirish aynan dasturlashtirilgan kartalardan foydalanish orqali chizmachilik fani bo‘ yicha o‘ quvchilarning o‘z-o‘zini nazorat qilishi va egallagan bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi.
Dasturlashtirilgan o‘qitish texnologiyasining ilmiy-nazariy asoslarini belgilashda hamda isbotlashda o‘qitishning beshta asosiy tamoyilining farqlanishi bilan amalga oshiriladi.
1. Boshqarish qurilmalarining muayyan bosqichliligi (ierarxiya) tamoyili.
Bu dasturlashtirilgan o‘qitish texnologiyasining ierarxiya tuzilmasida avvalambor pedagog turadi, fanda dastlabki umumiy mo‘ljal yaratish; o‘qitishning murakkab nostandart vaziyatlarida individual yordam va korreksiya o‘rin oladi.

  1. Qayta aloqa tamoyili. U o‘quv faoliyatining har bir tadbiri bo‘yicha o‘quv jarayonini boshqarishning davriy tashkil etish tizimini talab qiladi. Bunda avvalo to‘g‘ri aloqa o‘rnatiladi - zaruriy harakat obrazi to‘g‘risidagi axborot boshqaruvchi ob'ektdan boshqariluvchiga uzatiladi. Qayta aloqa V.P. Bespalko ta'kidlashicha, pedagog uchungina emas, balki ta'lim oluvchiga ham zarur. Birinchisiga korreksiya uchun, ikkinchisiga esa o‘quv materialini tushunish uchun.

Ichki va tashqi qayta aloqa ham mavjud. Ichki qayta aloqa ta'lim oluvchilarning o‘z natijalarini va o‘zining aqliy faoliyati xarakterini mustaqil korreksiya qilish uchun xizmat qiladi.
Tashqi qayta aloqa ta'lim oluvchiga bevosita o‘quv jarayonini boshqaruvchi qurilmalar vositasida yoki pedagog tomonidan ta'sir etishda amalga oshiriladi.

  1. O‘quv materialini yoritish va uzatishda amalga oshiriladigan odimlovchi texnologik jarayon tamoyili. Odimlovchi o‘quv tadbiri - bu texnologik usul bo‘lib, unda o‘quv materiali dasturlashtirilgan axborot bo‘laklari va o‘quv vazifalari (bilim va malakalarni samarali o‘zlashtirishni ta'minlashga xizmat qiladigan va ta'lim oluvchining bilimlarni o‘zlashtirishning muayyan nazariyasini aks ettirgan)ning kengligi bo‘yicha alohida, mustaqil, lekin o‘zaro bog‘langan va optimal bo‘ lgan qismlardan iboratdir.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri va qayta aloqa uchun zarur bo‘lgan axborotlar to‘plami bilish harakatlarini va qoidalarining ta'limiy dastur odimini hosil qiladi. Bu odim tarkibiga uch o‘zaro aloqador kadr (zveno) qo‘shiladi: axborot, qayta aloqa tadbiri va nazorat. Odimlovchi o‘quv tadbirlari izchilligi dasturlashtirilgan o‘qitish texnologiyasi asosini tashkil etuvchi ta'limiy dasturni hosil qiladi.

  1. O‘qitishda individual namuna va boshqarish tamoyili davom ettiriladi. Bu tamoyil ta'lim oluvchining har biriga shunday axborot jarayonini yo‘naltiradi va tavsiya etadiki, u ta'lim oluvchiga mashq jarayonida, tezlikda oldinga siljishga imkoniyat beradi, chunki uning bilish kuchi unga muvofiq ravishda boshqaruvchi tomonidan uzatilgan axborotga, moslashishga qulay bo‘ladi.

  2. Dasturlashtirilgan o‘quv materialini uzatish uchun maxsus texnik vositalardan foydalanish tamoyili.

Dasturlashtirilgan o‘qitish texnologiyasini ilmiy asoslash bir qator ta'limiy dasturlarni farqlash imkoniyatini beradi:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin