O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti


Talabalarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qaratishi uchun interaktiv metodlardan foydalanadi (So’z kaliti, Baliq skeleti texnologiyalari) (6-ilova)



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə6/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

2.3.Talabalarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qaratishi uchun interaktiv metodlardan foydalanadi (So’z kaliti, Baliq skeleti texnologiyalari) (6-ilova).

2.3.Interaktiv metodlar orqali mavzuni o‘zlashtiradi.

3-bosqich
Yakuniy
(10 min.)

3.1.Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalaga qaratadi.

3.1.Eshitadi, o‘z fikrlariga aniqlik kiritadi.

3.2.Faol ishtirok etgan talabalar baholanadi.

3.2. Baholash mezoni bilan tanishadi va ball to‘playdi.

3.3. Uyga vazifa: Pedagogik texnologiyalarga berilgan ta’riflarni yozib keladi va ma’ruzadagi nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtiradi.

3.3.Topshiriqni yozib oladi.



Muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanishning dolzarb masalalari. Ilg’or pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalar mazmuni hamda uning muhandislik grafikasi fanlarini o’qitishdagi o ‘rni. (1-ilova)
1.Reja: Kirish. Pedagogik texnologiyaning ta’riflari
Texnologiya deganda, odatda ashyolarni qayta ishlash metodlari va ishlab chiqarish jarayoni hamda ularning ilmiy tavsiflarining majmui tushuniladi. Siyosiy lug‘at (M., 1989)da texnologiyaga shunday izoh beriladi: 1) ishlab chiqarish jarayonida ashyolar, materiallar, yarim tayyor ashyolarni qayta ishlash, tayyorlash holati, xususiyati, shaklining o‘zgarish metodlari yiqindisi; 2) ashyolar, materiallar va yarim xom ashyolarga muvofiq ishlab chiqarish qurollari orqali ta'sir o‘tkazish usullari to‘g‘risidagi fan.
«Qomusiy luqat»da shunga yaqin izoq beriladi, lekin uni birmuncha kengroq yoritadi: «Fan sifatida texnologiyaning vazifasi har tomonlama samarali va tejamli ishlab chiqarish jarayonlarini aniqlash va amaliyotda undan foydalanish maqsadida fizika, kimyo, mexanika va boshqa qonuniyatlarini bajarish.»(M.,1979)
Texnologiya grekcha so‘z bo‘lib, texnos- san'at, mahorat, logos- ta'limot degan ma'nolarni bildiradi. Pedagogik texnologiya pedagogning talabalarga ta'sir qilishni tashkil etish bo‘yicha kasbiy ahamiyatga molik malakalar tizimini aniqlab beradi, pedagogik faoliyatning texnologikligini anglash usullarini taklif etadi. Hozirgi davr ta'lim texnologiyalari muammosi, pedagogik innovatsiya tajribalari ularni bir tizimga tushirish va aniqlashtirishni talab qiladi. Oliy maktab oldida pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslari, ularning tasnifi, mohiyatini ochib berish va o‘quv jarayonining texnologikligi muammolarini ta'minlash masalasi turibdi. Pedagogikaga oid adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, hozirgi davrda pedagogik texnologiya tushunchasi ta'lim amaliyoti va nazariyasi ilmida mustahkam o‘rin egalladi, lekin uni pedagogikaning mukammal lug‘atlari (tezaurus)dagi o‘rni hali noma'lumligicha qolmoqda. V.P. Bespalko pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi sifatida belgilaydi. U pedagogik tizim texnologiyalar ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi, deb hisoblaydi. Bunda asosiy diqqat o‘quv-pedagogik jarayonini oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa va o‘qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi. Shu tariqa V.P. Bespalko o‘quv jarayonini loyihalash g‘oyasini ilgari suradi, afsuski, pedagogik texnologiya va loyiha tushunchalari haqida aniqlik yo‘q. Pedagogik texnologiya ta'lim jarayoniga jadallik bilan kirib borayotgan bo‘lsa ham, uning maqomi noaniqligicha qolib ketmoqda. Tadqiqotchilarning ishlarida fan va amaliyot oralig‘idan o‘rin egallamoqda.
N.F.Talizina har bir pedagog real pedagogik jarayonni tashkil etishdan oldin o‘quv jarayoni haqida texnologik darajada bilimlar tizimini bilib olgan bo‘lishi shart deb hisoblaydi. U fan va amaliyot oralig‘ida tamoyillarni olg‘a suruvchi, metodlar ishlab chiquvchi, ularni izchil qo‘llash kabi masalalar bilan shug‘ullanuvchi aloxida fan bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi, ularsiz pedagogik jarayon asoslanmay qoladi (texnologiya real o‘qitish jarayoni sifatida).
T.A.Ballo texnologiyaning bir tomonini, ya'ni o‘qitishda topshiriqli yondashuvni yoritadi. Boshqalarida yo kompyuter orqali dasturlashtirilgan o‘qitish yoki o‘qitishning muammoli tuzilmasi ajralib turadi.
L.V. Zankov, T.Ya.Galperin, V.I.Davidov tadqiqotlarida bosqichli o‘qitishning yaxlit texnologiyalari haqida fikr yuritiladi.
1. Pedagogik texnologiyada hali ko‘p aniqlanmagan masalalar bor. Bu muammoni tadqiq etish o‘qitish texnologiyasining tushunchasi va metodologik mohiyatini aniqlash bilan bog‘liq.
Pedagogik texnologiya o‘ziga xos va potentsial yaratiladigan pedagogik natijalarga erishish uchun pedagogik tizimning barcha tashkiliy tomonlariga aloqador nazariy va amaliy (ta'lim tizimi doirasida) tadqiqotlar sohasi sifatida belgilanadi.
Pedagogik texnologiya mohiyatini yoritish uchun pedagog-didaktikachilar tomonidan berilgan ta'riflarga to‘xtalishni maqsadga muvofiq deb topamiz.
«Pedagogik texnologiya - psixologik va pedagogik o‘gitlar yiqindisi bo‘lib, shakllar, metodlar, usullar, o‘qitish yo‘llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus to‘plamidir. Ayni zamonda u pedagogik jarayonning tashkiliy-metodik omilini ham bildiradi» (B.Lixachev).

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin