O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə7/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

«Pedagogik texnologiya - o‘quv jarayonini amalga oshirishning mazmuniy texnikasi» (V.P. Bespalko).
«Pedagogik texnologiya - rejalashtirilgan o‘qitish natijalariga erishish jarayoni tavsifi» (I.P. Volkov).
«Texnologiya - ishlov berish, holatni o‘zgartirish san'ati, mahorati, malakasi va metodlar yiqindisi» (V.M. Shepel).
«Pedagogik texnologiya - talaba va o‘qituvchining ularga zarur sharoit yaratish orqali o‘quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish hamda o‘tkazish bo‘yicha ular pedagogik faoliyatining har tomonlama o‘ylangan modelidir.»(V.M.Manaxov).
«Pedagogik texnologiya - bu ta'lim shakllarini jadallashtirish vazifasini ko‘zlagan o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida va ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tatbiq etish va belgilashning izchil metodidir» (YuNESKO).
«Pedagogik texnologiya - pedagogik maqsadlarga erishishda foydalaniladigan shaxsiy imkoniyatlar, jihozlar va metodologik vositalarda amalda bo‘lishning tizimli yig‘indisi va tartibini bildiradi» (M.V.Klarin).
Bu ta'riflar tahlilidan pedagogik texnologiya natijani qo‘lga kiritish uchun ta'lim doirasida zarur bo‘lgan vositalar tizimini rejalashtirish va tatbiq etish degan xulosaga kelish mumkin.
Ta'lim texnologiyasi deganda ta'limning belgilangan maqsadi va talabaning bilim darajasiga ko‘ra o‘quv faoliyatini boshqarishning nazariy loyihasi va pedagogik tizimning amalda bo‘lishini ta'minlovchi zarur vositalar tizimi tushuniladi. O‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiya biror nazariya va maqsad asosida ishlab chiqiladi. Pedagogik tizimning amalda bo‘lishi, uning moslanuvchanligi hamda talabaning shaxsiy xususiyatlari, ularning texnologik va individiual me'yorlari bilan bog‘langan. Bunda ushbu texnologiyalarning moslashuvchanligi, ularning variativligi, talaba xatti-harakatlarining bosqichliligi muhim axamiyat kasb etadi. O‘qitish texnologiyasi sathida o‘quv jarayonining barcha komponentlari yoritiladi.
Shaxsga yo‘naltirilgan texnologiya asosida talabalarning intellektual va emotsional-motivatsion rivojlanishi, bilim va kasbiy malakalar shakllanishi, ta'lim jarayoniga qadriyat sifatida yondashish munosabatini ta'minlash, faollikni oshirish, o‘z-o‘zini anglash va mustaqilligini shakllantirish yotadi.



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin