O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə76/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

O‘qitish uslubi va texnikasi

Ko‘rsatmalilik prinsipi

O‘qitish vositalari

O‘quv qo‘llanma, proyektor,

O‘qitish shakli

Qo‘llaniladigan metodlardan kelib shiqib guruh yoki guruhshalarga bo‘linadi.

O‘qitish shart-sharoitlari

Texnik vositalar (kompyuter, proyektor, ekran)dan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan audititoriya.

Monitoring va baholash

Nazorat savollari, kuzatish, og‘zaki nazorat, savol-javobli so‘rov, o‘quv topshiriq.



Amaliy mashg‘ulotining texnologik xaritasi

Bosqichlar vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich
Kirish
(10 min.)

1.1.Mavzu, uning maqsadi, o‘quv mashg‘ulotidan kutilayotgan natijalar ma’lum qilinadi (1-ilova).

1.1.Eshitadi, yozib oladi

2-bosqich.


Asosiy
(60 min.)

2.1.Talabalarning e’tiborini jalb etish va bilim darajalarini aniqlash uchun tezkor savol-javoblar o‘tkazadi (2-ilova).

2.1.Eshitadi.
Navbat bilan bir-birini takrorlamay atamalarga izoh beradi

2.2.O‘qituvchi vizual materiallardan foydalangan holda maruzani bayon etishda davom etadi (3-5 ilova).

2.2. Tasvirlar bilan bilan tanishib, ularning mazmunini muhokama qiladi.

2.3.Talabalarga mavzuning asosiy tushunchalariga e’tibor qaratishi uchun interaktiv metodlardan foydalanadi (So’z kaliti, Baliq skeleti texnologiyalari) (6-ilova).

2.3.Interaktiv metodlar orqali mavzuni o‘zlashtiradi.

3-bosqich
Yakuniy
(10 min.)

3.1.Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e’tiborini asosiy masalaga qaratadi.

3.1.Eshitadi, o‘z fikrlariga aniqlik kiritadi.

3.2.Faol ishtirok etgan talabalar baholanadi.

3.2. Baholash mezoni bilan tanishadi va ball to‘playdi.

3.3. Uyga vazifa: O’quvchining grafik vazifalarini tekshirishga berilgan ta’riflarni yozib keladi va ma’ruzadagi nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtiradi.

3.3.Topshiriqni yozib oladi.

Pedagogik yondashuv orqali chizmalami tuzish va o’qish metodikasi. Model yasash yo’li bilan chizmalarn o‘qish. (1-ilova)

1Reja:Chizmalarni chizish.


Umuman olganda, kundalik turmushimizda chizmalarni o‘qishni bilmaydigan shaxs hozirgi zamon texnikaviy texnologiyalarni egallay olmaydi. Chizmachilikka oid bilimlarni to‘liq egallay olish uchun chizmalarni chizish va o‘qishni o‘rganishning asosi chizmachilikda har bir narsaning shartli ravishda soddalashtirib tasvirlashni egallashdan boshlanadi.
Narsani tekislikdagi shartli soddalashtirib tasvirlashda masalan,gugurtning qutisini bitta ko‘rinishda tasvirlansa, uning yaqqol tasviri hisoblanadi. Agar gugurt qutisi uchta tekislikda, biri olddan (V yo‘nalish), ikkinchi ustdan (H yo‘nalish, uchinchisi chapdan (W yo‘nalish) yoramida tasvirlanssa, soddalashtirib shartli tasvirlsh deyiladi (1-chizma, a, b).

Bu yerda gugurt qutisini geometrik figura deb qaralsa, u paralellopiped deb nomlanadi va uning olddan ko‘rinishida qalinliksiz tasvirlanadi. Uning qalinligi ustidan va chapdan ko‘rinishlarida aniqlanadi. Ushbu uchala ko‘rinishlarni bitta chizmada tasvirlansa ko‘rinishlar deyiladi. Demak, chizmani chizish va uni o‘qish o‘rganish uchun buyumning alohida uchta ko‘rinishini jamlab, bitta yaqqol tasvir ko‘rinishiga keltirib idrok qilish lozim bo‘ladi.


Ko‘rinishlarni o‘rganish uchun narsani tekislikka proyeksiyalash usullari bilan tanishib chiqish joiz bo‘ladi. Ko‘rinishni proyeksiya atamasi bilan almashtiradi.
Proyeksiyalash usullari. Bu usullarni yaxshi o‘rganish uchun to‘g‘ri chiziq kesmasi AB dan foydalaniladi.
Proyeksiylash asosan ikki xil bo‘ladi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin