portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish
2-savol. Muhandislik grafikasi darslarini masofali o‘qitishda ta'lim-tarbiya. Masofali o‘qitish o‘quvchi bilan o‘qituvchi ma'lum bir masofada joylashgan holda olish tizimidir. Bunda o‘qituvchi dars jarayonida kompyuterlar, sun'iy yo‘ldosh aloqasi, kabelli televideniya kabi vositalar asosida tashkil qilinishi talab qilinadi.
Masofali o‘qitish shaklining an'anaviy shakllaridan afzalliklari quyidagilar.
O‘qitshning ijodiy muhiti. An'anaviy metodlar asosida ta'lim berishda o‘quvchi faqat berilgan materialni o‘zlashtiradi. Masofali o‘qitish uslubi asosida esa, o‘quvchilarning o‘zlari axborotlar omboridan kerak bo‘lgan ma'lumotlarni qidirib topish va o‘zlarining tajribalarini boshqa o‘quvchilarga o‘rgatish va almashish imkoniyatiga ega.
Ish joyidagi katta o‘zgarishlarni mavjudligi. Masofali o‘qitish uslubi asosida ta'lim berish turli o‘quvchilarga (ayniqsa, ishlab chiqarishdan ajralmasdan bilim olayotgan talabalarga) juda keng sharoit yaratib beradi;
O‘qitish hamda ta'lim olishning yangi va unumli vositasi. Statistik ma'lumotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, masofali o‘qitish uslubi asosidagi ta'lim o‘ta unumlidir. Bunday uslubda ta'lim olayotgan o‘quvchilarning ustunligi ularning eng yaxshi va sifatli didaktik materiallar hamda salohiyatli o‘qituvchilar bilan ta'minlanishidir. Ushbu uslubda o‘quvchilar Internet tarmog‘i orqali jahon yangiliklari bilan tanishishlari mumkin.
Masofali o‘qitishda tashkiliy-uslubiy modellarni amalga oshirish ketma- ketligi quyidagichadir.
1. Keyslarga komplekt qilingan va o‘quvchi (talaba)larga mustaqil o‘rganish uchun yuborilgan sistemalashtirilgan o‘quv-uslubiy materiallar (keys-texnologiya), vaqt o‘tishi bilan keyslarning mazmunlari o‘zgartiriladi. Ular magnit tashuvchilar va yozuvlar bilan to‘latiladi. Mashg‘ulotlarni o‘tkazish va amaliy bajarish uchun televizion (TV) texnologiyasini qo‘llay boshlaydilar. Bunda o‘quvchi davriy ravishda o‘quv markazlardagi tyutorlarning kunduzgi maslahatlariga kelib turadi.
Multimediali o‘qitish (bunda texnologiya o‘qituvchi maslahatchi, keyslar, o‘yinli vaziyatlar, imitatsion modellarni bo‘lishini taqazo etiladi).
Tarmoqli masofali o‘qitish (birinchini o‘zida mujassamlashtirgan) - masofadan boshqarish shu jumladan, horijiy o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari bilan muloqot qilish imkonini ta'milaydi.
Virtual universitet (masofali o‘qitishni tashkil etishning eng yuqori shakli, masalan, Yevropa ittifoqi virtual universiteti).
Masofali o‘qitishda ishtirok etayotgan o‘qituvchilardan ma'lum bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaganliklari talab etiladi. Ushbu bilim, ko‘nikma va malakalarni quyidagi qismlarga bo‘lish mumkin.
1. O‘qituvchining ta'limda yangi axborot texnologiyalari sohasidagi umumiy bilim va ko‘nikmalari:
- shaxsiy kompyuter va ularning tashqi qurilmalarining ishlash tamoyillarini bilish;
- zamonaviy dasturiy ta'minotni egallash;
- Internet tarmogida ishlashning asosiy tamoyillari va dasturiy ta'minotini egallash;
- o‘qitishda yangi axborot texnologiyalarining vositalarini foydalanish muammosi bo‘yicha uslubiy materiallar va ilmiy adabiyotlarni bilish;
- o‘quv jarayoni boshqarish uchun kompyuterning foydalanish imkoniyatlarini tushunish;
- dasturiy ta'minotning didaktik imkoniyatini tahlil qilish;
- yangi axborot texnologiyalarining vositalaridan foydalangan holda mashg‘ulotlar tashkil etish va o‘tkazish;
- mustaqil ravishda Internet, turli elektron ma'lumotnomalar, ma'lumot ombori, axborot izlash sistemalari va lug‘atlardan axborotlarni izlab topish;
- axborotlarni saqlash, uni tahlil qila olish va tasvirlash shakllarini tanlay olish;
- olingan ma'lumotlarni xal qilayotgan masalalarda qo‘llash;
O‘qituvchilarning Internetdan foydalanish sohasidagi maxsus bilim va ko‘nikmalari:
- telekommunikatsiya sistemalari asosiy shakllari va umumiy ishlash tamoyillarini bilish;
- foydalanuvchilarni Internetga turli darajada kiritish hususiyatlarini tushunish;
- teleanjumanlar tashkil etish va o‘tkazish hususiyatlarini bilish;
- telekommunikatsiya muomalasi (etiket) ni bilish;
- boshqa foydalanuvchilar bilan axborot almashish uchun
telekommunikatsiyaning turli vositalaridan foydalana olish;
- tarmoq axborot “navigatsiya” malakalariga ega bo‘lish;
- masofali o‘qitish kurslarini tashkil qilish uchun dasturiy vositalarni foydalanish hususiyatlarini tushuna olish;
- elektron pochta bilan ishlay olish;
- tarmoq orqali foydalanuvchilar bilan muloqot qila olish;
- zamonaviy gipetmatnli va gipermediya sistemalari bilan ishlash;
- Internet axborot ashyolari ichida ta'lim maqsadiga moslarini ajrata olish;
- turli amaliy dasturlari va zaruriy utilitardan foydalangan holda axborotlarni tarmoqqa uzatish uchun tayyorlay olish.
O‘qituvchining pedagogik va psixologik mahorati hamda ular sohasidagi umumiy bilim va ko‘nikmalari:
- masofali o‘qitish o‘quvchilarning uquv bilish faoliyatida shaxsiy stillarini bilish;
- masofali o‘qitishda o‘quvchilarning faolligini aniqlovchi omillarni bilish;
- masofali o‘qitishda bilimlarni egallash jarayonining hususiyatlarini bilish;
- Internetning axborot bilish muhitida o‘quvchilarni mustaqil ishlashini
tashkil qilish xususiyatlarini bilish;
- masofali o‘qitish ishtirokchilari bilan muloqat tashkil etish usullariga ega bo‘lish;
- o‘quvchilarni shaxsiy psixolo-pedagogik portretini tuza olish;
- o‘quv faoliyatining dastlabki bosqichida o‘quvchilarni psixologik qo‘llab quvvatlay olish;
- virtual o‘quv psixologo-pedagogik tashxisini o‘tkaza olish;
- virtual o‘quv guruxi ichida psixologik muhit yaratish;
- nizoli vaziyatlarni oldini olish va uni yecha olish.
O‘qituvchining ta'limda boshqarish sohasidagi umumiy bilim va ko‘nikmalari:
shaxsga yo‘naltirilgan zamonaviy uslublar - hamkorlikda ta'lim olish uslubi, tadqiqot uslubi va boshqa uslublarni bilish;
ta'limning individual, guruhiy va frontal uslublariga ega bo‘lish;
masofadagi o‘quvchilar bilan ishlayotganda ta'limning individuallik, guruhiy va frontal shakllarini birlashtira olish;
telekommunikatsiya loyiha tashkil etish va o‘tkaza olish;
mavzuga oid o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini monitoringini tashkil etish va o‘tkaza olish;
o‘quvchilarni bilimli samarali nazorat qilish va testlash sistemasini tashkil eta olish.
Masofali o‘qitish - o‘qituvchilarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi kam harajatli, an'anviy o‘qitish sistemasiga qaraganda samaradorlik hamda kelajagi porloq shakllardan biridir.