Yillik kalendar tematik reja tuzish. Qator ob'ektiv va sub'ektiv ta'sirlar natijasida ba'zan o‘qituvchi oldindan tuzilgan kalendar-rejaga o‘zgarishlar kiritishga majbur bo‘lishiga qaramasdan, rejam oldindan puxtalab ishlab chiqishni kasbiy faoliyatining zarur va ma'suliyatli bosqichi sifatida qarashi kerak. Ushbu rejaning sifati o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘rgatmoqchi bo‘lgan ma'lumotlar, amaliy ko‘nikma va malakalar, dasturning har bir bo‘limini o‘rganish bilan bog‘liq qiyinchiliklar xarakteri, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini qanchalik darajada aniq va to‘liq tasavvur qilishi bilan belgilanadi. Dars rejalarini o‘qituvchi yil davomida kalendar - rejaga asoslanib tuzib boradi va keyingi yil uchun reja tuzishda zarur bo‘ladigan to‘g‘rilashlarni belgilab boradi.
Kalendar - reja tuzishdan oldin o‘qituvchi (ayniqsa yosh o‘qituvchilar)ga maktabdagi boshqa fanlar (matematika, fizika) bo‘yicha tuzilgan rejalar bilan tanishish va unga so‘nggi yillarda kiritilgan o‘zgarishlarni o‘rganish tavsiya etiladi. Shuningdek ularga chizmachilik bo‘yicha metodik maqolalar, “Xalq ta'limi”, “Ta'lim muammolari”, “Uzluksiz ta'lim” kabi metodik jurnallaridagi maqolalarni o‘rganish katta yordam beradi.
2.Reja:Chizmachilik о ‘qituvchisining darsga tayyorlanishi va darsni
rejalashtirishi.
O‘qituvchi darsga tayyorlanishda mashg‘ulotlar o‘quvchilar uchun faqatgina foydali bo‘lib qolmasdan, balki qiziqarli bo‘lishiga erishishga harakat qilish kerak. Chizmachilik fani o‘qituvchisining geometriya, mehnat ta'limi, matematika fanlarning o‘quv dasturi bilan ham tanishgan bo‘lishi foydalidir. Chizmachilik bo‘yicha o‘quv dasturi fan o‘qituvchisining doimiy qo‘llanmasi bo`lishi va kursini o`rgatishi davomida o`qituvchi unga xamisha murojat qilib turishi kerak.
Chizmachilikdan o‘quv materialini aniq rejalashtirish talab qilinadi. Bunda dastur bo‘yicha mavzu yoki bo‘limni ajratilgan soatlar bo‘yicha o‘tiladigan hajmini taqsimlash ayniqsa yangi ish boshlayotgan o‘qituvchilar uchun qiyinchilik tug‘diradi.
Dars
|
Dars mazmuni
|
Darslik bo‘yicha
|
Amaliy va grafik ishlar mazmuni
|
O‘qituvchi uchun qo‘llanma
|
1.
|
Kirish (5)
Chizmachilik fani va uning vazifalari.
Chizmachilikning inson amaliy faoli- yatidagi ahamiyati.
Chizmaning rivoj-
lanish tarixi.
|
1,2
|
Chizma, eskiz
va t exnik rasm- lar bilan o‘quv- chilarni tanish- tirish. Chizma
asbob-anjom- lari bilan tanishish.
|
“Chizmaning za- monaviy ishlab chiqarishdagi ahamiyati” kino- filmning 1-qismi yoki shu mavzu- dagi electron
versiya.
|
Konspekt-reja tuzish namunasi
Darsga tayyorlanishda bezakli rejalar tuzish ayniqsa ko‘p foyda beradi. Shunday reja tayyorlansa o‘qituvchi o‘zaro bog‘liq, darslar tizimi, mashg‘ulotlar mavzulari va zarur tasviriy material to‘g‘risida aniq tushunchaga ega bo‘ladi. Har bir dars uchun konspekt - reja tuzishda quyidagi holatlarga amal qilish zarur:
Shuning uchun chizmachilik darslarning yillik kalendar - tematik rejasini tuzish sxemasi tavsiyasini keltiramiz:
nazariy material hajmini ortiqcha yangi material bilan og‘irlashtirib yubormasdan aniq chegaralab olish kerak;
mashq va nazorat harakatlaridagi topshiriqlar soni va ketma - ketligini, ularning mazmunini hamda o‘tkazish tartibini belgilab olish kerak;
v) o‘quv - ko‘rgazmali qo‘llanmalar hamda a'loga o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar uchun topshiriqlar komplektini yetarli miqdorda tayyorlab qo‘yish kerak.
Har bir o‘quvchi asosiy topshiriqni bajargandan keyin qo‘shimcha topshiriq oladi. Bu topshiriqni odatda o‘quvchilar qiziqish bilan bajaradilar. Dars konspekt rejalari alohida daftarda yurgizib, keyingi yillarda foydalanish uchun saqlab qo‘yish kerak. Boshlovchi o‘qituvchilarga konspekt rejani batafsil har bir dars uchun tuzish tavsiya qilinadi, ayrim hollarda esa ko‘proq ko‘rgazmalilik uchun bezakli rejalar tuzish tavsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |