O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti


Dars va unga qo‘yiladigan zamonaviy talablar



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə65/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

Dars va unga qo‘yiladigan zamonaviy talablar. Dars - o‘quvchilar faoliyatining asosiy ko‘rinishi bo‘lib, nazariy bilimlar shaklida umumlashtiriladi. Dars mavzusini o‘zlashtirilishi uning asosiy ko‘rsatgichi hisoblanadi. Dars o‘tish shakllari har xil bo‘lib, asosan qo‘yilgan didaktik maqsadlarga yangi bilimlar olish, grafik ishlarni bajarishda ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, chizmalarni o‘qish va chizishni bilish kabilarga bog‘liq.
Darsning har bir shakliga alohida qonuniyatlar mos keladi. Bunda o‘quvchilar zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallashlari uchun maxsus yo‘naltirilgan o‘quv masalalari o‘quv faoliyatini shakllantirishning o‘ziga xos usuli bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, o‘quvchilar oldiga proektsiyalash va chizmani o‘qishga o‘rganish vazifalari qo‘yiladi. Bu masalalarni o‘quvchilar o‘qituvchi bilan birgalikda yechish jarayonida ularda tushunchalar shakllanishiga o‘xshash bilish faoliyati yuzaga keladi.
Chizmachilik darslarida o‘quvchilarda quyidagi xususiyatlarni rivojlantirishga ahamiyat qilish kerak:

  1. bilim olish jarayonlarini boshqarish (aniq maqsadga yo‘naltirilgan diqqat, xotira va h).

  2. o‘quvchilarning nutq imkoniyatlari, turli belgili tizim (simvolik, grafik, obrazli)larni tushunish va ulardan foydalanish qobiliyati.

Har qanday faoliyat turi kabi o‘qituvchi mehnati ham unga oldindan tayyorlanish va rejalashtirishni talab qiladi. Ushbu tayyorlanish bosqichi o‘qituvchining bevosita xizmat burchi bo‘lib, o‘qituvchi unga o‘quv dasturlariga asosan tayyorlanadi. O‘quv dasturi faqatgina o‘quvchilar egallashi zarur bilim va ko‘nikmalar doirasida chegaralanib qolmasdan, har bir mavzuni o‘rganish uchun tavsiya qilinadigan o‘quv soatlarini miqdorini ham belgilaydi. Mahalliy sharoitlar, o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda va o‘zining pedagogik tajribasiga suyanib, o‘qituvchi u yoki bu mavzuni o‘rganishiga ajratilgan soatlar miqdorini birmuncha o‘zgartirishi, shuningdek o‘quv materialini har bir soatga mustaqil ravishda taqsimlab chiqishi mumkin. Bu ishlar o‘quv yili oldidan, mashg‘ulotlar rejasiga asosan kalendar-reja tuziladigan davrda bajariladi. Har bir o‘tiladigan darsga dars rejasi tuzib chiqiladi.

Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin