II-BOB Xorazmshohlar davlatining iqtisodiy- ijtimoiy axvoli.
II.1. Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy va iqtisodiy ahvoli
Xorazm davlati qadimdan sun‘iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik,
chorvachilik, xunarmandchilik rivojlangan xududlardan biri bo‘lgan.
Qadimgi davrlarda bu xududning rivojlanishining aosisy omillardan biri
buyuk ipak yo‘lining bu xududdan o‘tganligi edi. Xorazmshohlar davlati
davrida yirik siyosiy birlashmaning vujudga kelishi bilan davlatning
siyosiy mavqeyi oshdi. Bu esa o‘z navbatida hunarmandchilikning, savdoning rivojlanishiga, shaharlarning yuksalishiga zamin yaratdi.
Ulkan mintaqada siyosiy yaxlitlik va barqarorlikka erishilishi natijasid
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishida ham ijobiy
o‘zgarishlar yuz berdi. Arxeologik izlanishlar, yozma manbalar
guvohligiga ko‘ra sun‘iy sug‘orishga katta e‘tibor berilib, vohalar
imkonidan iloji boricha keng foydalanishga harakat qilingan. Natijada
dehqonchilikning rivojlanishida uzilish bo‘lmagan. Turli hil qishloq
ho‘jalik mahsulotlari yetishtirilgan. Ulardan yuqori hosil olingan.
Shaharlarda hayot qaynab, savdo-sotiq, hunarmandchilik rivojlangan.
Mamlakatda ishlab chiqarilgan turli xildagi gazlamalar zargarlik
buyumlari, kiyimkechaklar, gilam, poyondoz, teri, jun, yog‘-moy, sovun,
qurol-aslaha, egar-jabdug‘lar, ho‘l meva, quruq meva, ipakliklar,
javohirlar va boshqa ko‘plab mahsulotlar ham ichki bozorda, ham tashqi
bozorda xaridorgir edi. Albatta, bunda tegishli davlat idoralarining
hissasi ham katta bo‘lgan. CHunonchi, doim bo‘lganidek muxtasiblar
bozorlardagi narx-navo, mahsulotlarning sifati, toshu tarozuning
ahvolidan xabardor bo‘lishni to‘xtatmaganlar. Karvon yo‘llarida to‘xtash
joylari, suv omborlari, havzalari qurilgan yo‘borlari ta‘mirlangan, katta
karvonlarni qo‘riqlab borishga hatto sultonning shaxsiy pahlavonlari
ham jalb etilgan. Xorazmshoxlar davlati markazi Gurganj yirik savdo va
madaniy markazga aylangan. Shuningdek, Xazarasp, Kat, Xushmusan,
Darg‘on, Savag‘on, Mang‘ishloq, Nuzkat kabi shaxarlari obod shaxarlar
qatoriga kirgan. Xorazmshohlar davlatida raiyat, ya‘ni oddiy aholining
ijtimoiy turmush tarzi yashi bo‘lishi uchun hukmdorlar alohida ahamiyat
berganlar. Jumladan, Xorazmshoh Takash o‘z farmonlaridan birida 21
raiyatga nisbatan adolatli bo‘lishga, dehqonlarning manfaatini himoya
qilishga, soliqlarni olish jarayonida qonunlarga to‘liq rioya etishga amr
qilgan. Jaloliddin Xorazmshoh ham urush natijasida qiyin ahvolga tushib
qolgan aholini soliqlardan ozod etgan.
Xorazmshohlar davrida dehqonlarning turmush tarzi ancha yuqori
bo‘lgan. Xukmdorlar va iqto egalari ham dehqonchilikdan yuqori hosil
olish uchun dehqonchilikka ko‘p mablag‘ sarflab, qishloqning
iqtisodiyotiin ko‘tarishga harakat qilganlar. Takashning munshiysi
shaxsiy kotibi Muxammad Bag‘dodiy At-tasviri ilat-tarassul (Muxim nomalar bitish yo‘l-yo‘riqlari) asarida o‘sha davrdagi axvolni yozib
qoldirgan. Bu davrdagi voqea-hodisalarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va
to‘g‘ri xolis xulosalar chiqarishi mumkin bo‘lgan inson SHahobiddin
An-Nasaviy Sulton Muhammadning hukmronligini yuksak baholab
shunday deydi: «Uning amalga oshirgan ishlari nihoyatda ulug edi, otasi
unga Xuroson va Xorazm hukmdorligini meros qoldirdi, u bunga Iroq va
Mozandaronni ham birlashtirdi. SHu bilan birga, qo‘l ostiga Kirmon,
Kesh, Seyiston, G‘ur, Bomiyon mamlakatlarini, Hindistonning
vodiylariga qadar maskanlarni qo‘shib oldi. Bu ishlarning hammasini
qilichlar qindan chiqarilmasdan, hatto qinlar yelkalarga osilmasdan
amalga oshirildi, bu mamlakatlarni ortiqcha kuchsiz, kurashsiz,
zo‘ravonlik va vayronagarchiliksiz, faqat tahdid va qo‘rqitish bilan bosib
oldi. U o‘z qo‘l ostiga to‘rt yuzga yaqin shaharlarni birlashtirdi. Boshqa
birov bo‘lganda bu darajada muvaffaqiyatga erishishi qiyin kechardi, u
esa bir og‘iz so‘z bilan qo‘l ostiga shuncha miqdordagi mulkni
to‘pladi».¹⁵
Anushteginlar davrida madrasalar barpo etish, kutubxonalar ochish,
ularni kitoblar bilan to‘ldirish, iste‘dod egalarining boshini silash, asrab
avaylash odati saqlanibgina qolmay, yanada rivoj topdi. Ziyo maskani
bo‘lmish kutubxonalar faoliyatiga katta e‘tibor berilgan. Masalan,
Buxoro viloyatidagi shaharlardan birida fuqarolar, ya‘ni umumiy
kutubxona mavjud bo‘lib, unda saqlanadigan qo‘lyozma asarlar g‘oyatda
noyob hisoblangan. Xuddi shunday kutubxonalar o‘lkaning boshqa
yerlarida ham, masalan, Xorazmda bo‘lgani ma‘lum. Madrasalarga
kelsak, manbalarda yozilishicha, bunday bilim maskanlari saltanat
markazi Xorazmdan tashqari Nishopur, Isfahon va boshqa shaharlarda
ham qad ko‘targan. Ularda o‘qish jarayoniga juda katta mas‘uliyat bilan
qaralganini shundan ham bilib olsa bo‘ladiki, Madrasa rahbari va
mudarrislar oliy hukmdor yo uning joylardagi noibining maxsus
buyrug‘i bilan tayinlanganlar. CHunki har qanday jamiyat, u qanchalik
turli imkoniyatlarga ega bo‘lmasin, agar shu imkoniyatlarni yuzaga
chiqarishga qodir mutaxassislar bo‘lmas ekan, ular og‘izda qolaveradi.
Mutaxassislar esa tarbiyalanadi, parvarish etiladi. Xorazmshohlardan
Otsiz, Takashlarning shu ma‘nodagi buyruqlarini tahlil qilarkanmiz, ular mazkur haqiqatni juda to‘g‘ri anglaganliklari namoyon bo‘ladi. SHuning
uchun ham ular ta‘lim va tarbiya, fan sohalariga mutasaddilarning ilmli,
iymonli, hurmatli, halol bo‘lishlariga katta e‘tibor bilan qaraganlar.
Mazkur siyosat o‘z mevasini ham bergan. Bahoviddin Marvaziy, Abu
Ali Hasan Buxoriy, Zahiriddin G‘aznaviy, Ismoil Jurjoniy, Faxriddin
Roziy, Maxmud Zamahshariy, Abulfath Xorazmiy, Abulqodir Jurjoniy,
Sirojiddin Xorazmiy, Rashididdin Votvot, Sayfi Isfarangiy, Ziyo Xo
jandiy, Najmiddin Kubro, Majididdin Xorazmiy kabi o‘nlab
matematiklar, yulduzshunoslar, tabiblar, tarixchilar, shoirlar, faylasuflar,
adiblar, tilshunoslar, mutassavvuf olimlar shular jumlasidandir. Albatda,
biz va hamkasblarimiz mazkur ro‘yxatni yanada davom ettirib,
ularning ularning har biri haqida ko‘plab qog‘oz qoralashimiz mumkin.
Ammo bu alohida tadqiqot uchun mavzu bo‘lgani sababli quyida
ularning ba‘zi birlarining e‘tiborga molik jihatlariga diqqatni jalb
etmoqchimiz. Qutbiddin Muhammad va Otsiz zamonlarida mashhur
tibbiyot olimi Sayyid Ismoil Jurjoniy faoliyat ko rsatib, bir qator
qimmatli asarlar yaratgan. Ular orasida Qutbiddin Muhammadga
bag‘ishlangan «Zahirayi Xorazmshohiy» asari alohida o‘rin egallaydi.
Bu asarning qimmati shu qadar bo‘lganki, Jolinus (Galen), Muhammad
Zakariyo, Ibn Sino, Abu Sahl Masihiy asarlari bilan bir qatorda tibbiyot
sohasidagi eng muhim asar va manbalardan biri sifatida qabul qilingan.
O‘n ikki jilddan iborat bu asar tibbiyotning barcha yo‘nalishlari, tashrih,
oddiy va murakkab dorilar haqidagi tadqiqotlarni o‘z ichiga olgan. U
arab va turk tillariga tarjima qilingan. Ismoil Jurjoniyning eng katta
xizmatlaridan biri shundaki, u Ibn Sinodan keyin tibbiyot sohasidagi
barcha yo nalishlarni yangi 23 tadqiqotlar asosida qaytadan bayon qilib
chiqqan. Olim faoliyatining biz uchun qadrli tomonlaridan yana biri
shundaki, Ibn Sino yurtimizdan «bir chiqib» qolgan yagona buyuk
tibbiyot olimi emas, balki bu soha undan keyin ham bizda yuksak
darajada taraqqiy qilib kelganligi ma‘lum bo‘ldi. Zero, o‘tmishdagi
olimu fozillarimiz ilmu tafakkurga doimo sodiqlik bilan xizmat qilib
kelganlar. Ularning sodiqlik to‘g‘risidagi tushunchalari vatanga nisbatan
ham yuksak darajada edi. Buni biz mashhur mutasavvuf olim va shoir
Najmiddin Kubro misolida ham yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Ulkan
hududda markazlashgan davlatning tashkil topganligi turli xalqlar o‘rtasidagi savdo-sotiq va madaniy aloqalarni nihoyatda rivojlanishiga
olib keldi, o‘zaro urushlarga chek qo‘yilib, xalqning tinchligi
ta‘minlandi. Mirzo Ulug‘bek bu holatni shunday ifodalaydi: «Mo‘tabar
tarixlarda bitilmish va zikr etilmishkim, Sulton Muhammad Xorazmshoh
zamonida Eron va Turon davlati bag‘oyat osoyishtalikda va solim edi.
Chunonchi, agar ko‘zi ojiz kampir qizil oltin to‘la tashtni boshiga qo‘yib
Mashriqdan Mag‘ribga jo naydigan bo‘lsa, biror jonzot unga daxl
qilmagan. Shoh shu darajada kuchaydiki, mamlakatda birorta ham o‘g‘ri
qolmadi».¹⁶
Mo‘g‘ullar bosqini arafasida Xorazmda bo‘lgan arab sayyohi va
geografi Ibn Yoqut ham Xorazmning yuksak darajada taraqqiy etgan
o‘lka ekanligini qayd qilib o‘tgan edi. G‘arb, xususan, rus tarixchilari
Sulton Alouddin Muhammad hukmronligi davrini o‘ziga xos
«Renessans» davri, ya‘ni «Xorazm Uyg‘onish» davri deb ataganliklarini
hisobga olsak, uning naqadar buyuk hukmdor bo‘lganligini ko‘ramiz.
Sulton Alouddin Muhammadning yuksak madaniyatli va ma‘rifatli shaxs
bo‘lganligi shubhasizdir. U yoshligidanoq saljuqiylar davlati poytaxti
Marvda, shuningdek, o‘sha davrda SHarqning eng go‘zal va katta
shahari hisoblangan xorazmshohlar poytaxti Gurganjda zamonasining
buyuk allomalaridan yetarli bilim olgan. Xorazmshohlar davri fan va
madaniyat yuksalgan, chunki Xorazm an anaviy ravishda fan va
madaniyat beshigi bo‘lib kelgan. Shuningdek, Xorazmshohlar davrida
iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiy etgan va davlat arboblari ham ilm-ma rifatli
bo‘lgan. Xorazmshohlar zamonida ayni shu ikki omil o‘zaro
uyg‘unlashgan edi. Xorazmshohlarning barchasi chuqur bilim egasi
edilar. Ular ham dunyoviy, ham diniy bilimlarni egallaganlar. Masalan,
Otsiz qasidalar, ruboiylar yozgan, ko‘plab nazm namunalarini yoddan
aytib bera olgan, san‘at va ilmga katta ixlos bilan qaragan.¹⁷
Ruboiylaridan birida u shunday deydi: «Dunyo beliga urilgan tamg‘a
mening farmonimdir, falak qulog‘idagi halqa mening paymonimdir.
Bugun shunday saltanatni qo‘lda tutsamda, do‘st rizoligiga erishish
mening iymonimdir». Takash, El- Arslon, Sulton Muhammad va
xorazmshohlarning boshqa namoyandalari ham keng bilimli, she‘r va san‘atni qadrlovchi bo‘lganlar, nazmda ijod qilganlar. Takash esa
ayniqsa ud chalishni o‘rniga qo‘ygan. Ulug‘ qobiliyatli sarkarda, mohir
diplomat va ma‘rifatparvar hukmdor bo‘lmaganida, Sulton Alouddin
Muhammad bu qadar yuksaklikka ko‘tarilmagan, o‘zi esa, buyuk
hukmdorga, Markaziy Osiyo, jumladan Xorazm va Movarounnahr
yuksak fan va madaniyat markaziga aylanmagan bo‘lardi. Bularning
barchasi Sulton Alouddin Muhammadning adolatli hukmdor hamda fan
va madaniyat homiysi bo‘lganligidan dalolat beradi. Uning vaziri
Shahobiddin Xivaqiy o‘z davrining eng bilimli, ma‘rifatli davlat
arboblaridan bo‘lgan. Islom dini qonunlarini mukammal bilgan. Davlat
boshqaruvining barcha masalalarida o‘ziga xos mustaqil fikrga ega
bo‘lib, doim adolat yuzasidan ish ko‘rgan. An-Nasaviyning yozishicha,
Xorazmshoh Sulton Muhammad barcha ishlarda dono vaziri
Shaxobiddin Xivaqiy bilan maslahatlashgan va uning fikrlariga quloq
solgan. Mo‘g‘ullar hujumi jarayonidagi voqealar bu ulkan saltanatning
siyosiy asoslari ancha bo‘sh ekanligini ko‘rsatdi. Mamlakatdagi turli
siyosiy kuchlar o‘rtasidagi hokimiyat uchun kurash, xalq millat uchun
og‘ir kunlarda dushmanga qarshi yakdil bo‘lib birlasha olmaslik,
aksincha, o‘zaro nizo, fisqu-fasodlarning yanada kuchayishi, oxir-oqibat
saltanatni halokatga olib keldi. Zamondoshlarini va keyingi avlod
vakillarini hayron qoldirib, juda qisqa muddatda (uch yil davomida)
mag‘lub bo‘lgan bu ulkan saltanatning va uning hukmdori Xorazmshoh
Sulton Muhammadning va Otsiz zamonlarida mashhur tibbiyot olimi
Sayyid Ismoil Jurjoniy faoliyat ko‘rsatib, bir qator qimmatli asarlar
yaratgan. Ular orasida Qutbiddin Muhammadga bag‘ishlangan «Zahirayi
Xorazmshohiy» asari alohida o‘rin egallaydi. Bu asarning qimmati shu
qadar bo‘lganki, Jolinus (Galen), Muhammad Zakariyo, Ibn Sino, Abu
Sahl Masihiy asarlari bilan bir qatorda tibbiyot sohasidagi eng muhim
asar va manbalardan biri sifatida qabul qilingan. O‘n ikki jilddan iborat
bu asar tibbiyotning barcha yo‘nalishlari, tashrih, oddiy va murakkab
dorilar haqidagi tadqiqotlarni o‘z ichiga olgan. U arab va turk tillariga
tarjima qilingan. Ismoil Jurjoniyning eng katta xizmatlaridan biri shundaki, u Ibn Sinodan keyin tibbiyot sohasidagi barcha yo‘nalishlarni
yangi tadqiqotlar asosida qaytadan bayon qilib chiqqan.
Dostları ilə paylaş: |