I-BOB Anushtegin Xorazmshohlar davridagi siyosiy vaziyat.
I.1. Anushtegin Xorazmshohlar davlatining tashkil topishi.
Anushteginlar sulolasi vakillari, sobitqadamlik bilan, uzoqni o‘ylab
qilingan diplomatik ustomonlik, mavjud siyosiy shart-sharoitdan kelib
chiqqan holda amalga oshirilgan oqilona faoliyat olib borganlari
natijasida ulkan imperiyani yarata olganlar. Bunda ular, Saljuqiylar
sulolasining zaif tomonlaridan ustalik bilan foydalandilar, Qoraxitoylar,
Qoraxoniylar, G‘uriylar, Abbosiy xalifalar bilan goh nozik diplomatik
usul, goh kuch ishlatish oqibatida buyuk saltanatga asos soldilar. Sulola
asoschisi Anushtegin, o‘g‘uzlarning bekduli urug‘idan bo‘lib, saljuqiy
hukmdor Sulton Malikshoh (1072-1092 y.y) saroyida tashtdorlik
lavozimidan 1077 yili Xorazm shihnasi (boshqaruvchisi) lavozimiga
tayinlanadi. Anushtegin (1077-1097 y.y) o‘z faoliyati davomida
Saljuqiylarning ishonchiga sazovar bo‘ldi. Bu ishonch tufayli, uning
avlodlari Xorazmda hukmronlik qilishni qonuniy meros sifatida qabul
qilib oldilar. Anushteginlar ma‘lum bir davrgacha vaziyat taqozosi bilan
saljuqiylarga xizmatda sadoqat ko‘rsatdilar. CHunki XI asr boshlaridan
XII asr o‘rtalariga qadar butun SHarqda, musulmon dunyosida
saljuqiylardan qudratli bironta sulola va davlat bo‘lgan emas. Hatto
xalifalik poytaxti Bag‘dod ham, ular tasarrufida bo‘lib, xalifa dunyoviy
hokimiyatdan chetlashtirildi, amalda esa faqat diniy hokimiyatnigina
ifodalardi xalos.²Saljuqiylar G‘arbda O‘rta yer dengizi va Yevropagacha cho‘zilgan
hududlarni egallab shon-shavkatda buyuklik darajasiga ko‘tarilgan
edilar. Xorazmshohlar-Anushteginlar sulolasi asoschilarining tarixiy
xizmati shunda ediki, ular rasman saljuqiylarga qaram bo‘lgan holda,
amalda bo‘lajak mustaqil Xorazm davlatining poydevorini yaratishga
muvaffaq bo‘ldilar. Sulola asoschisi Anushtegindan keyin hokimiyat
tepasiga kelgan Qutbiddin Muhammad (1097-1127) mavjud vaziyatdan
ustalik bilan foydalanib, hatto saljuqiylarning eng buyuk mavqeini
xalqaro miqyosda va shuningdek, ichki tomonidan ham
mustahkamlashga xizmat kildi. Saljuqiy hukmdorlarining ishonchiga
sazovor bo‘lgan Qutbiddin Muhammad Xorazmshoh amalda mustaqil
Xorazm davlatiga asos soldi. Uning saljuqiylarga qaramligi nomigagina,
ya‘ni har yili muayyan o‘lpon to‘lab turish tarzida bo‘lgan. Mazkur
hukmdor to‘g‘risida «Tarixiy yodgorliklarda Xorazmshohning unvoni
«Podsho qutb ad-dunyo va ad-din Abu al-fath Mu‘an Amir al-mo‘min»
(«Dunyo va din qutbi, g‘alabalar otasi, mo‘minlar amiri xalifaning
yordamchisi») so‘zlari ham Xorazmshohning obro‘i baland ekanidan
shohidlik beradi», - deb yozgan Ziyo Bunyodov. «Qutbiddin Marvda
ta‘lim olib, yaxshi ma‘rifat olgan, adab va din ilmlarini o‘rgangan edi U
har tomonlama iste dodli odam edi, olimlar va din arboblari uni yaxshi
ko‘rishar, u ham ularni izzat-hurmat qilardi Fuqarolariga adolatli, ular
ham uni yaxshi ko‘rib, uning nomini aziz tutar edilar».³
Qutbiddin Muhammad boshlagan xayrli ishlarni, uning o‘gli Al-Malik
Abu Muzaffar Alouddin Jaloliddin Otsiz davom ettirdi. Xorazmshoh
Otsiz (1127-1156 y.y) hukmronlik davrini, asosan, ikki bosqichga
bo‘lish mumkin: 1127 1138 yillar 2. 1138 1156 yillar Agar Xorazmshoh
Otsiz hukmronligining birinchi davrida (1127-1138 y.y) Sulton Sanjarga
sadoqat bilan xizmat qilgan bo‘lsa, hukmronligining ikkinchi davrida
(1138-1156 y.y) mustaqil Xorazm davlatiga asos soldi. Xorazmshoh
Otsiz har bir qulay vaziyatdan foydalanib, birinchi marta xorazmshohlar
davlatining hududlarini kengaytirish siyosatini boshlab berdi.
Xorazmshoh, Sulton Sanjar farmonini buzib, saljuqiylarga tobelikda
bo‘lgan ko‘pgina yerlarni bosib oldi. Sulton Sanjar ham Xorazmshoh
Otsizning qudratini tan olishga majbur bo‘ldi. Natijada siyosat maydonida kuchli davlat Xorazmshohlar davlati paydo bo‘ldi va
mustahkamlandi. Strategik siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan Xorazmshoh
Otsiz qo‘shni davlatlar bilan samarali diplomatik munosabatlarni
o‘rnatishga intildi. V.V. Bartol`d uning qo‘shni davlat hukmdorlariga
yozgan maktublarini «SHarqona diplomatiya namunasi» deb baholagan.
Bunday harakatlarning natijasida kuchli, amalda mustaqil davlatga asos
solgan.⁴
Bu albatta, Xorazmshoh Jaloliddin Otsizning o‘z davridagi siyosiy
vaziyatni chuqur anglagan mohir diplomat siyosiy arbob bo‘lganligidan
dalolat beradi. Xorazmshoh Otsiz ham barcha xorazmshohlar kabi
yuksak madaniyatli hukmdor edi. «Alouddin Otsiz otasiga o‘xshab,
Marvda yaxshi ma‘lumot oldi. Otsiz musulmonlar podshohiga xos islom
diniga va ilohiyot olimlariga homiylik qilishdan tashqari, turli fanlar va
san‘at ahlini qadrlar, o‘zi ham forscha qasida va ruboiylar yozar, juda
ko‘p buyuk shoirlarning bayotlarini yoddan bilardi. U Xorazm aholisiga
g‘amxo‘r, adolatli podshohlik qildi. Fuqarolar Xorazmshoh Otsizni
yaxshi ko‘rar, uning zamonida xalq xavf-xatardan mutlaqo holi, tinchlik
va osoyishtalikda, adolatda yashadi». Jaloliddin Otsiz vafot etgach,
o‘g‘li El-Arslon 1156 yil 22 avgust kuni taxtga chiqdi (1156-1172 y.y).
U ham o‘z sulolasi an‘analarini sodiqlik va sobitqadamlik bilan
rivojlantirib, mamlakat sarhadlarini kengaytirish siyosatini davom
ettirdi. El- Arslon 1167 yilga kelib Balx va Sabzavor shaharlarini,
shuningdek, eng yirik shaharlardan biri bo‘lgan Nishopurni egalladi.
Natijada, «Toju dunyo va ad-din molik ut-turk va al-ajam» («Ajam va
turklar podshosi») nomini oldi. El-Arslon 1172 yil 17 mart kuni vafot
etdi. El-Arslon o‘limi oldidan kenja o‘g‘li Sultonshohni valiahd qilib
tayinladi. Ammo davlat va harbiy ishlarga uning onasi Turkon Xotun
qo‘lida bo‘lgan. Ammo Alouddin Takash, ya‘ni El-Arslonning katta
o‘g‘li Xorazm xalqi va qo‘shinlarining madadi bilan rasman 1172 yil 11
dekabrda Xorazm taxtiga o‘tirdi. Oqibatda saltanatda aka-ukalar
o‘rtasida toju-taxt uchun yigirma yil davom etgan o‘zaro urushlar
boshlandi. Sulton Takash ukasiga kurashish bilan birgalikda, saltanatni
mustahkamlash va sarhadlarini kengaytirish siyosatini davom ettirdi.
Takash davrida Dehiston qo‘shib olindi. Sultonshoh ancha vaqtgacha Xurosonda hukmdorlik qilib, taxt uchun akasiga qarshi shiddatli kurash
olib bordi. SHuni alohida qayd qilib o‘tish kerakki, Sultonshoh ham
ancha qobiliyatli va marifatli hukmdor edi. Ammo, hokimiyatga intilish
hissi uning aqlidan ustun keldi. Uzoq kurashlardan keyin, ya‘ni 1188 yil
bahoriga kelibgina vositachilar ishtirokida aka-ukalar o‘rtasida sulh
tuzilib, Sultonshoh akasi Takash hukmdorligini tan oldi. SHundan
keyingina, 1189 yil 4 iyulda Rodekon (Rodgon) shahrida Takashning
sultonlik taxtiga chiqish marosimi o tkazildi. Ammo Sultonshoh buzg
unchilik ishlarini davom ettirib, akasiga qarshi kurashda g‘uriylardan
madad so‘rab bordi. Biroq, u o‘z maqsadiga erisha olmadi. Faqat 1193
yilda Sultonshohning vafoti bu ayovsiz kurashga xotima yasadi. Endi
Xorazmshoh Takash hech qanday xavotirsiz o‘z davlatini
mustahkamlash va sarhadlarni kengaytirish siyosatini yanada
kuchaytirish imkoniyatiga ega bo ldi. 1194 yili Marvni qo shib oldi.
Hatto qoraxitoylar yurti Bolasog ungacha bo lgan hududlarni qo shib
olish siyosatini olib bordi. 1194 yil 4 mart kuni SHimoliy Eron hududida
bo lgan jangda saljuqiylarning so‘ngi hukmdori Tug‘rul III tor-mor
keltirildi va Eron hududlarida saljuqiylar hukmronligi tugadi, Xamadon
va Iroq Ajami (SHarqiy Eron hududlari) yerlarini bo ysundirdi. Xalifa
An-Nosir (1180-1225 y.y) qo‘shinlarini bir necha marta yengib, juda
katta hududlarda o‘z hukmronligini o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Takash
1200 yil 3 iyulda SHahriston shahrida vafot etdi. Takash Xorazmshohlar
saltanatining (imperiyasining) asoschisi edi. SHunday ulkan saltanat
hukmdori bo lishi bilan birgalikda u adolatni yaxshi ko rardi.
«Xorazmshoh Takash o z fuqarolariga nisbatan adolatli bo lgan, odatdan
tashqari qobiliyatga ega, buyuk diplomat va lashkarboshi edi», deb ma
lumot beriladi tarixiy manbalarda. Sulton Takash o z o g li Alouddin
Muhammadga mustahkam va ulkan saltanatni meros qilib qoldirdi.
Sulton Alouddin Muhammad ham o z sulolasining ichki va tashqi
siyosat bilan bog liq an analarini muvaffaqiyat bilan davom ettirib,
saltanat sarhadlarini yanada kengaytirdi. Sulton Muhammad davrida
(1200-1220 y.y) saltanat tarkibiga sharqda Yettisuv, Qoshg‘ar, SHimoliy
Hindistongacha bo lgan hududlar, g arbda Iroq (xalifalik), Kavkaz
yerlarigacha, shimolda Dashti Qipchoq kengliklaridan, janubda to Hind
okeani va Fors ko rfazigacha bo lgan hududlar kirardi. Hatto eng cheka Ummon (Arabiston yarim oroli) yerlarida ham Muhammad nomiga
xutba o qilardi.
Dostları ilə paylaş: |