O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. U. Raxmonov


Reaktiv quvvatni kompensatsiyalash usullari. Tabiiy va



Yüklə 2,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/102
tarix14.09.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#143562
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   102
Электр таьминоти асослари Дарслик

6.2. Reaktiv quvvatni kompensatsiyalash usullari. Tabiiy va 
sun’iy usullar. 
Yuqorida aytilgan mulohazalardan ko‘rinadiki, reaktiv quvvatni 
elektr ta’minoti tizimida kamaytirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish zarur 
ahamiyatga 
ega 
ekan. 
Sanoat 
korxonalarida 
reaktiv 
quvvatni 
energosistemadan kam qabul qilishning ikki yo‘li mavjud: 
1. Tabiiy usul; 
2. Maxsus kompensatsiyalovchi qurilmalarni ishlatish usuli.
Tabiiy usullar asosida reaktiv quvvat iste’molini kamaytirishni 
birinchi navbatda ko‘rib chiqilishi kerak, chunki bunda katta miqdordagi 
harajatlar talab qilinmaydi.
Reaktiv quvvat iste’molchilari asosan asinxron yuritgichlar
transformatorlar va ventilli o‘zgartgichlar bo‘lganligi uchun quyidagi 
masalalar to‘la ko‘rib chiqish kerak: 
1) Kam yuklangan yuritgichlarni kichik quvvatliligi bilan almashtirish; 
2) Sistematik ravishda kam yuklama bilan ishlaydigan yuritgichlarni 
kuchlanishlarini kamaytirish; 
3) Yuritgichlar va payvandlash transformatorining salt ish rejimlariga 
cheklash; 
4) Texnologik jarayonga salbiy ta’sir bulmagan xollarda, asinxron 
yuritgichlarni sinxron yuritgichlar bilan almashtirish; 
5) Ventil o‘zgartkichning eng ma’qul bo‘lgan sxemasini ishlatish, kam 
yuklamani asinxron yuritgichlarini kerakli kichik quvvatliligi bilan 
almashtirish iste’mol qilinadigan reaktiv quvvat miqdorini kamayishiga 
olib kelishi tabiiydir. Davlat tomonidan energiya iste’molini nazorat 
qiluvchi tashkilot hodimlarining hisob-kitoblarini ko‘rsatishicha, agar 
elektr yuritgichning yuklamasi uning nominal miqdorining 45% dan kichik 
bo‘lsa, uni kam quvvatliligi bilan almashtirish iqtisodiy foyda beradi. Agar 


83 
yuritgichning yuklanishi 70% dan ortiq bo‘lsa uni kam quvvatligi bilan 
almashtirish zarur emas. Yuritgichning yuklanishi 45% dan 75% oralig‘ida 
bo‘lganda uni almashtirish masalasi texnik-iqsodiy ko‘rsatgichlarni tahlili 
asosida hal qilinishi kerak.
Agar kam yuklangan asinxron yuritgichni almashtirish imkoniyati 
bo‘lmasa, uni kirish qismidagi kuchlanishni kamaytirish imkoniyatini 
qidirish kerak. Ma’lumki, yuritgichning kirishidagi kuchlanish joiz 
miqdorgacha pasaytirilsa magnitlanish tokining kamayish hisobiga 
iste’mol qilinayotgan reaktiv quvvat ozoyadi va nobudgarchilik kamayib, 
F.I.K. ortadi. Ekspluatatsiya jarayonida kam yuklamali asinron 
yuritgichlarni kuchlanishini kamaytirish uchun quyidagi usullar ishlatiladi:
1. Stator chulg‘amlarini uchburchakdan yulduz sxemasiga o‘tkazish; 
2. Stator chulg‘amlarini seksiyalash; 
3. Pasaytiruvchi 
transformator 
chulg‘amlarining 
shahobchalarini 
almashtirib kuchlanishni miqdorini kamaytirish. 
Ko‘p texnologik jarayonlarda asinxron yuritgichlarning salt ishlashi 
butun ish vaqtining 50-65% tashkil etadi. Salt ish rejimida yuritgich 
foydali ish bajarmasdan katta miqdorda reaktiv quvvat iste’mol qiladi. 
Agar yuritgichning nominal quvvat koeffitsienti 
cos

n
=0,91

0,93 atrofida 
bo‘lsa, salt ish rejimida iste’mol qilinadigan reaktiv quvvat nominal 
rejimdagiga nisbatan 50% tashkil etadi. Shuning uchun bunday rejim 
vaqtida iste’molchini tarmoqdan uzib qo‘yish reaktiv quvvat iste’molini 
kamaytiradi. 
Ayrim hollarda kam yuklangan transformatorlarni tarmoqdan uzib 
qo‘yish yoki 30% gacha yuklama bilan ishlayotgan transformatorlarni kam 
quvvatligi bilan almashtirish reaktiv quvvat iste’molini sezilarli darajada 
kamayishiga olib keladi.
Umuman 
olganda, 
korxonalarda 
texnologik 
jarayonlarni 


84 
avtomatlashtiruvchi tizimlarni ishlatilishi elektr qurilmalarining energetik 
rejimlarini yaxshilaydi va reaktiv quvvat iste’molini kamaytiradi. 
Sanoat korxonalarida o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokga 
aylantiruvchi katta quvvatli ventil to‘g‘rilagichlar keng ishlatiladi. Bunday 
qurilmalar reaktiv quvvat iste’molchilar bo‘lib, ularda kuchlanish bilan 
tokning asosiy garmonikalari orasidagi 

1
ning taxminiy qiymati 
quyidagicha aniqlanadi: 
f
U
U
T
TO
1

arccos
Bu yerda, U
t
- to‘g‘rilangan kuchlanishning o‘rtacha qiymati; 
U
to
- salt ish rejimidagi to‘g‘rilangan kuchlanish.
Ushbu munosabatdan ko‘rib turibdiki, to‘g‘rilangan kuchlanishni 
qanchalik keng diapazonda boshqarilsa, shunchalik ko‘p reaktiv quvvat 
talab qilinadi. Reaktiv quvvat iste’molini kamaytirish usullaridan biri bu 
ikki yoki undan ko‘p bo‘lgan to‘g‘rilagich ko‘prik sxemalarini ketma-ket 
ulab, ularni navbatma-navbat boshqarishdan iborat. Albatta, bunday 
sxemalar ancha murakkab va qimmat hisoblanadi, shuning uchun ularni 
katta quvvatli elektr yuritmalarda ishlatish tavsiya etiladi.


85 

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin