92
Kompensatsiyalovchi qurilmalarning ish grafiklari korxona reaktiv
quvvatga bo‘lgan ehtiyojiga mos kelishi maqsadga muvofiqdir. Buning
uchun ishlab chiqarilayotgan reaktiv quvvat miqdoriga S.D. va S.K.
larning yurgizish toklari rostlagichlar orqali boshqarilib yoki kondensator
batareyalarning seksiyalarining sonlarini o‘zgartirib ta’sir ko‘rsatish
mumkin. Albatta, bu jarayon avtomatik ravishda quvvatini boshqarish
kuchlanish, tok, reaktiv quvvatini yo‘qotilishi va vaqt bo‘yicha bajarilishi
mumkin.
1. Kuchlanish bo‘yicha boshqarilganda bir vaqtni o‘zida reaktiv quvvatni
va kuchlanishni rostlash masalalari xal qilinadi. Ma’lumki, reaktiv
quvvatni ortishi natijasida iste’molchilarning kirish qismlaridagi
kuchlanish pasayadi.
2. Yuklamalar grafiklari keskin o‘zgaruvchan iste’molchilar uchun reaktiv
quvvati boshqarish yuklama tokining miqdori bo‘yicha bajarilganda yaxshi
natijaga erishiladi.
3. Ayrim chekka, uzoqda joylashgan podstansiyalarda boshqarish reaktiv
quvvatning yo‘nalishi bo‘yicha bajarilishi mumkin.
4. Korxonaning reaktiv quvvat iste’moli grafigining ko‘rinishi barcha
kunlar uchun bir xil qolaversa, reaktiv quvvatni boshqarishni vaqt bo‘yicha
olib borish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun EVUS-24 tipdagi signal
soatlari ishlatilib, kunning ma’lum vaqtlarida kondensator batareyalarining
seksiyalarini ulanadi yoki o‘chiriladi.
Dostları ilə paylaş: