O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. U. Raxmonov


-daraja ma’lumotlarini  yig‘ish va ishlov berish  markazi



Yüklə 2,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/102
tarix14.09.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#143562
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   102
Электр таьминоти асослари Дарслик

 
2-daraja ma’lumotlarini 
yig‘ish va ishlov berish 
markazi 
 
Birlamchi o‘lchash 
asboblari pog‘onasi 
 


173 
korxona rahbariyati ma’lumotlarni tahlil etishi va yechimni qabul qilishi 
(boshqarishi) uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishda hisobga olish 
ma’lumotlarini aks ettirilishi va hujjatlashtirilishini amalga oshiradigan 
pog‘ona. Bunda ENHAT maxsus DT ma’lumotlarini yig‘ish va qayta 
ishlash markazi serveri yoki personal kompyuteri (PK) yordamida amalga 
oshiriladi.
to‘rtinchi pog‘ona – uchinchi pog‘ona malumotlarini yig‘ish va qayta 
ishlash markazlari PK dan yoki serverlar guruhidan axborotlarni yig‘ishni,
hisobga olish obyektlari guruhlari bo‘yicha axborotlarni tizimlashtirish va 
birlashtirishni, bosh energetik xizmati operativ personali va hududiy 
taqsimlangan o‘rta va yirik quvvatli korxonalar yoki energiya ta’minoti 
korxonalari rahbariyati tahlil etishi va yechimni qabul qilishi (boshqarishi) 
uchun qulay bo‘lgan ko‘rinishda hisobga olish ma’lumotlarining aks 
ettirilishi va hujjatlashtirilishini, energiya resurslarini yYetkazib berishga 
shartnomalarni olib borish va energiya resurslariga hisoblash uchun to‘lov 
hujjatlarini shakllantirishni amalga oshiradigan pog‘ona. Bunda ENHAT 
DTi ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlashning markaziy serveri 
yordamida amalga oshiriladi. 
ENHAT ning barcha pog’onalari o‘zaro aloqa kanallari yordamida 
bog‘langan. BO‘A, MYTQ yoki ma’lumotlarni yig‘ish markazlari 
pog’onalari o’rtasidagi aloqalar uchun odatda standart interfeyslar (RS 
turdagi, IRRS va boshqalar) bo‘yicha to‘g‘ri simli aloqali ENHAT ulanish 
sxemasi ishlatiladi. Uchinchi pog’onadagi ma’lumotlarni yig‘ish markazi 
MYTQlar, 3 - va 4 - pog’ona ma’lumotlarni yig‘ish markazlari uchun 
ajratilgan kommutatsiyalanadigan aloqa kanallari bo‘yicha yoki lokal 
tarmoq bo‘yicha ulanishi mumkin. 
Ta’kidlash zarurki, hozirgi kunda ishlatilayotgan energetik 
ko‘rsatkichlarni hisobga olish va tahlil qilish tizimlari bir qator 


174 
kamchiliklarga ega. Masalan, ishlab chiqarishning ko‘p sohalarida 
energetik ko‘rsatkichlarni hisobga olish va tahlil qilish turli vaqtlarda 
maxsus o‘lchashlar yo‘li bilan davriy ravishda amalga oshirilmoqda. 
Tabiiyki, bunday o‘lchashlar har doim ham hisoblash 
parametrlarining butun o‘zgarishlari dinamikasini to’liq aks ettirmaydi va 
ularning o‘zgarishlaridagi qonuniyatlarni aniqlash imkoniyatini bermaydi. 
O‘zbekiston sanoatining turli sohalaridagi bir qator ishlab chiqarish 
korxonalarida o‘tkazilgan tadqqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, mavjud energiya 
tashuvchilari va energetik resurslari sarfini hisobga olishning tashkil 
etilishida ulardan foydalanishning real samaradorligini yetarlicha aniq 
baholashni amalga oshirish va energiya resurslari sarflarining me’yorlarini 
asos bilan aniqlash mumkin emas. 
Sanoat korxonalarida energiya resurslari sarflarini hisobga olish va 
nazorat qilish masalasi holatini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, bu masala 
yetarli darajada o’z yechimi topa olmay kelmoqda. Masalan, ko‘plab 
sanoat korxonalariga xos bo‘lgan energiya ta’minoti tizimining asboblar 
bilan ta’minlanganlik darajasi qoniqarsiz ahvolda qolmoqda. Odatda 
barcha korxonalar elektr energiyasini tijorat asosida hisobga olish 
imkoniga ega. Biroq bu imkonoyatdan har bir korxona turlicha 
foydalanmoqda. 
Alohida ishlab chiqarish sexlarida, energiya yig‘uvchi agregatlar va 
texnologik jarayonlarda iste’mol qilinadigan energiya resurslarini hisobga 
olish barcha korxonalarda ham amalga oshirilmaydi. Bundan tashqari, 
qoidaga ko‘ra, texnologik jarayonda qo’llaniladigan siqilgan havo, azot, 
vodorod, suv va boshqa shu kabi alohida komponentlarini hisobga olish 
mavjud emas. Bu energiya resurslarini maqsadsiz sarflanishiga olib keladi. 
Barcha ishlab chiqarish ob’yektlarida ham energiya resurslarini 
hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari yetarli 


175 
darajada joriy etilmagan va samarasiz ishlatilmoqda. Xususan, odatda, bu 
tizimlar ist’emol quvvati, energiya sarfi va energiya tashuvchilarning bir 
necha ko‘rsatkichlarini hisobga oladi va nazorat qiladi. Shunday qilib, bu 
tizimlar asosan axborot tizimlari sifatida ishlatiladi. 
Lekin energiya tejamkorligini boshqarish uchun bu funksiyalar 
yetarli emas. Chunki barcha energiya resurslari turlarining ist’emoli haqida 
olingan axborotlar asosida energiya iste’moli bo’yicha energiyani tejashni 
optimal boshqarishning asosiy masalalarini yechib bo‘lmaydi. 
Energiya tejamkorligining asosiy masalalarini yechish uchun 
matematik ta’minotning tizimli tahlil qilish usullaridan foydalanishga 
asoslanganligi mutlaqo yetarli bo‘lmaganligini ta’kidlash kerak. 
Ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda MDH davlatlaridagi korxonalarda 
ham konstruktiv elementlari, ham funksiyalari bo‘yicha katta xilma­xillik 
bilan xarakterlanadigan bir qator avtomatlashtirilgan hisobga olish, nazorat 
qilish va boshqarish tizimlarini ishlab chiqarilmoqda. Bunday tizimlar 
tarkibiga odatda o‘zgartiruvchi datchiklar (analog va diskret signallar), 
o‘zgartirgichlardan ma’lumotlarni yig‘ish, axborotlarga ishlov berish, 
axborotlarni bosishga yoki tabloga berish qurilmalari va boshqalar kiradi. 
Yuqorida ko‘rsatilgan texnik vositalar korxonalarda amaldagi 
ta’riflar bo‘yicha tijorat hisoblarini olib borishga imkon beradigan 
avtomatlashtirilgan axborot­o‘lchov tizimini (ENHAT AAO‘T) qurish, 
elektr quvvat va energiya, shuningdek, energiya tashuvchilar turlarini 
nazorat qilishni tashkil etish uchun mo‘ljallangan. 
Qurilmalar bozorida elektr energiyasini hisobga olishning turli xil 
vositalari, ularning xilma­xilligi barcha energiya tizimlari sub’yektlari, 
iste’molchilari va rivojlanayotgan elektr energiya bozori sub’yektlarining 
muvozanatlashtirilgan manfaatlarida hisobga olish masalalarini samarali va 


176 
to‘liq yechish maqsadida, u yoki bu vositalarni tanlab olish va qo‘llashga 
yagona yondashishni ishlab chiqilishini talab qiladi. 
Ta’kidlash zarurki, O‘zbekiston energetika tizimi elektr energiyani 
sotib olish va sotish bilan qo‘shni davlatlar energiya tizimlari bilan o‘zaro 
bog’lanadi. Shuning uchun energiya tizimi ichida va uning sub’yektlarida 
hisobga olish tizimini rivojlantirish zamonaviy xalqaro me’yor va qoidalar 
va standartlarga mos kelishi zarur. 
Yuqoridagi fikrlarga ko‘ra, elektr energiyasini hisobga olishning 
yangi usullariga o‘tishda, energiyani hisobga olishning avtomatlashtirish 
hajmini aniqlashda, energiya resurslarini va elektr energiyani tijorat 
asosida 
hisobga 
olishning 
avtomatlashtirilgan 
axborot­o‘lchov 
tizimlarining (ENHAT va ENHAT AAO‘T) texnik va iqtisodiy 
samaradorliklari masalalarini tahlil qilishda oldingi hisobga olish tizimi 
siyosatni ko‘rib chiqish zarurati tug’iladi. 
Ta’kidlash zarurki, ENHAT ni joriy etish yordamida quyidagi 
iqtisodiy samaradorlikka erishiladi: 

sutka davomida pog’onalashgan tarif bo‘yicha iste’molni hisobga 
olish tizimiga o‘tish; 

6/10/0,4 kV taqsimlash tarmoqlarida elektr energiyani yYetkazib 
berish davomida barcha zanjirlar bo‘yicha nomuvozanat holatini hisoblash; 

elektr energiyasi isroflarini aniqlash; 

elektr energiya hisoblagichlarining aniqlik darajasini oshirish; 

elektr energiyadan noratsional foydalanishni o‘z vaqtida aniqlash; 

inson 
omili 
ishtirokisiz 
elektr 
energiya 
hisoblagichlaridan 
ko‘rsatkichlarini olishda xatoliklarning bo‘lmasligi; 

tezkor 
nazorat 
qilish 
va 
elektr 
tarmoqlari 
yuklamalarini 
simetriyalashga o‘tish munosabati bilan elektr tarmoqlarning xizmat qilish 
muddatlarini oshirish; 


177 

elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha yechimlarni qabul qilish 
jarayonida elektr iste’moli bo‘yicha ma’lumotlarni operativ olish va ularni 
qayta ishlash; 

nazoratchi xodimlar sonini qisqartirish; 

hisobga olish nuqtalarida xizmat ko‘rsatish va hisoblarni yozib 
borish bilan bog’liq harajatlarni kamaytirish; 

iste’mol qilingan elektr energiya uchun to’lovni o’z vaqtida amalga 
oshirish bo’yicha iste’molchilar mas’uliyatini oshirish. 

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin