180
Ko‘p tarifli uch fazali hisoblagichlar.
Yangi CTK3-10AN7R.t va CTK3-10AN9R.t turdagi ko‘p
tarifli uch
fazali hisoblagichlar sanoat korxonalarida, turar-joy binolarida elektr
energiyasi iste’molini hisobga olish uchun va ko‘chani
yoritish
korxonalarida elektr energiyasini hisobga olish uchun qo‘llanilishi
mumkin. Hisoblagich 12 ta mavsum bo‘yicha elektr energiyasini hisobga
olishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning har biri 8 ta tarif zonalari bo‘yicha
dasturlanishi mumkin. Bundan tashqari,
bu hisoblagichlar yuklama
grafigini va hodisalar jurnalini shakllantiradi, ikki turdagi interfeys turlari
bilan jihozlangan: tokli halqa va optoport. Ruxsat etilmagan ulanishlardan
signalizatsiya va himoyalash ko‘zda tutilgan.
Bu hisoblagichlar asosida
EHNAT
ni qurish mumkin. Hisoblagich funksional jihatdan mavjud
analoglaridan ustun, narxi ham u qadar yuqoiri emas.
CTK3-10A1N5(9)R.Vt ko‘p tarifli hisoblagichlar sutkaning vaqtlari
bo‘yicha differensiallangan (pog‘onalashgan)
tariflar sharoitida elektr
energiya iste’molini hisobga olishni olib borishga imkon beradi. Bu
energiya iste’molini optimallashtirishga va elektr energiyasi xarajatlarini
kamaytirishga sharoit yaratadi. Bundan tashqari,
bu hisoblagichlar elektr
energiyasi uchun oldindan to‘lash tizimi “Oмега” bilan birgalikda
qo‘llanilishi mumkin.
Hisoblagichlardagi shartli belgilar va ularning nomlanishi:
CTK – “Telekart” markali elektron hisoblagich;
3 – uch fazali;
10 – 1,0S aniqlik sinfi;
A1 – aktiv energiyani hisobga olish;
H4 – tok va kuchlanish bo‘yicha transformatorli to‘rt simli ulanish:
220 V (380 V), 5 A;
181
H5 – tok va kuchlanish bo‘yicha to‘rt simli transformatorli ulanish:
380 V, 10 A (40 A);
H7 (H9) – tok va kuchlanish bo‘yicha to‘rt simli to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ulanish: 380 V, 5 A (60 A), (380 V, 10 A (100 A));
P – ko‘p tarifli, yuklama va tok
grafiklarini shakllantirish, “tokli
halqa” interfeysi, impulsli chiqish, optoport, hodisalar jurnali;
B – oldindan to‘lash rejimini tashkil etish imkoniyati;
“U” qo‘shimcha funksiya – yuklamani boshqarish funksiyasi
(maishiy va bir tarifli hisoblagichlardan tashqari);
t – - 40 dan +55
0
C gacha ishchi haroratlar oralig‘i.
Dostları ilə paylaş: