O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. U. Raxmonov



Yüklə 2,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/102
tarix14.09.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#143562
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   102
Электр таьминоти асослари Дарслик

Qo‘shimcha funksiyalar:

«U»– yuklamani boshqarish funksiyasi

«УВП» –tashqi ta’minot tuguni (TTT). 
Ko‘p tarifli bir fazali hisoblagichlar. 
СTK1-10.K52I4Zt va СTK1-10.K55I4Zt bir fazali hisoblagichlar 
“Energiya 9” turkumidagi maishiy hisoblagichlarning davomi hisoblanadi. 
Bu turdagi hisoblagichlarning boshqa maishiy hisoblagichlardan farqi 
shundaki, sutka vaqtlari bo‘yicha differensiallangan (pog‘onalashgan) 


179 
tariflar asosida hisobga olishni amalga oshirish imkonini beradi. Bu 
hisoblagichlar ko‘p tarifli hisoblanadi. Hisoblagich 12 ta mavsum bo‘yicha 
elektr energiyasini hisobga olishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularning har biri 8 
ta tarif zonalari bo‘yicha dasturlanishi mumkin. Bundan tashqari
hisoblagich yuklama grafigini va hodisalar jurnalini shakllantiradi, ikki 
turdagi interfeys bilan jihozlangan: tokli halqa va optoport. Ruxsat 
etilmagan ulanishlardan signalizatsiya va himoyalash ko‘zda tutilgan. Bu 
hisoblagichlar asosida EHNAT ni qurish mumkin. Hisoblagich funksional 
jihatdan mavjud analoglaridan ustun, narxi ham u qadar yuqori emas.
CTK1-10.VU1(5)t ko‘p tarifli bir fazali hisoblagichlar o‘rnatilgan 
kontaktorga ega. Sutkaning vaqtlari bo‘yicha differensiallangan 
(pog‘onalashgan) tariflar sharoitida elektr energiya iste’molini hisobga 
olishni olib borishga imkon beradi. Bu energiya iste’molini 
optimallashtirishga va elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirishga sharoit 
yaratadi. Bundan tashqari, bu hisoblagichlar elektr energiyasi uchun 
oldindan to‘lash tizimi “Oмега” bilan birgalikda qo‘llanilishi mumkin.
 
Hisoblagichlardagi shartli belgilar va ularning nomlanishi: 

CTK – “Telekart” markali elektron hisoblagich; 

1 –bir fazali; 

10 – 1,0S aniqlik sinfi; 

K52 (K55) – tok va kuchlanish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangan: 
220 V, 5 A (60 A); 

Z – ruxsat etilmagan ulanishlardan himoyalash funksiyasi; 

B – oldindan to‘lov rejimini tashkil etish imkoniyati

I4 – ko‘p tarifli hisobga olish, elektron indikator, interfeys, optoport; 

t – - 40 dan +50
0
C gacha ishchi haroratlar oralig‘i; 

УВН – tashqi kontaktorni boshqarish funksiyasi (CTK1-10.VU10t 
ko‘p tarifli bir fazali hisoblagichlar uchun).

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin