Uch fazali hisoblagich klaviaturasi bilan ishlash va tugmalarning vazifalari: 1.
Uch fazali hisoblagich turli ish rejimlariga qayta ulashga,
yakuniy registrlar qiymatlarini ko‘rishga va foydalanuvchi uchun ruxsat
etilgan parametrlarni tuzatishga imkon beradigan o‘n ikkita tugmalar bilan
jihozlangan.
2.
Iste’molchiga kuchlanish berilganda hisoblagich avtomatik
ravishda “Asosiy ish rejimi” ga qayta ulanadi.
3.
“JAMI” [1] tugmasining bosilishi, hisoblagich o‘rnatilgan
vaqtdan boshlab barcha tariflar bo‘yicha ayni vaqtga qadar bo‘lgan elektr
energiyasi iste’molining hisobga olingan miqdorini aks ettiradi.
“TARIF BO‘YICHA” [2] tugmasining bosilishi hisoblagich
o‘rnatilgan vaqtdan boshlab bu vaqtdagi amaldagi tarif bo‘yicha elektr
energiyasining hisobga olingan miqdorini aks ettiradi.
187
“QUVVAT” [3] tugmasining bosilishi yuklama iste’mol qilayotgan
quvvatning joriy qiymatini aks ettiradi.
“TO‘LOV” [4] tugmasi – elektr energiya iste’moli uchun amalga
oshirilgan to‘lov to‘g‘risida ma’lumotni aks ettiradi. Ya’ni, bu tugmaning
bosilishi ayni vaqtga qadar kiritilgan to‘lovni, to‘lov qoldig‘ini yoki
qarzdorlikni (agar chiqariladigan son manfiy bo‘lsa) bilish imkonini
beradi. Bu tugma hisoblagich faqat elektr energiya uchun to‘lov oldindan
amalga oshirilgan rejimidagina ishlaydi.
“VAQT/SANA” [5] tugmasining bosilishi navbat bilan vaqt va
sanaнинг joriy qiymatlarining aks ettirilishiga olib keladi.
“KONTAKTOR” [6] tugmasi bosilganida o‘rnatilgan kontaktor билан
boshqarish буйругини (komandasini) aks ettirilishiga olib keladi.
Oldindan to‘lash bilan boshqariladigan quvvatning ortib ketishi
bo‘yicha yoki interfeys kirish orqali буйруг (komanda) bo‘yicha
o‘chirilgan kontaktorni yoqish faqat qo‘l orqali “KONTAKTOR” [6]
tugmasini yoki [ ]tugmani bosish orqali mumkin bo‘ladi.
4. “TANLOV” tugmasining bosilishi hisoblagich o‘rnatilgan vaqtdan
boshlab “ENERGIYA-1” dagi yoki joriy oydagi “ENERGIYA-2” yoki
o‘tgan oydagi “ENERGIYA-3” jami har bir bir tarif bo‘yicha elektr
energiyasi iste’molini hisobga olingan qiymatlarini ko‘rib chiqish yoki
hisoblagichda dasturlashtirilgan tariflar qiymatlarini, shuningdek, “VER”
DT versiyasining raqamini ko‘rib chiqish rejimiga o‘tishga olib keladi.
Ko‘rib chiqishga zarur ma’lumotlarni tanlash “Ro‘yxat bo‘yicha
YUQORIGA” [8], “Ro‘yxat bo‘yicha PASTGA” [0] va “O‘RNATISH”
[#] tugmalarini bosish orqali amalga oshiriladi.
5. Ko‘rsatilgan qiymatlarni ko‘rib chiqishda “TANLOV” tugmasining
bosilishi ko‘rib chiqilayotgan ro‘yxatdan chiqishga, bu tugmaning takroran
bosilishi esa “Asosiy rejim” ga qaytishga olib keladi.
188
6. Agar hisoblagich “Servis” rejimiga o‘tkazilgan bo‘lsa, tugma oxirgi
bosilgan vaqttdan 20 sekund o‘tganidan keyin “Asosiy rejim”ga avtomatik
o‘tish amalga oshadi.