O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Pul –  bu umumiy ekvivalent rolini o‗ynovchi maxsus tovardir



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/94
tarix14.09.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#143537
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94
Iqtisodiyot nazariyasi

Pul – 
bu umumiy ekvivalent rolini o‗ynovchi maxsus tovardir.
 
Pulning mohiyatini to‗laroq tushunish uchun uning quyidagi 
asosiy 
vazifalarini
ko‗rib chiqamiz:
1) qiymat o‗lchovi;
2) muomala vositasi;
3) boylik to‗plash vositasi;
4) to‗lov vositasi.
Pulning 
qiymat o‗lchovi
vazifasini ideal pul bajaradi. Tovar egasi 
fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan 
ifodalaydi.
Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini 
anglatadi. Tovarning almashuv qiymatini o‗lchash uchun muayyan 
miqdordagi pul materialini birlik qilib olish zarur. Bunday birlik 
narxlar 
o‗lchovi (masshtabi) 
deb ataladi.
Tovar muomalasi jarayonida naqd pul bo‗lishi kerak, chunki 
tovarlarni oldi-sotdi paytida ularning ramziy narxlari real pulga 
aylanmog‗i lozim. Bu jarayonda pul 
muomala vositasi
vazifasini 
bajaradi.
Pul muomaladan chiqarilganda 
boylik to‗plash
vazifasini bajara 
boshlaydi. Natural xo‗jalik sharoitida boylik to‗plash, jamg‗arish 
mahsulot jamg‗arish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo‗jaligining 
rivojlanishi boylik jamg‗arishning pul jamg‗arish shaklini keltirib 
chiqaradi.
Tovarlar nasiyaga to‗lov muddati kechiktirib sotilganda, pul 
to‗lov 
vositasi 
vazifasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini to‗lov muddati 
kelgandan keyingina to‗laydi. Pulning bu vazifasi tovar muomalasi 
doirasi bilan cheklanmay, pul qarz berilganda, renta va soliqlarni 
to‗lashda ham to‗lov vositasi vazifasini bajaradi. 
 
Savollar: 
 
1. Ishlab chiqarish omillari tarkiban nimalardan iborat? 


36 
2. Mehnat unumdorligining vaqtni tejash qonuniga aloqadorligini 
izohlang? 
3. Ishlab chiqarish omillari qanday usullar bilan birikadi? 
4. Takror ishlab chiqarishning qanday turlari mavjud? 
5. Hozirgi yoshlarda ingliz tilini o‗rganishga ehtiyoj katta va bu ehti-
yoj o‗sib bormoqda. Yoshlar hatto pul to‗lab bo‗lsa ham mazkur ehti-
yojni qondirishga intiladilar. Shu hodisaning sabablarini mustaqil sharh-
lab ko‗ring. 
6. O‗zbekistonda olib borilgan xususiylashtirishning o‗ziga xos xusu-
siyatlari nimadan iborat? 
7. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan qanday 
farqlanadi? 
8. Nima uchun bozor iqtisodiyotiining asosini turli shakldagi mulk 
tashkil etadi? 
9. Mulkga egalik qilishdagi yuridik va iqtisodiy munosabatlar nimani 
ifodalaydi? 
10. Mulk egasi, unga egalik qilish huquqini kimga topshirishi mum-
kin? 
11. Natural xo‗jalikning yemirilish sabablari? 
12. Tovar xo‗jaligining vujudga kelish sabablari nimalardan iborat? 
13. Qanday sharoitda ish kuchi tovar hisoblanadi? 
14. Tovarning qiymatiga qanday omillar ta‘sir etadi? 
15. Iste‘mol va mahsulotlarning nafliligi vaqt o‗tishi bilan o‗zgaradimi? 
16. Qanday holda almashish barter shaklida amalga oshadi? 
17. Ishlab chiqarish kuchlari bilan ishlab chiqarish munosabatlari o‗r-
tasida o‗zaro aloqadorlik qanday namoyon bo‗ladi? 
18. Naflilik shartli ravishda qanday ko‗rsatkichda ifodalanadi? 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin